Cho`zilish va siqilish



Download 0,96 Mb.
Sana21.06.2022
Hajmi0,96 Mb.
#689776
Bog'liq
1404476686 53745

Cho`zilish va siqilish


Reja:


  1. Bo`ylama kuchlar va ularning epyuralari.

  2. Guk qonuni.

  3. Tashqi yuklanmalarni qo`yish usuli, sterjenlar shakllarining kuchlanish va deformatsiyalarga ta'siri.

  4. Murakkab hollarda ichki kuchlar eyuralari.

  5. Oddiy cho`zilish va siqilishda deformasiya.

  6. Cho`zilish diagrammasi.


Tayanch iboralar: cho`zilish, siqilish, absalyut cho`zilish, nisbiy cho`zilish, puasson koefisiyenti, cho`zilish va siqilish diagrammasi, Guk qonuni, elastiklik chegarasi, proporsionallik chegarasi, mustahkamlik chegarasi.


Buylama kuchlar va ularning epyuralari

Cho`zilish va siqilish xossalari mashinasozlik hamda qurilish konstruktsiyalari elementlarida tez-tez uchrab turadi.


Sterjenlarning mahkamlanish turiga va yuklanmalarning ta'sir xarakteriga qarab turli xil cho`zilish yoki siqilishlar paydo bo`ladi.
Agar sterjen ko`ndalang kesim yuzasidagi ichki kuchlar nolga bo`ylama kuch N dan iborat bitta ichki kuchga keltirilsa hamda boshqa barcha ichki kuchlar nolga teng bo`lsa, sof cho`zilish yoki siqilish ro`y beradi.
Sterjenning chekka uchlariga yoki oraliq kesimlariga quyilgan cho`zilish yoki siqilishni paydo qiluvchi tashqi kuchlar sterjen o`qi bo`ylab yo`nalgan bo`lishi yoki bu o`q bo`ylab teng ta'sir etuvchiga keltirilishi lozim.
N bo`ylama kuchni topish uchun, kesish usulidan foydalaniladi. Bunda, sterjen uning o`qiga perpendikulyar bo`lgan tekislik bilan qirqilib, ikki qismga ajratiladi, deb faraz qilamiz.
Bir qismning ikkinchisiga ta'siri bo`ylama kuch N bilan almashtiriladi.
N kuchi cho`ziluvchi xarakterga ega bo`lsa, shartli ravishda I+I musbat ishorali siqiluvchi xarakterga ega bo`lsa, (kesimga qarab yo`nalgan bo`lsa) I-I manfiy ishora olanadi.

rasm

N kuchining yo`nalishi noma'lum bo`lsa, uni musbat ishorali qilib olish maqsadga muvofiqdir. Muvozanat tenglamalarini yechganda N kuchi “+” chiqsa, sterjen ushbu kesimda cho`ziladi, agar “-” ishorali chiqsa, siqiladi. Masalan, 1-rasm (a) da tasvirlangan sterjenning m-n kesimlaridagi bo`ylama kuchini topish uchun qirqish tekisligining chap tomonidagi bo`lagining muvozanatini(1-rasm b) tekshiramiz. Buning uchun ∑ Z=0 tenglamasini tuzamiz:


N-P= O N =P
«+» ishorasi sterjen cho`zilishiga ishlayotganini bildiradi.
Murakkab hollarda ichki kuch eyurasini ko`rish maqsadga muvofiqdir. Har bir ordinatasi ushbu kesimdagi bo`ylama kuch qiymatiga teng bo`lgan grafik bo`ylama kuch N epyurasi deb ataladi. Epyura odatda sterjen o`qiga parallel bo`lgan bazis chiziq atrofida quriladi.
rasm
Agar sterjenning dastlabki uzunligi l va cho`zilgandan keyingi uzunligi l1 ga teng bo`lsa, l absalyut cho`zilishi deyiladi.
l = l1-l
l absalyut cho`zilishning sterjenning dastlabki uzunligiga bo`lgan nisbatiga nisbiy bo`ylama deformatsiya deyiladi.

Nisbiy bo`ylama deformatsiya o`lchamsiz miqdordir.
Har xil materiallar bilan o`tkazilgan tajribalar shuni ko`rsatadiki, materiallarning elastiklik deformatsiyasi chegarasida absalyut bo`ylama deformatsiya sterjenga ta'sir etayotgan kuchga to`g`ri proportsional, uning kesim yuzasiga teskari proportsional bo`ladi;

E- proportsionallik koeffitsenti (Yung moduli)
EF – ko`paytma kesim yuzasining birligi deyiladi.
Agar formulaning chap va o`ng tomonlari ga bo`lsak va ekanligini e'tiborga olsak quyidagi natijani olamiz;
(Guk qonuni)
Demak, normal kuchlanishi bo`yicha deformatsiyaga to`g`ri proportsional ekan. Unda E kattalik elastiklik modulini ifodalaydi.
Absalyut va nisbiy bo`ylama deformatsiya formulalarini ingliz olimi R.Guk (1635-1703) da isbotlagan. Shu sababli, oddiy cho`zilishda nisbiy bo`ylama deformatsiya quyidagiga teng bo`ladi.

Ko`ndalang deformatsiyalar ham shunga o`xshash topiladi. (3-rasm) a o`lchami yo`nalishida
rasm


o`lcham yo`nalishida bu yerda «-» ishorasi cho`zilishda ko`ndalang o`lchamlarning qisqarishi uchun quyilgan. Oddiy cho`zilish yoki siqilishda ko`ndalang deformatsiya absolyut qiymatning bo`ylama deformatsiya absolyut qiymatiga nisbati Puasson koeffisenti deyiladi.

Cho`zuvchi kuch P bilan namunaning cho`zilishi l orasidagi grafik bog`lanish cho`zilish diagrammasi deyiladi. Cho`zilish diagrammasi o`zi yozar mashinka bilan (IM-4R tipidagi mashinka) avtomatik ravishda yoki namuna cho`zilishni o`lchash yo`li bilan va cho`zuvchi kuchlarga mos keluvchi nuqtalar bo`yicha chiziladi. Material xossalarini o`rganish uchun normal kuchlanishli va deformatsiya o`rtasidagi bog`lanishni bildiruvchi diagrammadan foydalanish qulay.
Proportsionallik chegarasi ps deb Guk qonuni to`g`ri keladigan eng katta kuchlanishiga aytiladi.
(St.3 po`lat uchun ps =2100 kgk/sm2=210 MN/m2)
Elastiklik chegarasi el deb, (Guk qonuni to`g`ri keladigan) material yuksizlantiriladigan qoldiq deformatsiya hosil qilmasdan, material ichidagi beriladigan maksimal kuchlanishga aytiladi.
Oquvchanlik chegarasi oq deb, (material) nagruzka ortmagani holda deformatsiya orta boradigan kuchlanishi xolatiga aytiladi.
Namuna chidash bera oladigan eng katta nagruzkaning uning dastlabki kesim yuzasiga bo`lgan nisbati mustaxkamlik chegarasi m deb ataladi.
Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish