Xunuklik
- bu estetikaning go`zallikning aksi bo`lgan, salbiy estetik qiymatni
ifodalaydigan kategoriyasi.
Xunuklik – me`yor, tartibdan ajralganlik, xaos. Qadimgi yunon estetikasida xunuklik
yo`qlik, yovuzlik tushunchalariga yaqinlashtirilgan. O`rta asr estetikasida gunohning
namoyon bo`lish shakli va oqibati sifatida qabul qilingan. Ma`rifat estetikasi san`atdagi
xunukni aks ettirishni imkonsiz deb hisobladi. Ammo, Uyg`onish davrida tabiatning
qudratli energiyasi va cheksiz xilma-xilligining dalili sifatida xunukning buyuk ijodiy
kuchi tan olingan. Romantizm «ektsentriklik»ning va «xunuklik»ning san`at uchun
qiymatiga urg`u berdi. Modernizmda u beqiyos qadriyat sifatida talqin qilingan.
San`atdagi go`zallik va xunuklikning dialektikasi Aristotel` tomonidan jo`da yaxshi
ko`rsatib berilgan. Uning ta`kidlashicha, badiiy faoliyatda xunuklik mukammal, go`zal
tarzda tasvirlanishi mumkin, ya`ni u go`zallik xususiyatlarini oladi.
Shunday qilib, xunukning estetik kechinmalari ikki tomonlama: san`at asaridan
zavqlanish tasvirlash predmetiga bo`lgan jirkanish hissi bilan birga keladi.
Ulug`vor sifat jihatidan go`zal deb ta`riflangan, ammo bu sifat o`zini yuksak
darajadagi go`zallik, cheksiz go`zallik kabi namoyon etadi. Ulug`vorlik bizga
hayratlanish, zavq, uyg`un talab va yuqori madaniyat ierarxiyalarining ilohiy dasturini
his etish tuyg`ularini beradi.
Ulug`vorlik
- bu katta ijobiy ijtimoiy ahamiyatga ega predmetlar va hodisalarning
estetik qiymatini tavsiflovchi estetik kategoriyadir, ammo ular o`zlarining jo`da ulkan
qudrati tufayli jamiyat va shaxs tomonidan ijobiy o`zlashtirila olmaydi. Ulug`vorlikning
yaxlit tavsifini birinchilardan bo`lib I.Kant berdi. Agar go`zallik, faylasufning fikriga
ko`ra,muayyan shakl, cheklash bilan tavsiflanadigan bo`lsa, unda ulug`vorlikning
mohiyati uning cheksizligi, cheksiz buyukligi va insonning mushohada va tasavvur
qilish qobiliyati bilan mos kelmasligida.
Ulug`vorlik insonni jismoniy mavjudot sifatida bosadi, o`z chekliligi va
cheklanganligini anglashga majbur qiladi, ayni paytda uni ma`naviy mavjudot sifatida
yuksaltiradi, unda o`zining jismoniy jihatdan taqqoslab bo`lmaydigan va uni bosib
turadigan tabiat ustidan axloqiy ustunligini anglashni uyg`otadi.
Hayotdagi, voqelikdagi ulug`vorlik san`atda o`z in`ikosini topadi. Masalan, Misr
piramidalari fir`avnning - tirik xudoning, quyosh o`g`lining buyukligini aks ettiradi.
San`atdagi ulug`vorlikning aks etishining tipik shakllari ulkanlik, keng ko`lamlilik,
monumentalligidir.
Ulug`vorlik obrazi O`rta asrlar san`atidagi gotik soborlarda aks ettirilgan bo`lib, ularda
odamning Xudoga, Osmon Saltanatiga bo`lgan intilishini ochib beriladi.
Ulug`likning badiiy ifodasi - bu pafos (yunoncha - tuyg`u, ishtiyoq).
Ulug`vorlikning juft kategoriyasi tubanlik kategoriyasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |