2-mavzu. Granulalar. Blemaren granulasini ishlab chiqarish.
Maqsad: Granulalar ta’rifi tavsifi va tasnifi, Shuningdek granulalarini
tayyorlash texnologiyasi va sifatini baholash yuzasidan umumiy ko‘nikmalarga ega
bo‘lish. Bu dori turining ishlab chiqarish ko‘lamini, terapevtik samaradorligini,
sifatini va turg‘unligini ta’minlash. Granulalarni quritishda quritish jarayoniga
alohida e’tibor berish. Massaning texnologik xossalari va ularni aniqlashdan
ko‘zda tutilgan maqsad, aniqlash mohiyatlari, belgilangan me’yorlar va ularni
yaxshilash chora tadbirlari to‘g‘risida umumiy ko‘nikmaga ega bo‘lish.