Mavzuning ahamiyati: Granulalar nafaqat TDV sifatida balki tabletka
tayyorlash texnologiyasida ham oraliq mahsulot sifatida keng ko‘lamda ishlatiladi.
Shunday ekan, granulalarni olish usullarini o‘zlashtirish katta amaliy ahamiyatga
egadir. Granuladigan qoldiq namlik uning turg‘unligini ta’minlashda yoki undan
tabletka tayyorlashda tabletkaning sifatini belgilashda muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek massaning texnologik xossalarini o‘rganish bu massadan qaysi usul
bilan tabletka tayyorlash yoki olinadigan tabletkaning sifatini oldindan belgilashda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |