harakat qiladi, birinchisi ijobiy ko`rinadi va diqqatni jalb qiladi, lekin aslida salbiy
xususiyatga aylanadi.
Komediya, qoida tariqasida, kulgiga sabab bo`ladi. Komediyaviy kulgi chuqur
tanqidiy ibtidoga ega. Ammo kulgi ko`r, shafqatsiz raddiya, ya`ni emirish kabi harakat
qilmaydi. U kamchiliklarni yo`q qilishga, jiddiy adolatsizlikni yo`q qilishga va
munosabatlarning yangi tizimini yaratishga intiladi. Shu munosabat bilan K. Marks
"kulayotib, insoniyat o`tmishdan ajraladi" deb ta`kidladi.
Hayot va san`atdagi kulgililik asosida keng
kulgi madaniyati
shakllandi.
Asotirning kulgi madaniyatiga xaos-kosmos muxolifatida kechadigan aralashtirish,
siljitish, o`zgartirish, almashtirish, adashtirish xosdir. Kulgi madaniyati ushbu qarama-
qarshiliklarni hal qilish usulidir.
Antik davrda kulgi madaniyati xalq bayramlarida tabiatning ijodiy kuchlarining
tantanasi sifatida namoyon bo`ladi. Masalan, qadimgi Yunonistonda Dionisga sig`inish,
Rimliklarning Saturnaliyasi.
O`rta asrlarda komediyaning eng mashhur shakllaridan biri karnaval edi, bu M.
Baxtinning fikriga ko`ra rasmiy madaniyat va diniy mafkuraning antipodi sifatida
yuzaga chiqadi. O`rta asrlardagi karnaval tantanalarida kulgi inkor qiluvchi va ayni
paytda hayotni tasdiqlovchi kuch sifatida to`liq va chinakam ko`rinishda namoyon
bo`ladi.
YAngi va Eng yangi davrda kulgi madaniyati insonning muhim kuchlarini
begonalashishi bilan bog`liq bo`lgan tarixiy deformatsiyalarga duch keladi: u o`zining
umumiy ijtimoiy ibtidosini yo`qotadi. Kulish madaniyati odamning xudbin
manfaatlariga xizmat qilish yo`lini egallaydi, ba`zi hollarda psixologik tajovuzning
o`ziga xos vositasi sifatida ishlaydi. Satira, kinoya, istehzo, masxaralash, tahqirlash,
ruhiy sovuqlik. Kulgi ziddiyatlardan himoyalanish vositasiga aylanadi. Masxara qilish
va ko`zdan g`oyib qilish – shu tariqa mavjudlikning zarur qulayligi ta`minlanadi.
Shunday qilib, estetika kategoriyalari estetikaning asosiy, eng umumiy tushunchalari
bo`lib, ular bilish mumkin bo`lgan ob`ektlar va hodisalarning muhim ta`riflarini aks
ettiradi. Ular voqelikni estetik bilishning asosiy bosqichlari sifatida namoyon bo`ladi.
Estetika kategoriyalari dialektik jihatdan o`zaro bog`liq, bir-birini o`zaro belgilaydi.
Ular nafaqat ijobiy estetik xususiyatlarni, balki salbiy xususiyatlarni ham ochib beradi
va shu bilan voqelikning qarama-qarshi tomonlarini yoritadi. Shu bilan birga, estetika
kategoriyalari bilayotgan hodisalarimizning mohiyatini aks ettira o`tirib, insonning
nafosatlilikka bo`lgan baholovchi munosabatini bildiradi, uning jamiyat va shaxsning
ma`naviy-amaliy hayotidagi ahamiyatini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: