Frans ferme, lot. fi rmus mustahkam 1 qurilish mexanikasida geometrik jihatdan uzgarmaydigan sterjenli tizim. Hisoblashlarda barcha tugunlari sharnirli deb qabul qilinadi



Download 1,66 Mb.
bet1/2
Sana17.04.2022
Hajmi1,66 Mb.
#558868
  1   2
Bog'liq
sanoat va qurulish



Ferma (frans. ferme, lot. fi rmus — mustahkam) — 1) qurilish mexanikasida — geometrik jihatdan uzgarmaydigan sterjenli tizim. Hisoblashlarda barcha tugunlari sharnirli deb qabul qilinadi; 2) tom yopish, bostirmalar qurish va koʻprik qurishda ishlatiladigan qurilish konstruksiyasi. Devor yoki ustunlar oraligʻi katta binolar (mas, kinoteatrlar, bozor pavilonlari, sport zallari, sanoat korxonalari va boshqalar)da tom yopish uchun toʻsinlardan foydalanish iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanadi. Katta soy va daryolarga kuriladigan koʻpriklar ham toʻsinlardan ishlansa, ancha qimmatga tushadi. Shunday hollarda F.dan foydalanish iqtisodiy jihatdan ancha samarali boʻladi. F.lar toʻsin (balka) larning takomillashgan bir turi boʻlib, ular oʻtaydigan vazifani bajaradi. Materialning xiliga qarab, temirbeton, metall va yogʻoch F.lar boʻladi. Tashqi koʻrinishiga koʻra, parallel tasmali (rayem, a), uchburchak shaklli (rayem, b) va poligonal tasmali.v) F.larga boʻlinadi. F.lar panjarasining tuzilishiga qarab ham yana bir necha xillarga boʻlinadi. Vazifasiga koʻra, tom, koʻprik va kran F.lari boʻladi. Koʻprik F. ichida yukning harakatlanish sathiga qarab yuk ustki yoki pastki tasmada yuradigan F.lar farklanadi.


Odatda, tashki kuch (yuk)lar F. tugunlariga tushadi. F. sterjenlari tashqi kuchlar taʼsirida asosan siqilish va choʻzilishga ishlaydi. F.ning barcha sterjenlari bir tekislikda joylashsa, tekis yoki yassi F., har xil tekislikda joylashea, fazoviy F. deb ataladi. Ikki tayanch orasidagi masofa quloch (prolyot) deyiladi; F.ning tashqi konturida joylashgan sterjenlar tasmalar, ular orasida joylashgan sterjenlar panjaralar, panjaralarning tik elementlari ustun, kiya elementlari havon deb ataladi. F. tugunlari orasidagi gorizontal masofa panel deyiladi.
F. materiali qanday boʻlishidan qatʼi nazar tashqi kuchlar (mas, tom plitalari) taʼsirida uning sterjenlarida vujudga keladigan ichki kuchlar qiymati materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi usullari yordamida aniklanadi. Ichki kuchlar aniklangandan keyir bajariladigan hisoblash ishlari (maye., kesim tanlash, mustahkamligini tekshirish va boshqalar) tatbiqiy fanlarning usul va qoidalari asosida bajariladi.





Balka (gollandcha balk, lot. balcus) — 1) koʻndalang yoʻnalishda taʼsir etadigan kuchlarni qabul qiluvchi toʻsin;2) mashina va mexanizmlar detali. Asosan, eguvchi kuchlarni qabul qiladi. Poʻlatdan yasaladi.

Ishlab chiqarish binolari derazasi turlarini va o‘lchamlarini tanlash katta ahamiyatga ega bo‘lib, bunda bino ichini yetarli yoritilganligi va shamollatish, ishchilarni mehnat unumdorligini, hamda mahsulot sifatini oshirishga, mehnat travmasini kamaytirishga olib keladi. Deraza o‘rnini to‘ldiruvchi konstruksiyalarni yog‘ochdan, temirbetondan, po‘latdan, yengil quymalardan, plastmassadan, zichlashtirilgan materiallardan va shisha bloklardan tayyorlanadi. Deraza konstruksiyasi quti, tavaqa, oyna va deraza osti taxtasidan iborat bo‘ladi. Oynalar iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda bir, ikki yoki uch qavatli qilib loyihalanadi.


Deraza o‘rni nominal o‘lchami eniga 300 va 600mm dan, bo‘yicha esa 600 mm dan oshib boradi.
Namuna qilib belgilangan ashyolardan ishlangan derazalarning kengligi 1,8; 2,0; 2,4; 3,0; 4,8; 6,0m va balandligi 0,6: 1,2: 1,8 va 2,4 m qilib olinadi. Aluminiy qotishmasidan qilingan deraza nominal kengligi 2 va 3 m, balandligi esa 1,2: 1,8: 2,4 va 3 m qilib olinadi. Yog‘ochdan ishlangan derazalarda bu kattalik 1,5: 2,7: 3 va 4,5 m balandligi 1,2 va 1,8 m teng bo‘ladi.
Konstruksiyasiga ko‘ra deraza tavaqalari ochiladigan va ochilmaydigan turlarga bo‘linadi. Xona ichini tabiiy shamollatish uchun tavaqalarning bir qismi ochiladigan bo‘ladi. Bunda tavaqalar oshiq – moshiqlar yordamida yuqoriga ilingan bo‘ladi va bulardan tashqari past qismiga, o‘rtaga yoki vertikal holda ilingan bo‘lishi ham mumkin.
Panel devorli ishlab chiqarish binolarida tasmasimon, yoppasiga yoki alohida deraza turlari qo‘llanilib, odatda tasmasimon derazalar ko‘proq uchraydi. Bunday derazalarni ayrim tavaqalari yoki hammasi tasma tarzida ochiladigan bo‘ladi. Tavaqalar avtomatik boshqariladigan mexanizmlar yoki distansion yo‘l bilan ochiladi.
Derazalarning biron bir turini qo‘llashda binoni ekspluatatsiya sharoiti va texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlari e’tiborga olinadi.
Xonalarda harorat-namlik darajasi odatdagi rejimga to‘g‘ri keladigan binolarda yog‘och tavaqali derazalar, boshqa hollarda esa temirbeton, po‘lat, plastmassa va boshqa turdagi metallardan ishlangan derazalar ishlatiladi.



Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish