Amonov firdavsning ishlab chiqarish texnologik amaliyoti



Download 93,85 Kb.
bet12/18
Sana30.04.2022
Hajmi93,85 Kb.
#596935
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
3-KURS VETERINARIYA HISOBOTI

Aktinomikoz.Asosan qoramollar, ayrim paytlarda cho’chka va boshqa hayvonlar kasallanadi. Ko’pincha jag’aro sohasi, pastki jag’, til, milk, tanglay, limfatik tugunlar, quloq osti so’lak bezi zararlanadi.
Klinik belgilar va etiologiya. Chaqiruvchilari – nurli zamburug’ va mikroblar: – Actinomyces bovis, Actinobacillus Lignieri, Streptothrics Jsraeli. Kasallik hayvonlarga mog’orlangan, aktinomikoz chaqiruvchisi bilan ifloslangan dag’al xashakni yegizishdan kelib chiqadi.
Kasallikda diffuzli, og’riqsiz, zich, harakatsiz shish hosil bo’ladi. Keyinchalik oqma rivojlanadi. Zararlangan suyaklar qalinlashadi, nekrozga uchraydi, tishlar qimirlab o’z o’rnidan tushib qoladi. Hayvon oriqlab o’ladi.
Tashhis. Aktinomikoma yiringida druzalar aniqlanadi.
Davolash. Operasiya yordamida aktinomikoma kesib olib tashlanadi yoki ichi kyuretaj (qirish) qilinadi.
Aktinomikoma ichiga va atrofiga har 7–10 kunda 30–80 ml auto– va gomoqon aralash antibiotiklar; 0,5 % li novokain eritmasi bilan penisillin (bir inyeksiyaga 1 mln. T.B., kuniga 2 marotaba 12 kun davomida) yoki boshqa antibiotiklar yuboriladi.
Uyqu arteriyasiga 0,25% li novokain eritmasi (20–40 ml.) bilan antibiotiklar 1 kunda 1 marotaba yuboriladi.
Vena ichiga 3 kg tirik vaznga 1 ml hisobidan, 3 kunda 1 marotaba10% li natriy yoditi quyiladi.
Aktinomikomaga 2–4 kunlarda bir marotaba 40–80 ml yodinol (8–12 inyeksiya) inyeksiya qilinadi.
Kasallikning oldini olish choralari.Kasallik tarqalgan xo’jaliklarda dag’al xashaklar maydalanib bug’lantiriladi. Molxona dezinfeksiya qilinadi.
Dabba (churra) – bu qorin bo’shlig’idagi organlarni qursoq parda bilan birgalikda qorin devoridagi anatomik va patologik teshiklar orqali terini ostiga tushishi. Dabba uchta elementdan tashkil topgan – daba teshigi daba xaltasi – qursoq parda va uni ichiga tushgan organlar.
Klinik belgilarga qarab dabba quyidagilarga bo’linadi:

  1. To’g’ri bo’ladigan – organlar bemalol qorin bo’shlig’iga tushib chiqib yuradi.

  2. To’g’ri bo’lmaydigan – organ xalta bilan yopishganda

  3. Qisilgan – ikkiga bo’linadi – interstisial to’qima bilan qisilishi (xalqa), axlat bilan qisilish, bu daba xavfli bo’lib hisoblanadi.

  4. B) kindik dabbasida operatsiya o’tkazish texnikasi.

  5. Tayyorgarlik – hayvon 12 soatli parhezda ushlanadi ichaklarni tushashi uchun.

  6. Fiksatsiya va og’riqsizlantirish – uyg’unlashgan narkoz – mahalliy og’riqsizlantirish bilan birgalikda.

  7. Hayvon orqada yotgan holatda fiksatsiya qilinadi.

Am Bugungi amaliyot mavzusi:


Amaliyotning keying kuni “Veterinariya farmakologiyasi” fanidan
Xo’jalik yoki korxona veterinariya dorixonasining tuzilishi va jihozlanishi bilan tanishish.”mavzusida bo’lib o’tdi.
Hayvonlar kasal bo’lganda ularni samarali va yaxshi davolash uchun bizga shu kasallikka qarshi qo’llaniladigan dori vositalari kerak bo’ladi.Xo’jalik va fermalarda bu dori vositalari agar mavjud bo’lsa xo’jalik dorixonasidan yoki boshqa veterinariya dorixonasidan olib foydalaniladi.Dorixona (lotin nomlanishi officina, yunoncha apotece) asosan davolovchi vrach tomonidan yozib berilgan retseptlar asosida dori shakllarini tayyorlash va iste’molga chiqarish bilan shug’ullanuvchi korxona. Dorixonalarda ofisinal hamda magistral usullarda tayyorlangan dori moddalari saqlanadi va sotiladi.
Bundan tashqari kasal hayvonlarni davolash jarayonida ishlatiladigan ba’zi asbob-uskunalar, bog‘lov materiallari va boshqalar ham sotiladi.
Dorixona toza, yorug’ va havo almashib turuvchi quruq xonalardan iborat bo’lib, davolashga ixtisoslashgan ambulatoriya va klinika yonida bo’lishi kerak. Bundan tashqari dorixonalar maxsus jihozlangan dori vositalarni saqlash uchun alohida xonalar, yer to’la va dori javonlari bo’lishi shart.
Dori vositalari har xil tashqi va ichki muhitlar ta’sirida o’zgarishi mumkin.
Misol uchun: Adrenalin va xloroform yorug’lik va nam bo’lgan joyda tez buziladi.
Shu tufayli vositalarni qarong’u va quruq joyda saqlash tavsiya etiladi.
Barcha veterinariya dorixonalarini 2 turga bo'lish mumkin:

  1. mahsulot ishlab chiqarish huquqiga ega bo'lgan dorixonalar;

  2. faqat tayyor mahsulotni sotishga ruxsati bor dorixonalar.

Faqat mahsulot sotadigan dorixonalarning umumiy maydoni kamida 30 kvadrat metr bo'lishi kerak. m. va quyidagi binolarni o'z ichiga olishi kerak:
xarid qilish xonasi, xodimlar xonasi, menejer idorasi, jamoat binolari.
Tovar ishlab chiqarishga ruxsati bo'lgan veterinariya dorixonalarida yuqoridagi binolardan tashqari uni ishlab chiqarish uchun jihozlangan xona bo'lishi kerak. Bunday dorixonalarning minimal maydoni 46 kvadrat metr bo'lishi kerak. Veterinariya dorixonasining binolarini to'liq jihozlash uchun kerak bo'ladi M: sirlangan vitrin
Dori-darmonlar uchun muzlatgich kabi jihozlar kerak bo’ladi.

Bugungi amaliyot mavzusi


Zaharli, kuchli ta’sir etuvchi va boshqa dori moddalarni saqlash qoidalarini o’rganish.”
Davlat farmakopeyasi rasmiy dastur bo‘lib, uning talablariga dori moddalar ishlab chiqaradigan, sotadigan va qo‘llaydigan muassasalar rioya qilishlari shart.
Farmakopeyada dori moddalarining nomlari, kimyoviy formulalari, fizik-kimyoviy xossalari, sifati, saqlash qoidalari, bir martalik va sutkalik miqdor (doza)lari beriladi.
Farmakopeya 3 qismdan iborat bo’lib, kirish qismida dori vositalarning lotin nomlanishlari qisqartirilgan xolatida ko’rsatilgan bo’lib, so’ngra A va B ro’yxatga kiruvchi zaharli va kuchli ta’sir ko’rsatuvchi vositalarning nomlanishi ro’yxati yozib berilgan.
Dorixonalarda bo‘ladigan dorilar asosan zaharli – A ro‘yxatga kiradigan va kuchli ta’sir qilishga ega bo‘lgan moddalar – B ro‘yxatga kiritiladigan va boshqa moddalar bo‘ladi.
Zaharli moddalar – Venena deb ataladi, kuchli ta’sirga ega moddalar - Heroica deb ataladi.
Dorixonalarda A ro’yxatga kiradigan moddalar Venena deb yozib qo‘yilgan metall shkaflarda yoki seyflarda saqlanishi kerak. Seyf eshigining ichki tomoniga, «A» yoki «Venena»- (zahar) so’zi oq qog’ozga qora rangda hamda zaharli moddalarning bir martalik va sutkalik eng katta dozalari ko‘rsatilgan ro‘yxat bilan yozib yopishtirib quyiladi.
«B» ro’yxatga kiruvchi «kuchli» ta’sir ko’rsatuvchi vositalar esa maxsus seyflarda saqlanib, seyf eshigining ichki tomoniga «B» yoki «Heroica» so’zi oq qog’ozga qizil rangli yozuv bilan hamda bir martalik va sutkalik eng katta dozalari ko’rsatilgan ro‘yxat bilan yozib yopishtirib quyiladi. Qolgan guruh vositalari esa oynali yog’och dori javonlarida saqlanishi belgilab qo’yilgan. Davolash muassasalarining bo‘limlari va xonalarida ham zaharli va kuchli ta’sirga ega bo‘lgan dori moddalarini saqlash shu qoidalarga asoslanadi. Barcha javobgarliklar esa ushbu dorixona mudiri zimmasiga yuklatiladi.
Farmakopeyaning asosiy qismida dori vositalari to’g’risidagi ma’lumotlar berilgan bo’lib unda kimyoviy farmasevtika sanoatida ishlab chiqarishdagi erishilgan yutuqlar, har bir dori preparatining lotincha va o’zbekcha nomlanishi, ularning sinonimi, fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari, tozaligi va haqiqiyligini aniqlash uchun o’tkazilgan tajribalar, shuningdek ularni miqdor ko’rsatkichlari hamda saqlash holatlari va qanday shaklda ishlab chiqarilishi ko’rsatib o’tilgan.
Farmakopeyaning keyingi xulosa qismida esa dorivor vositalarning fizik-kimyoviy, biologik izlanishlarning umumiy usullari, preparatlarning tozaligi va ularni tayyorlashdagi qo’shimcha vositalar miqdor ko’rsatkichlari, flyuorometrik, polyarografik va xromatografik tekshiruvlar, dori vositalarning aktivligini biologik usulda hamda bakterial preparatlarni aniqlash usullari va sterillash qoidalari ko’rsatib o’tilgan.
Qo’shimcha qilib esa odamlar va hayvonlar uchun qo’llaniladigan preparatlarning eng yuqori zaharli va kuchli ta’sir etuvchi miqdor ko’rsatgichlari keltirilgan.

Amaliyotning keying kunida


Dori moddalarni og’iz orqali, teri ostiga, muskul orasiga, vena qon tomiriga, kon’yuktivaga, qorin bo’shlig’iga yuborish usullarini, dori moddalarni bir va bir necha marotaba, individual hamda guruh usulida qo’llashni o’rganish.” mavzusida amaliyot olib bordik
Dorilar hayvonlarga turli yo‘llar bilan qo‘llanishi mumkin.

Download 93,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish