Isitish asboblari. Isitish
asboblariga bo’ladigan
talablar. Isitish
asboblarini tanlash va
o’rnatish
Bajardi : Rustamov S
Tekshirdi : Qurbanboev B
Po‘lat quvurchali seksiyalar vodoprovod suvida tez
korroziyaga uchraydi, shuning uchun doimiy sifatli
suv bilan to‘ldirilgan bog‘liq bo‘lmagan isitish
tizimlarida qo‘llaniladi. Latun quvurchali
seksiyalar korroziyaga chidamliligi sababli issiq
suv ta’minoti tizimlarida keng foydalaniladi.
Isitgichning kerakli isitish yuzasi bir necha
sekitsiyalarning birlashtirilishi yordamida amalga
oshiriladi.
Seksiyalar o‘zaro isituvchi suv harakati bo‘yicha
flanetslar yordamida patrubkalar bilan,
isitilayotgan suv harakati bo‘yicha qayirilgan qism
yordamida ulaniladi. Isitilayotgan suvni
quvurchalar ichidan o‘tkazish taviya qilinadi, bu
hol quvurchalar ichini tozalashni va suvning ruxsat
etilgan tezligi (2 m/s gacha)ni tanlashni
engillashtiradi.
Xajmli suv isitgichlar vaqti-vaqti bilan suv
tarqatuvchi issiq suv ta’minotida qo‘llaniladi.
Isitgichning isitish yuzalari 33,5x3,25 va 48x2,5
diametrli ikki yo‘nalishli ilonsimon po‘lat
quvurlardan tayyorlanadi. Mazkur isitgichlar bug‘li
va suvli isituvchi issiqlik tashuvchilarni qo‘llash
uchun mo‘ljallangan.
Issiq suvning xo‘jalik va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun
sarflari me’yorlari binoning jihozlanganlik daraji va 550 S -
650 S dan yuqori haroratda isitilganda texnologik
ehtiyojiga bog‘liq holda o‘rantiladi. Lekin issiq suv
iste’molining bir vaqtda bo‘lmasligini inobatga olib,
quvurlardagi issiq suvning sarfi oddiy sarfdan farq qiladi,
shu sabali issiq suv ta’minoti quvurlarning gidravlik hisobi
issiq suvning amaldagi sekundli sarfi bo‘yicha aniqlanadi.
Issiq suv ta’minoti tizimlarining gidravlik hisob
qilishidan maqsad, bino yoki bir guruh binolardagi
barcha suv tarqatuvchi priborlarda issiq suvning
kerakli sarfi quyidagi haroratlardan kam
bo‘lmagan holda ta’minlashdan iboratdir: yopiq
issiqlik ta’minoti tizimlarida – 500 S, mahalliy
tizimlarda va yopiq issiqlik ta’minoti tizimlarida -
600 S.
Akkumulyatorlar mavjud bo‘lgan holda maksimal suv
taqsimlash rejimi issiq suvning etishmovchi miqdorini
to‘ldiruvchi akkumulyatorning to‘xtashiga olib keladi.
Uzatuvchi tirgaklardan maksimal suv taqsimoti
sirkulyasiyani to‘xtatishi mumkin. Sirkulyasiya quvurlariga
sovuq suvning vodoprovoddan kelishini va suv taqsimlovchi
priborlarda sovuq suvning aralashishini oldini olish uchun,
sirkulyasiya quvurlarida isitgichga yoki akkumulyatorga
ulanishdan oldin qaytuvchi klapanlar o‘rnatish lozim. Bu
holda tizimdan qaytuvchi klapanlar yordamida ajratilgan
sirkulyasion quvurlar sirkulyasiya to‘xtatilishi mobaynida
bosim ostida bo‘ladi.
Uzluksiz sirkulyasiya sutkaning hoxlagan vaqtida suv
taqsimlanishi bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik turar-joy
uylari, mexmonxona, bolalar va turli davolash
muassasalari ning issiq suv ta’minoti tizimlarida
qo‘llaniladi. Sanoat korxonalari, sport komplekslar
dushxonalarida issiq suv faqatgina sutkaning ma’lum
vaqtida ishlatiladi. SHuning uchun bunday tizimlarda issiq
suv ishlatilishining uzoq vaqt to‘xtatilishidan keyin suv
taqsimlash qayta boshlanishidan 30 minut oldin 47
sirkulyasiyani ishga tushirish lozim, chunki bu vaqt
mobaynida sovuigan suv kerakli haroratgacha isitilishiga
ulgurishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |