Qoramollar gigiyenasi



Download 27,18 Kb.
Sana16.07.2021
Hajmi27,18 Kb.
#121085
Bog'liq
Fazliddin Zoogigeniya


QORAMOLLAR GIGIYENASI

Reja:


1. Qoramollarni saqlash usullari va molxonalar qurish gigiyenasi

2. Sigirlarni boqish, tug’dirish, sog’ish va sutdan chiqarish gigiyenasi



3. Naslli buqalar gigiyenasi

Qoramollarni saqlash usullari – Qoramolchilik fermalari texnologiyani loyihalash me’yorlari (TLM) 1-89 asosida quriladi. Mustaqil mamlakatimizda qoramolchilik chorvachilikning asosiy tarmogi hisoblanib, hozirgi kunda 6,5 mln bosh qoramol,shundan 2,8 million sigir mavjud. Qoramollar molxona, molxona-yayratish, molxona-yaylov, molxona-lager, yaylov-lager, uzluksiz sex usulida bog’lab va bog’lamay boqiladi.Qaysi usulni tanlash xo’jalikka keladigan foydaga qarab qabul qilinadi.Hayvonlar yil davomida doimo bog’lashda turishi ham mumkin yoki faqat qish paytida bog’lanadi. Ammo ularni har kuni yayratish maydoniga chiqarish lozim. Yoz faslida esa hayvonlar yozgi yaylovlarga, lagerlarga chiqariladi. Lagerlarda maxsus bostirmalar, sug’orish joylari va yaylovlartayyorlanadi. Yozgi lagerlar ko’k o’t ekilgan va tabiiy o’tlarga boyjoylarga yaqin joylarda quriladi. Ba’zi bir xo’jaliklarda burdoqi molar ham bog’lanib boqiladi. Bunday maxsus burdoqichilik xo’jaliklarida ularuchun alohida binolar qurilib, molxonalar panjarali pollar bilan jihozlanadi. Sug’orish, go’ng yig’ishtirish va ozuqa tarqatishmexanizasiyalashtirilgan bo’ladi.Chorva mollari bog’lamay boqilganda maxsus jihozlanganmolxonalar quriladi. Bunday usulda boqishda mollar orasida yuqumli kasalliklar bo’lmasligi kerak. Bog’lamay boqilgan sog’in sigirlar yildavomida yaxshi dag’al ozuqa, shirali va yem ozuqa bilan hamda to’shamabilan ta’minlangan, yayratish maydoni jihozlangan, ozuqa tarqatish, go’ngchiqarish, sug’orish va sog’ish mexanizasiyalashgan hamdaelektrofikasiyalangan bo’lishi kerak.Mamlakatimizning iqlimi, yer tuzilishi, xo’jalik yunalishiga qarabqoramolchilik quyidagi xo’jaliklarga bo’linadi:Naslchilik xo’jaligi – yangi zotlar yaratish va qimmatbaho nasllikyosh hayvonlarni yetishtirish bilan shug’ullanadi.Tovar xo’jaligi – sut - go’sht hamda go’sht – sut yetishtirish bilan shug’ullanadi.Maxsus yosh mollarni yetishtiruvchi xo’jaliklar- tovar xo’jaliklari uchun yosh mollarni yetishtirib berish Bilan shug’ullanadi.Maxsus burdoqichilik xo’jaliklari – Qishloq xo’jalik mollarini go’sht uchun semirtirish bilan shug’ullanadi.Har bir yo’nalishdagi xo’jaliklarda molxonalar maxsus Texnologiyani loyihalash me’yorlari (TLM) asosida quriladi. Sut yo’nalishdagi fermalarda qoramollar bog’lab boqilsa TLM № 819 – 64,65, 66; bog’lamay boqilsa № 819 – 53; sut – go’sht yo’nalishida bog’labboqilsa № 819 – 58; go’sht yo’nalishdagi burdoqi mollar uchun № 801 –104, 105, 108 va 109 asosida qurilishi zarur.Bog’lab boqish gigiyenasi - Qoramolchilik madaniyatini rivojlan-tirish, ozuqa xarajatini kamaytirish va hayvonlarning mahsuldorliginihisoblab borishda bog’lab boqish yaxshi hisoblanadi. Bunda hayvon turlariuchun alohida binolar moslashtirib quriladi, ya’ni sigirlar uchun, buqalar,o’sishdagi buzoqlar, bo’rdoqi mollar uchun alohida molxona quriladi. Harbir katta yoshdagi hayvonlar uchun tovarxo’jaligida1,7 – 2,2 m2,naslchilik xo’jaliklarda 2,1 – 2,4 m2joy ajratiladi.To’g’riqxonada sigiruchun 3 m2va nasllik buqalar uchun 3 – 3,3 m2; o’sishdagi yosh mollar vabo’rdoqilar uchun 0,76 – 1,36 m2, yangi to’g’ilgan buzoqlar 10 – 15kunlik yoshgacha bir boshdan alohida kataklarda, keyinchalik 4–6 boshdaguruhlarda, 4 – 6 oyligida 20 boshdan kataklarda saqlanadi. Agarmollar 6– 7 oylab molxonada saqlansa, har bir sigir uchun 14 – 18 m3, buzoqga 8– 10 m3; 4 – 5 oy tursa sigirga 25 m3va buzoqga 12 – 14 m3hajmdagi binoajratiladi. Binoning balandligi 2,2 – 2,8 m dan kam bo’lmasin.Sigirlarni sog’ish vaqti yaqinlashsa tinch, keng va yorug’ sog’ishbinosiga o’tkaziladi. Bu yerda tug’adigan sigirlar va buzoklar saqlanadiganbo’limlar bo’ladi. Umuman xo’jalikda to’g’riqxona umumiy sigirlar boshsoniga nisbatan 10 – 12% hisobidan quriladi.Sigirlarni bog’lab boqishdan bog’lamay boqishga o’tkazilgandaularniyaxshilab veterinariya ko’rigidan o’tkaziladi va keyinchalik hamxaftasiga bir marta tekshirilib boriladi, tuyoqlari tozalanadi, o’sgan shoxlari kesiladi. Buzoqlar 10–15 kunligida kimyoviy yo’l bilanshoxsizlantiriladi. Bunda kuper qaychisi bilan shox joyidagi juni vaepidermisi qirqilib, tayyorlangan joy 25 – 30 sekund davomida uyuvchinatriy yoki kaliy bilan hullangan paxta bilan artiladi va yana 5 daqiqadankeyin ikkinchi marta qaytariladi. Yara 20 – 25 kunda tuzalib, yaxshi bo’libketadi.Bog’lamay boqish gigiyenasi - Qoramollar bog’lamay boqilgandayil davomida erkin harakatda yayratish va oziqlanish maydonlarida yuradi,toza havoda turib yoki yotib bemalol dam oladi. Yil davomida tozahavodan nafas olishi, doimo o’zgarib turuvchi harorat, namlik, havoningharakati, quyosh nuri tufayli organizmning chidamliligi oshadi, modda vaissiqlik almashish faollashadi.Chorva mollarini bog’lamay boqishning xo’jalik uchun foydasi judakatta, chunki ularga qarash uchun mehnat kam sarf bo’ladi, Molxonada harxil jihozlarni ishlatishga ehtiyoj qolmaydi. Ammo hamma xo’jaliklardaasosiy va qo’shimcha xonalar bo’lishi shart. Texnologiyani loyihalashme’yorlariga asosan qoramollar bosh soni ko’p bo’lsa bino ichiseksiyalarga bo’linadi. Buzoqlar uchun 2 oylikdan boshlab 20 boshdanguruhlar uchun kataklar, keyinchalik to 50 boshgacha guruh qilinadi.Bundan tashqari to’g’riqxona, sut sog’ish zali, sutni saqlash va qaytaishlash xonasi, sut laboratoriyasi, sut idishlarini yuvish xonasi, vakuumnasos xonasi va boshqalar bo’lishi kerak. Ozuqa tayyorlash sexi vaqo’shimcha binolar bo’ladi.Yirik fermalarda sun’iy qochirish punktlari ham bo’ladi. Uni sutsog’ish binosiga joylashtirish yoki alohida 8 – 10 bosh sigirga hisoblab, 1–2 stanokli qilib, texnologiyani loyihalash me’yorlari (TLM) asosida qurishmumkin (№ 807 – 6). Ferma o’zining sug’orish tarmog’i, markazlashgan isitish inshooti, kanalizasiya, yoritish jihozlariga ega bo’lib, binolar orasiasfalt yo’llar bilan to’tashtirilgan bo’lishi kerak.Bog’lamay saqlanadigan buzoklar va sigirlarga yoshiga qarabalohida o’lchamlarda joy ajratiladi. Sog’iladigan va sog’ilmaydigansigirlar saqlanadigan bo’limlarda 50 boshdan joylashtirilib, har biriga 4 – 5m2dan joy ajratilsa; 4 – 12 oylikkacha bo’lgan 25 – 30 bosh buzoqlar saqlanadigan bo’limda 2,5 m2, naslli buzoqlar uchun esa 2,5 – 3 m2joyajratiladi. Katta yoshdagi buzoqlar 50 – 100 boshdan saqlanib har biriga 3m2, sigirlar bo’zog’i bilan birga saqlansa 7 m2joy ajratiladi.Yirik fermalarda 400 bosh bog’lamay saqlanadigan sigirlar uchunbitta bino qurilib, yil davomida qalin to’shamada turadi. Molxona 4 tabo’limga bo’linib, har bir bo’limdan alohida eshik orqali yayratishmaydoniga chiqariladi. Sut sog’ish xonasi, sun’iy qochirish punkti, 40 – 50boshga mo’ljallangan to’g’riqxona, 40 – 50 bosh buzoqga profilaktoriya,200 bosh buzoq uchun buzoqxona va 100 bosh katta yoshdagi buzoqlaruchun alohida joy qilinib, maishiy xizmat, sanitariya kuzatuv xonasi,veterinariya punkti va boshqalar bo’lishi kerak.Sigirlarni boksda saqlash. Yirik shoxli hayvonlarni saqlashdaketadigan harajatlarni kamaytirish maqsadida Rossiya, Ukraina,Germaniya, Angliya va mamlakatlarda sigirlarni boksda saqlash kengqullanilmokda. Boksda saqlanganda xuddi bog’lamay boqiladigansigirlardek mahsuldorligi pasaymaydi, bog’lash materiallari sarflanmaydi,yelinlari ifloslanmaydi va har biri o’z o’rnini topib joylashadi.Texnologiyani loyihalash me’yoriga (TLM) binoan har bir sigir uchun 1,7– 2,2 m2joy ajratiladi (kengligi 1 – 1,2 m va uzunligi 1,7 – 1,9 m). Bokslarorasidagi to’siq metalldan qilinib, pastki qismi poldan 45 – 50 sm va orqatomoni 15 – 20 sm balandlikda bo’ladi. Sigirlar tagiga to’shama oyigao’rtacha 5 kg solinadi, ya’ni odatdagidan 3 marta kam sarflanadi. Bundaysharoitda saqlangan sigirlar tagi quruq, issiq bulib, mastit kasalliklari judakam uchraydi.Bog’lamay boqiladigan qoramollar fermasi bog’lab boqiladiganferma binolariga qaraganda qisman farq qiladi. Masalan, 5 - bosh sigiruchun 380 m2 maydonga ega to’g’riqxona, 50 bosh yangi to’g’ilganbuzoklar uchun kataklarga bo’lingan profilaktoriya – 130 m2, 6 m2likyuvinish xonasi, 5 m2lik dag’al ozuqa va to’shama saqlash xonasi, 16 m2lik sut, vakuum – nasos va yuvish xonasi, ventilyasiya kamerasi, yemozuqalar saqlash xonasi va boshqa joylar bo’ladi.Bog’lab va bog’lamay boqiladigan sigirlarni saqlashda o’ziga xosfoydali va zararli tomonlari mavjudSigirlarni boqish, tug’dirish, sog’ish va sutdan chiqarish gigiyenasi -Sigir va g’unojinlardan sog’lom, yuqori mahsuldorli va yaxshi nasl olishularni birinchi qochirish yoshiga bog’liq bo’ladi. Tez yetiladigan zotlar 16– 18 oyligida, kech yetilganlari 20 – 22 oyligida birinchi marta qochiriladi.Bug’ozlikning birinchi yarmida yosh organizmda qator fiziologiko’zgarishlar bo’lib, modda almashishi kuchayadi. Shuning uchunberiladigan ozuqalarni to’yimliligi va sifatiga e’tibor qaratish lozim.Tuqqandan keyin ozuqa kamaytirilib, 8 – 10 kundan keyin me’yorgayetkaziladi. Sog’in sigirlar sut bilan har daqiqada 0,66 g yog, 0,80 glaktoza va 0,60 g oqsil ajratadi.Sigir sutining tarkibi: 87 % suv, 3,4% oqsil, 3,8% yog, 5% sutshakari, 0,7 % tuz va vitamin A, Ye, D, V1, V2, V6, V12 hamda katalaza,amilaza fermentlari bo’ladi.Sigirlarni to’yimli ozuqalar bilan ta’minlash ular organizminingfiziologik holatiga qarab belgilanadi. Bunda xo’jalik qaysi yo’nalishdaekanligi e’tiborga olinadi. Sog’ishning birinchi yarmida ozuqa miqdorisutni ko’paytirishga qaratiladi. Rasion tarkibida dag’al, shirali (silos, ildizmeva, ko’k o’t) ozuqalar, kuchli yem ozuqalar, mineral moddalar,mikroelementlar va vitaminlar yetarli darajada bo’lishi kerak. Rasiontarkibidagi ozuqalar miqdori hayvonlarning tirik vazni va mahsuldorligiga bog’liq bo’ladi.Kunlik ozuqa rasionining tarkibi yilning fasli yoki hayvonningmahsuldorligiga qarab o’zgartirilishi mumkin. Masalan: Vologda viloyati,Damshinski xo’jaligiga qarashli «Vena» laqabli sigirning kunlik suti 80 –82 qilogramm bo’lgan. Kuniga unga 69,3 ozuqa birligi berilib, tarkibida4,95 kg oqsil, 184 g natriy, 370 g kaliy, 196 g kalsiy va 230 g fosfor bor.Sigirlarni oziqlantirish bilan bir vaqtda molxonalardagi mikroiqlimko’rsatgichlarini ta’minlash, yayratish va saqlash sharoitini yaxshilashlozim. Sigirlar sutini ko’payishiga havoning almashinishi, harorati, namligiva gaz tarkibi sezilarli ta’siretadi.Havoharoratining+3oS gachapasayishi yoki +25oS darajadan yuqori bo’lishi, nisbiy namlikni 90% gayetishi, zararli gazlarni ko’payishi sigirlarning sut mahsuldorligini 25 –30%, xatto 50% gacha kamaytiradi. Shuning uchun sigirlar bog’lab boqilsaharorat +10-12oS, bog’lamay boqilsa +4-5oS, nisbiy namlik 80 – 85%,havoning harakati 0,5 m/sek, yorug’lik koeffisiyenti 1:10 – 1: 15, sun’iyyorug’lik 4 – 5 vt/m2, SO2 gazi 0,25%, ammiak – 0,026%, havonigalmashinishi bir bosh sigirga har soatda 80 – 120 m3bo’lishi kerak.Sigirlarni tug’dirish - Bug’oz sigirlar tug’ishiga 7 – 8 kun qolgandakerakli sanitariya gigiyena ishlovlaridan keyin to’g’riqxonaga keltiriladi.Ularni toza, yorug’ va dezinfeksiya qilingan stoylaga joylashtiriladi,hamda quruq yangi toza poxol to’shama tushaladi. To’g’riqxonaga tajribalisog’uvchilardan yoki mutaxassislardan navbatchilar tayinlanadi.Sigirlarning tug’ish jarayoni bachadon muskullarini qisqarishidanboshlanib 12 soatgacha davom etadi. Bu vaqtda sigir bezovtalanadi,harakat qiladi, ba’zan hatto mo’ngraydi. Shundan keyin tuqishningikkinchi davri ya’ni homilani haydash boshlanib 1 – 6 soat davom etadi.Bu davrda hayvon juda bezovtalanadi, turishga harakat qiladi. Buzoq tug’ilgandan keyin sigirga iliq suv beriladi. Agar egiz tug’iladigan bo’lsaikkinchi buzoq bir–ikki soatdan keyin tug’iladi. Tug’ishning uch davriya’ni homila pardasini tushishi 6 – 12 soat davom etadi, agar bu vaqtdano’tib ketsa veterinariya mutaxassisi yordam berishi kerak.Yangi tug’ilgan buzok toza, yangi poxolga o’raladi. Tumshug’i,og’iz-burni, lablari shilimshiq moddalardan tozalanadi. Kindigi 10 – 12 smqoldirilib kesiladi va yod eritmasi surtiladi. Burniga puflanadi, chunkiodam chiqargan havoda SO2 gazi ko’p bo’lganligi sababli buzoqning nafasyo’llarini qitiqlab o’pkani yaxshi ishlab ketishiga yordam beradi. Keyintuqqan sigir buzoqni yalashga qo’yiladi. Bu homila pardasini ajralishigayordam beradi.Buzoqlar profilaktoriyada Ital’yan kataklarida (kengligi 0,8 m,uzunligi 1,05 m va poldan balandligi 0,5 m bo’lishi kerak) joylashtiriladi.Bir soat o’tgandan keyin og’iz suti bilan emiziladi. Buzoq kuniga 5 – 6marta emizilib, kamida 1 – 1,5 l sut ichishi kerak. Buzoqlarprofilaktoriyada yoki maxsus kataklarda kuchli elektrolampalar yordamidaquritiladi. Ammo kuchli qizdirishga yo’l qo’yilmasligi kerak, chunkikuchli nur buzoqlarni ko’rish nervlarini charchatadi. Buzoqlarsaqlanadigan xonaning harorati +18 – 200S, sun’iy yorug’lik 50–70 lyuks,quruq, toza, issiq, kanalizasiya va ventilasiya yaxshi ishlashi kerak.Tug’ruqxonada ishlaydigan chorvadorlar toza xalat, tez va osondezenfeksiya qilinadigan poyafzal kiyishadi. Bundan tashqari qul yuvishuchun suv, sovun, toza sochoq, 2 – 3 m qoplik material, kerakli asbob–anjomlar va dezenfeksiya qiladigan moddalar bo’lishi zarur. Dori darmonqutisida(aptechka) 500 – 1000 l 5% li yod eritmasi, 10 – 20 g kaliypermanganat, 10 – 20 g 5% li ixtiol mazi, 2 – 3 kg vazelin, 0,5% liuyuvchi natriy, paxta, bint, doka va boshqalar bo’lishi kerak.Tug’ruqxonadagi tuqqan sigirlarga qunt bilan qaraladi, ayniqsa sutbezlarini holati kuzatilib boriladi. Tuqqangacha va tuqqandan keyin 4 – 5kun tez hazm bo’luvchi to’yimli ozuqalar berilib turiladi. Agar buzoqsog’lom tug’ilsa, sigir yelinida kasallik belgilari sezilmasa 7 – 10 kundankeyin umumiy sigirlar guruxiga qo’shiladi.Sigirlarni sog’ish va uning gigiyenasi - Sutni hosil bo’lishi ovqathazm qilish, nafas olish, qon va yurak - tomir sistemalarini kuchli ishlashishtirokida bo’ladi. Bir litr sutni hosil bo’lishi uchun sigir yelinidan 400-500 l qon o’tishi zarur.V.N.Nikitin,G.I.Azimovlar ma’lumotiga ko’ra 15l sut beradigan sigirni yelinidan kuniga 6000 l qon o’tadi.Sigirlarni sut berishi buzoq tug’ilganidan bir oy o’tgandan keyineng yuqori darajasiga yetadi va keyin asta-sekin kamayib boradi. Sog’ishdavri 270 - 300 kun davom etadi. Agar sog’ish davrini cho’zib yokitezlashtirib kamaytirsa umumiy sut berishi 15% ga kamayadi hamdakelgusi nasl olishni yomonlashtiradi. Sog’ish kunining uzoq yaqinligi,sutni ko’payishi organizmni holatiga, ozuqa va asrash sharoitiga bog’liqbo’ladi. Sog’ish holati, modda almashinish va fiziologik holati ya’nihammasi bir–biriga bog’liq bo’ladi. Yuqori mahsuldorli hayvonlardamodda almashish o’rtacha mahsulotli hayvonlarga nisbatan 15 – 30% gayuqori bo’ladi. Sog’iladigan yuqori mahsuldorli hayvonlarda fermadagi kun tartibigamaxsus fiziologik reflekslar paydo bo’ladi, agar shularga rioya qilinmasakunlik sut mikdori kamayib boradi. Bunga quyidagilarga: sog’uvchilartez–tez almashtirilsa, tajribasiz bo’lsa, ozuqalar to’yimli bo’lmasa, vaqtidasug’orilmasa, yayratilmasa, ventilyasiya yomon ishlasa, noto’g’ri sutdanchiqarilsa, terini parvarish qilmasa, to’liq – oxirigacha sog’ib olinmasa, yelinga qaramasa, qupol muomala qilinsa, ichki tartib bo’zilsa, mutaxassislar nazorat qilmasa va hokazolar.Sog’ish gigiyenasi. Sigirlarning sut berish davri sog’ishga bog’liqdir. G.I.Azimov fikricha «Sog’ish murakkab reflektor jarayon bo’lib, undamarkaziy nerv sistemasi, ichki sekresiya bezlari (gipofiz, qalqonsimon), mioepiteliyalar, sut bezlarini muskullari va boshqa organlar ishtirok etadi».Sog’in sigirlarda sog’uvchilarni ko’rinishi, sog’ish idishlarining taraq–turug’idan ularda shartli refleks hosil bo’ladi, ya’ni sut berishgatayyorlanadi. Bunda yelin alveolalari qisiladi, yelin sisternasini silliqmuskullari gipofizni oksitosin garmoni ta’sirida bo’shashadi. Sut berish refleksini buzilmasligi uchun kun tartibiga oziqlantirish vasog’ish rejimiga qat’iy rioya qilish zarur. Birinchi tug’adigan sigirlarnito’g’riqxonaga kelguncha sog’ishga tayyorlash kerak. Bu esa xo’jaliklargajuda qulay bulib, ya’ni to’g’riqxonadan chiqqanidan keyin to’g’ridan–to’g’ri guruhga qo’shilib, sog’ish maydoniga yoki xonasiga o’tkazilibsog’ilaveradi.Bug’oz g’unajinlar tug’ushidan 2 – 3 oy oldin tajribalisog’uvchilarga berkitilib quyiladi. Ular yelinni, yelin surg’ichlarini massajqiladi, yuvadi, qashlaydi va asta–sekin sog’ishga o’rgatib boriladi. Budavrda sog’uvchilar sut bezlarini o’sishiga va ularni oziqlanishigaahamiyat berib boradi. Mashina bilan sog’ishga yelini yaxshi rivojlangan, surg’ichlari to’g’rijoylashgan, uzunligi 8 – 9 sm va yugonlik diametri 2 – 3 sm bo’lgansigirlar tanlanadi. Uzun va ingichka yoki yug’onva kalta surg’ichli, yelinkasali bilan kasallangan sigirlarni mashina bilan sog’ib bo’lmaydi.Sigirlarni sog’ish vaqtida sut berish tezligiga qarab guruhlarga ajratiladi. Sog’ish apparati yelin yaxshilab yuvilgach sochiq bilan quruq qilib artilib,1-2 daqiqa massaj qilingandan keyin surg’ichlarga kiygiziladi. Sog’ishdavri 6 – 7 daqiqa, yaxshi uyushtirilgan xo’jaliklarda esa 4 – 5 daqiqadavom etadi. Mashinaga o’rgangan sigirlar sutni juda tez, ya’ni daqiqada1,5 – 2 litrgacha beradi. Sigir sog’ilgandan keyin tezda mashinanisurg’ichlardan ajratish kerak. Agar vaqtida olinmasa surg’ichlar og’riqnisezadi, hatto sutga qon aralashib chiqardi va asta–sekin kasalliklar paydobo’ladi, sut kamayadi, sigirlar sog’ishga qo’ymaydi.Qo’l bilan sog’ish yaxshi usul bo’lib, bunda asosan yelinga mushtlabsog’iladi. Surg’ichi ingichka, kalta, kichik bo’lsa barmoq bilan bosilibsog’iladi. Bunday sigirlarga tajribali sog’uvchilar berkitiladi. Qo’l bilansog’ilganda toki sut tugaguncha tez harakat qilish kerak, ya’ni bir daqiqada80 – 90 marta surg’ichni qisishga to’g’ri keladi.Sog’ish xonasi juda toza bo’lishi, sutni chang, go’ng bo’laklari vamikroorganizmlar bilan ifloslanishidan saqlash lozim. Agar sutga 1 grgo’ng tushsa, sutning har bir millillitrida 100 mingtagacha mikroorganizmbo’ladi. Shuning uchun tozalikka, sog’ish asboblarini zararsiz bo’lishiga, sog’uvchilarni shaxsiy gigiyenasiga alohida ahamiyat berish lozim.Bir laktasiyada 3 – 4 ming kg sut beradigan sigirlar kuniga 2 marta, yuqori mahsuldor sigirlar esa 3 - 4 marta sog’ish maqsadga muvofiqbo’ladi.Sutchilik xo’jaliklarida sigirlar sog’ligiga, sut bezlarini o’sishiga vasersutligiga qarab baholanadi. Sut bezlarida juda ko’p alveolalar, sutyo’llari bir–biriga qo’shilib, yelin sesternasiga tushadi. Yelinda juda ko’p nerv va qon tomirlari bo’lib, ularning soni, ko’pligi sut mahsuldorligigabog’liq bo’ladi. A.K. Skoroxodko ma’lumotiga ko’ra sersut sigirlarningsut bezini og’irligi 15 – 18 kg va aylanasi 1,5 – 1,87 m gacha bo’ladi. Sutbezlarida qon almashishi ayniqsa sog’ish davrida juda kuchli kechadi. Mexanik va termik ta’sirlariga juda sezgir bo’lib, ko’pincha terisi yoriladi, tilinadi, yara bo’ladi, surg’ichlar yallig’lanadi mastit va boshqakasalliklarga uchraydi. Sog’ishda gigiyena–sanitariya talablariga rioyaqilinmasa yuqumli masti kelib chiqadi. Shuning uchun sut bezlarini kasalbo’lmasligi uchun doimo muntazam ravishda parvarish qilish, ya’ni har kuni asta iliq suv bilan yuvib, tozalab, massaj qilinadi. Sog’ish joylari toza, quruq, issiq, hamda quruq, yumshoq to’shama bilan ta’minlanishi kerak. Sog’in sigirlar turadigan molxonalar keng, yorug’, toza, quruq, havosi yaxshi almashadigan va yelvizak bo’lmasligi zarur. Ayniqsa mikroiqlim ko’rsatkichlaridan harorat va namlikka alohida e’tibor beriladi. Zoogigiyenik me’yor buyicha xonaning harorati +3 +16oS, havoning harakati 0,25 m/sek, nisbiy namlik 70 – 75%, havodagi gazlar me’yordan oshmasligi kerak. Masalan, havoning harorati 0oS yoki +25oS dan yuqori bo’lsa, nisbiy namlik 85% dan ko’paysa sigirlarni sut mahsuldorligi 30% gacha kamayadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Suvonqulov Y.A. "Qishloq xo’jaligi hayvonlari gigiyenasi"Toshkent, 1994 y.

Qo’shimcha adabiyotlar.

2. Medvedskiy V.I. «Soderjaniye, kormleniye i uxod za jivotnыmi».Minsk, 2007

3. Kochish I.I., Kalyujnыy N.S., Volchkova L.A., Nesterov V.V.«Zoogigiyena», Moskva, 2008



4. Nosirov U.N. «Qoramolchilik», Toshkent 2004

5. www.ziyonet.uz
Download 27,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish