Reja: Stansiyalar Razyezdlar va o`zib o`tish punktlari



Download 178,25 Kb.
bet1/5
Sana03.01.2022
Hajmi178,25 Kb.
#317155
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ajratish punktlari , ularning vazifalari, turlari va qo`llanilishi


Ajratish punktlari , ularning vazifalari, turlari va qo`llanilishi

Reja:

1.Stansiyalar

2.Razyezdlar va o`zib o`tish punktlari

3.Blok-postlar

Ajratish punktlari, ularning vazifalari, turlari va qo’llanishi

Belgilangan miqdordagi poyezdlarni o’tkazish va harakat xavfsizligini ta’minlash uchun temir yo’l liniyalari ajratish punktlari yordamida alohida peregonlarga yoki blok – uchastkalarga bo’linadi.

Ajratish punktlarining vazifasi quyidagilardan iborat:

-temir yo’l liniyalarining poyezd o’tkazish qobiliyatini oshirish;

-harakat xavfsizligini ta’minlash;

-harakatni boshqarish, ya’ni harakat uchun ruxsat berish, taqiqlash yoki harakat tartibini belgilash;

-temir yo’llarda yo’lovchilar va yuklarni tashish bilan bog’liq bo’lgan barcha texnologik jarayonlarni bajarish.

Ajratish punktlariga razyezdlar, quvib (o’zib) o’tish punktlari, stansiyalar, avtoblokirovkada o’tish svetoforlari va yarim avtoblokirovkada blok-postlar kiradi. Bulardan razyezdlar, quvib o’tish punktlari va stansiyalar tegishli yo’l tarmoqlariga va boshqa stansiya xo’jaligi inshootlari va qurilmalariga ega bo’lib, yuqorida ta’kidlangan barcha vazifalarni bajaradi. O’tish svetoforlari va yo’l blok-postlari esa yuk va yo’lovchilarni tashish bilan bog’liq bo’lgan texnologik jarayonlardan ishlardan tashqari barcha vazifalarni bajara oladi.



Stansiya yo’llari va ularning vazifasi, yo’llarning uzunligini belgilash

Stansiyalarda ikki xil turdagi yo’llar farqlanadi: stansiya yo’llari va maxsus vazifali yo’llar. Stansiya yo’llariga stansiya chegarasi ichida joylashgan – bosh, qabul-jo’natish, saralash, tortish, ortish-tushirish, depo (lokomotiv va vagon xo’jaliklari), bog’lovchi va boshqa yo’llar kiradi. Maxsus vazifali yo’llarga ehtiyot va tutib qoluvchi berk yo’llar va korxonalarga olib boruvchi shoxobcha yo’llari kiradi.



Ehtiyot berk yo’llari harakat vositalarini poyezdlarning yurish yo’llariga chiqib ketishdan saqlaydi. Tutib qoluvchi berk yo’llar esa stansiyaga tutashgan, surunkali qiyalikdan boshqaruvini yo’qotib kelayotgan poyezd yoki alohida harakat vositalarini stansiyaga kiritmay tutib qolish uchun peregon tomonidan qo’yilib birinchi strelka shu berk yo’lga tayyorlab qo’yiladi. Stansiyalarda bir xil ishlarni bajarish uchun mo’ljallangan yo’llar park deb ataluvchi alohida yo’l guruhlariga birlashtiriladi. O’z vazifasiga qarab qabul, jo’natish, saralash va boshqa parklar bo’ladi. Stansiya yo’llari va parklarni birlashtiruvchi strelkali o’tkazgichlar joylashgan zonalarni stansiyaning strelkali bo’g’izi deyiladi. Bo’g’iz konstruksiyasi talabiy o’tkazish qobiliyati va harakat xavfsizligini ta’minlashi bilan birga, uni loyihalashda poyezdlar va manyovr harakatlarini parallel bajarish imkoniyatlari ham ta’minlanishi kerak. Stansiya yo’llarining soni, yo’llarning to’la va foydali uzunligi bilan farqlanadi. Ochiq yo’lning to’la uzunligi ikki tomonidagi strelkali o’tkazgichlarning boshlanishidan, berk yo’l uchun esa yo’l boshidagi strelkali o’tkazgich boshidan yo’l oxiridagi (to’siq) tirgakkacha hisoblanadi.



Rasm 12.1. Stansiya saralash bo’g’izining chizmasi:

q - J -qabul-jo’natish parki; S – saralash parki.


Download 178,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish