1. Mexanik antiseptika quyidagilardan iborat:
Jarohat tualeti – jarohat atrofi tozalanadi, bunda jarohat ichiga har xil iflosliklar tushmasligi uchun u 5% yod eritmasi bilan ishlanadi va ichiga shu eritma bilan namlangan salfetka qo’yiladi. Keyin jarohat atrofidagi junlar olib tashlanadi. Teriga 0,5% novshandil spirti, 2% xloramin eritmasi, 0,2% xlorgeksidin bilan jarohatdan chetga karatilib ishlov beriladi. Teri steril tampon bilan quritilib ikkinchi marotaba 5% yod eritmasi surtiladi. Jarohat atrofiga xirurgik ishlov berilgandan so’ng uning chetlari operasion ilgaklar yordamida ochiladi, ichi o’lgan to’qima, ekssudat, yod jismlardan tozalanadi. Jarohat bushligi 3% vodorod perikisi, 2% xlorasid, xloramin, 1:5000 furasillin yoki geksidin eritmasi bilan yuviladi..
Xirurgik ishlov berish quyidagilarga bo’linadi:
1. Birlamchi xirurgik ishlov, u esa yana 3ga bo’linadi
a) erta xirurgik ishlov (6 – 12 soatda), b) qoldirilgan (24 – 36 soatda);
v) kechiktirilgan – yiringli yallig’lanish boshlanganda.
Aytib o’tilgan muddatlar ichida jarohatga quyidagi xirurgik ishlov beriladi:
a)Jarohatni kesib kengaytirish – eng oddiy usul bo’lib chuqur, tor, ezilgan to’qimalar, cho’ntaklar, yod jismlar mavjud, anaerob infeksiya rivojlanish xavfi bor jarohatlarda albatta qo’llanishi zarur. Kesish mahalliy og’riqsizlantirish ostida o’tkaziladi. Jarohat kengaytirilgandan so’ng ichi issik (40oS) gipertonik eritmalar bilan yuviladi va ichiga drenaj qo’yiladi yoki antiseptik kukunlar sepiladi. Jarohat ichiga ishlov berilgandan so’ng, ustiga yengil bog’lam qo’yiladi.
b)Jarohat to’qimalarini qisman kesib tozalash jarohatning birinchi fazasini ancha qisqartirishga yordam beradi va infeksiyaning oldini oladi. Bitish ikkilamchi tortilish bo’yicha kechadi. Qisman kesib tozalash anatomik bo’shliqlar, a’zolar, nervlarga shikast yetkazish xavfi bo’lganda qo’llanadi..
Jarohatdan yiringning oqishi kamayib granulyasion to’qimalar yaxshi o’ssa va uni qoplasa jarohatga ikkilamchi choklar qo’yiladi..
Ikkilamchi choklarni qo’llashdan oldin kuniga 2–3 marotaba 2% xlorasid eritmasi bilan shimdirilgan dokali applikasiyalar qo’llanadi, jarohat 3 marotaba 1:5000 furasilin, 0,2 % xlorgeksidin eritmalari bilan yuviladi va yaxshi natija berish uchun 0,25% kanamisin, 0,04 % gentamisin applikasiyalar qo’llanadi. Yuqorida aytilgan ishlar chok qo’yishdan 3 soat oldin tugatiladi.
v)Jarohat devorlarini to’liq kesib olib tozalash yangi tasodifiy, o’q tekkan jarohatlarni aseptik jarohatga o’tkazish uchun eng yaxshi uslub. Bunda jarohat birlamchi tortilish bo’yicha bitadi. Kesishdan oldin qisqa novokain – antibiotikli qamal o’tkaziladi. Yaxshisi rompun, kombelen relaksantlari yoki narkoz qo’llash lozim.
Amaliyotning keyin kunida
Bugungi amaliyot mavzusi:
“Xirurgik operasiyalarda (aktinomikoz, dabba kabi) ishtirok etish va shaxsan operatsiya o’tkazish va klinik belgilarini o’rganish”
Do'stlaringiz bilan baham: |