Maishiy hayot va insoniy munosabatlar estetikasi.
Inson hayotining aksariyat qismi
bevosita ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyat doirasidan tashqarida kechadi va u maishiy
hayot deb nomlanadi. Odamning hayoti va faoliyatining spetsifik sohasi sifatida maishiy
hayot moddiy va madaniy sharoitlardning o`z yig`indisiga ega. Bu uning uy-joyining
tuzilishi, uning jihazlanishi, kiyim-kechagi, taqinchoqlar), kundalik hayot predmetlari,
bo`sh vaqtni tashkil qilish va uning mazmuni. Estetik did, tabiiy turda, maishiy hayot
sohasini tashkillashtirishga va uning elementlariga katta ta`sir o`tkazadi. U yoki bu
kundalik hayot predmetlarini, mebel`ni foydalanish, aytaylik, oilaning byudjetidangina
emas, balki uning madaniy extiyojlariga ham bog`liq bo`ladi. Ikkinchi tomondan,
kundalik hayot muhitida chiroli, go`zal narsalarning bo`lishi odamni estetik jihatdan
tarbiyalaydi, uning hayotini uyg`unlikka to`ldiradi, estetik kechinmalarini kengaytiradi
va boyitadi.
O`z maishiy hayotini estetik tomondan tashkillashtira o`tirib, odamlar o`zlari
yashayotgan jamiyat va o`zlari taalluqli bo`lgan ijtimoiy guruhlar uchun xos bo`lgan
go`zallik to`g`risidagi tushunchalarini boshchilikka oladi. Odamlar o`rtasindagi ijtimoiy
farqlar qanchalik teren bo`lgani sari, ularning hayotidagi maishiy sharoitlar ham keskin
kontrastga ega bo`ladi. Ijtimoiy davlat o`zining barcha fuqarolari to`g`risida
g`amxo`rlik qilishi, qashshoqlikni bartaraf qilish yo`nalishida maqsadga yo`naltirilgan
siyosat olib borishi kerak, chunki qashshoqlik boshqa salbiy ko`rinishlari va
oqibatlaridan tashqari maishiy hayotni estetik qurishni ham chegaralaydi.
Maishiy hayot (turmush)ning darajasi bo`yicha biz jamiyatdagi estetik va axloqiy
madaniyatning u yoki bu darajasi to`g`risida ko`rgazmali turda mulohaza yurita olamiz.
Joylrda madaniyat saroylari va klublarning yopilishi, ularning aholiga xizmat
ko`rsatishining tijoriy yo`naltirilishi, tungi klublarning, kazinolarning va massaj
niqobida jinsiy xizmatlar taqdim etuvchi «tibbiy-sog`lomlashtiruvchi» muassasalarning
ko`plab ochilishi, mehnatkashlarning asosiy ommasining uylariga kino- va televideo
shaklida erzats-madaniyatning yetkazilib berilishi hodisa kishilarning ijtimoiy
ahamiyatga molik madaniy ehtiyojlarini va manfaatlarini qoniqtirish bo`yicha
vaziyatning qoniqarsizligidan guvohlik beradi.
Muloqatning ijtimoiy ahamiyati, uning axlokiy va estetik parametrlari individlarning
ma`naviy ehtiyojlarining va ideal intilishlarining rivojlanganligi darajasi bilan bilan
shartlanadi. Insonning xulq-atvori, xatti-harakatlari nafaqat tashki ta`sir, balki ichki
niyatlarning energiyasining ham natijasidir. Bugingi kunda ko`zga tashlanayotgan tekin
daromad, moddiy boylik orttirishga bo`lgan instinktlarning to`qtovsiz kengayishi bilan
bog`liq nafs anarxiyasi kishilar o`rtasidagi muloqatda talab darajasidagi ma`naviy
tartibning mavjud emasligidan; o`z-o`zini nazorat kilishning zaifligidan; axloqiy va
estetik madaniyatning sezidarli defitsitidan guvohlik beradi.
G`arbning industriallik jihatdan rivojlangan mamlakatlarining tajribasi shuni
ko`rsatadiki, narsalar, komfort, moddiy farovonlik o`z-o`zidan insonning yashashining
barcha muammolarini yecha olmaydi. G`arb intellektuallari iste`molchilik va
konformizm birinchi planga chiqqan, ma`naviy manfaatlar amaliy, utilitar manfaatlar
bilan almashgan jamiyatni «bir o`lchamli» odamlar rezervatsiyasi deb nomlamoqda.
Bunday vaziyatda insonning tarbiyaliligi katta ahamiyatga ega bo`ladi. Buyuk rus adibi
A.P.CHexov, uning o`zining ta`biri bilan aytganda, o`zidan «qul»ni tomchilab siqib
chiqarib o`tirgan. Ayni paytda u odamlar o`rtasidagi odamgarchilikli, o`z-aro
ishonchga, samimiyatga asoslangan muloqatqa katta ahamiyat bergan. Tarbiya
ko`rganlikni, odoblilikni A.P.CHexov shaxsning katta irodaviy ishining natijasi deb
hisoblagan.
O`z ustida ishlash, o`z-o`zini takomillashtirish istagi, albatta, oldindan bo`ladigan
ma`naviy bilimlar to`plash va kamolatga erishlarsiz amalga oshmaydi. Bu oiladagi,
oqio` yoki mehnat jamoasidagi, norasmiy doiralardagi mos ravishdagi muloqatlardan
o`sib chiqadi. SHaxsqa xalq hayotining teran qatlamlari, uning urf-odatlar, mehnat,
axloqiy va estetik me`yorlari va an`analari bilan tanishishi ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Xizmat bobidagi va norasmiy shaxsiy muloqatlarning estetik jihatlari bir-biridan farq
qiladi. Xizmat bobidagi muloqat qat`iy me`yoriylashtirilgan, funktsional-rolli
qoidalarga bo`ysuntirilgan. Bunday sharoitlarda kishidan mehnatning taksimlanishi va
kooperatsiyasining konkret sharoitlariga mos ravishda kasbdoshlari bilan birga
hamkorlikni, xizmat etiketini saqlashni, boshliqlar va qo`lostidagilarga munosabatda
subordinatsiyani saqlashni talab qiladi. Xulq-atvorning go`zalligi o`zaro xo`sh
ko`rishni, xayrihoqlikni, inson qadr-qimmatiga hurmatni, muloyimlikni talab qiladi.
Kishining ishlab chiqarishdagi xulq-atvoriga estetik mezonlarni majburiy joriy ettirish
quyidagi maqsadlarni ko`zlaydi: 1) qo`lay psixolog muhitni yaratish, 2) surbetlik,
qo`pallik, so`kinish ko`rinishlariga qarshi turish, 3) ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash.
Jonining yaqinligi, psixolog moslik, qadriyaviy yo`nalishlarining birligi yoki yaqinligi
tamoyillari bo`yicha sheriklarni erkin tanlash norasmiy shaxsiy muloqat asosida yotadi.
O`zganing shaxsini bosib qo`ymasdan mulokat qura olish – bu insoniy o`z-aro
munosabatlar estetikasining muhim jihati. Ma`naviy muloqatning insoniyligi va
chuqurligi bevosita individlarning madaniyatiga bog`liq bo`ladi. Insonning ma`naviy
ta`minlanish arsenaliga jamiyat madaniyatining qanchalik ko`proq hajmi kirgani sari,
shunchalik mulokatning shakli, mazmun jihati boy va yorqinroq bo`ladi, muloqatni
amalga oshirish usuli nafosatliroq bo`ladi.
San`at shaxsning ijodiy salohiyatini uyg`otadi, uning o`z-o`zini tarbiyalashini
rag`batlantiradi, hayotiy vaziyatlarni emotsional-estet idrok qilish qobiliyatini
charxlaydi Jamiyatda estetik omilning salohiyatini ruyobga chiqarish uchun qo`lay
sharoitlarni yaratish uning uning barcha institutlarining muhim vazifasidir.
L.S.Vigotskiy
san`at
to`g`risida
«bizning
xulq-atvorimizning
kelajakka
tashkillashtirilishi» degan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |