Estetik jihatdan muhim xususiyat, ma`lum bir ob`ektga taalluqli bo`lgan holda, ayni
paytda voqelikning ko`plab boshqa ob`ektlari va hodisalariga xosdir.
Ammo uni biron
bir alohida olingan tabiiy ob`ekt bilan bog`lash mumkin emas. Tabiiy xususiyatlarning
o`zgarishi, odatda, muayyan ob`ektning moddiy tavsiflarining o`zgarishi bilan bog`liq,
estetik xususiyatlarning o`zgarishi esa bunday majburiy bog`liqlikka ega emas. Estetik
jihatdan muhim xususiyatlar alohida olingan ob`ektning sof tabiiy xususiyatlari sifatida
ko`rib chiqilishi mumkin emas. Ammo estetik jihatdan muhim xususiyatlar alohida
olingan sub`ektning sof ma`naviy xususiyatlari deb ham hisoblanishi mumkin emas.
Faqatgina yakka, konkret, individual-betakror ob`ektgina estetik idrok qilinishi va
baholanishi kerak. Hech qanday umumiy go`zallik yo`q. Estetika har doim aniq. Hatto
estetik ideal ham faqat muayyan estetik vaziyatda amalga oshiriladi.
SHunday qilib, estetik qadriyatni tashuvchisi aynan real ob`ektiv borliqdir.
Nafosatlilikning boshlang`ich nuqtasi sifatida ob`ektning idrok etiladigan qadriyaviy-
muhim shaklini aytish mumkin. Real konkret ob`ektlar voqelikning «estetik
xususiyatlari»
deb nomlanadigan shakl, o`lcham, rang, nisbat, simmetriya, ritm kabi
ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Moddiy dunyoning ob`ektiv
xususiyatlari va
qonuniyatlari nafosatlilikning kelib chiqishi, ibtidosini tashkil etadigan narsalarning
tashqi ko`rinishlarini aniqlaydi.
Ammo aynan ibtidolarni, chunki ob`ektlarning tashqi
ko`rinishlari har doim ham nafosatlilik mazmunini aniqlay olmaydi. Masalan, estetik
kechinmalarning manbai sifatida tuzning rangi bu kechinmalarning ma`nosini ham
aniqlay olmaydi.
Biroq, shuni ta`kidlash kerakki, estetik munosabatlar ob`ekti
tashqi shakldan
boshlanadi, lekin shu bilan kifoyalanmaydi: shakl mazmun bilan birlikda mazmunli
shakl sifatida olinishi kerak. Ob`ektning estetik shakli idrok etadigan sub`ektga o`z
sifatlari va afzalliklarini ochib berishga tariqasida ta`sir qiladi. Insonning dunyoni
anglashi jarayonida predmetlar va hodisalarning ularning
inson va jamiyat hayotidagi
ahamiyati kabi ob`ektiv xususiyati namoyon bo`ladi.
Xulosa qilib shuni ta`kidlash kerakki:
1)
nafosatlilik
– bu na ob`ektiv voqelik, na odamning «mohiyatiy kuchlari» emas,
balki sub`ekt-ob`ekt munosabatlarining ideal mahsulidir;
2)
Do'stlaringiz bilan baham: