7-mavzu. Estetika nazariyasi Reja



Download 424,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/24
Sana27.06.2022
Hajmi424,32 Kb.
#710114
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
№7-Mavzu - uz (1)

 
Xulosalar
1. Estetika - falsafiy fan, tabiatda, jamiyatda, san`atda namoyon bo`ladigan go`zallik 
to`g`risidagi fan. 
2. Estetika va etika baholovchi ong shakllaridir. 
3. Estetikaning strukturasi uchta komponent: estetik ong, estetik faoliyat va estetik 
munosabatlardan iborat, ularning har biri o`ziga xos xususiyatga ega. 
4. Estetikaning asosiy kategoriyalari: go`zallik va xunuklik, ulug`vorlik va tubanlik, 
fojiaviylik va kulgililik. 
 
Texnogen sivilizatsiya tushunchasi. 
«Texnogen» tushunchasi ilmiy adabiyotlarda 
atigi 15 yillar muqaddam paydo bo`ldi. Hozirgi vaqtda u keng tarqalgan tushunchalar 
qatorina kiradi. Har bir tadqiqotchi «texnogen» so`zining ma`nosini o`zicha 
tushuntiradi. Ayniqsa ushbu tushunchaning falsafa, ekologiya va ijtimoiy fanlardagi 
ma`nolari bir-biridan farq qiladi. Asarlarning aksariyatida «texnogen» tushunchasi 
«texnikaviy», «texnologik», «texnik-texnologik» tushunchalarining ma`nolariga 
yaqinlashtiriladi, ammo ushbu tushunchalar o`z ma`nolarila bir qancha farqlarga egadir. 
«Texnikaviy» tushunchasi moddiy va ma`naviy ne`matlarni yaratish uchun 
qo`llaniladigan mehnat qurollari (asboblar, mashinalar, mexanizmlar) va usullardan 


iborat ekanlikni anglatadi. «Texnologik» tushunchasi qo`yilgan maqsadlarga erishish 
uchun zarur texnika yordamida muayyan ketma-ketlikda amalga oshiriladigan 
jarayonlarning yig`indisi asosisda yaratilganlikni ifodalaydi. Mos ravishda «texnik-
texnologik» tushunchasi texnika va texnologiyaning kompleksli ta`sirining natijasi 
ekanligini anglatadi. SHunday qilib, biz «texnogen» tushunchasining ob`ektning, 
jarayonning yoki hodisaning texniko-texnologik xarakterini aniqlovchi hamda texnika 
va texnologiyaning kompleksli o`z-aro ta`siri natijalarining o`z-aro bog`liqligini 
ifodalovchi tushunchalarga qo`llaniladigan tasvirlovchi xususiyat ekanligidan kelib 
chiqamiz.
 
Madaniyat va jamiyat doimo o`zaro barqaror aloqadorlikda bo`ladi. Texnogen 
omillarning jamiyatning rivojlanishiga ta`sirini o`rgana o`tirib, jamiyatning ularning 
ta`siri ostida qanday o`zgarishlarga uchraganligini tahlil qilish kerak. Texnogen jamiyat 
tushunchasi ijtimoiy falsafa va sotsiologiya bo`yicha ko`plab tadqiqotlarda (D.Bell, 
V.S.Stepin, E.S.Demidenko, O.Toffler) o`z aksini topgan. «Texnogen jamiyat» 
tushunchasi ostida biz tarixiy rivojlanishning industrial va postindustrial bosqichlarida 
sotsiotexnik, tabiiy-texnik, texnik-texnologik, iqtisodiy, ilmiy, madaniy aloqalar bilan 
birlashtirilgan sotsiumni, tabiiy muhitni va texnosferani tushunamiz.
Fanda ishlab chiqilayotgan yangi bilimlar va texnika bilan texnologiyalardagi 
o`zgarishlar asosida ijtimoiy hayotning mavjud shakllarini yangilashga yo`naltirilgan, 
kelajak ijtimoiy tuzumning asosi sifatida yangi ijtimoiy maqsadlarni va qadriyaviy 
mo`ljallarni beruvchi dasturlar yaratiladi. Jamiyat tipini qayta qurish jarayoni doimo 
madaniy rivojlanish usulini, dunyoqarash yo`nalishlarini o`zgartirish, yangi 
qadriyatlarni ishlab chiqish bilan qator yuradi. Texnogen madaniyat liberal-iqtisodiy 
sivilizatsiyanining rivojlanish qonuniyatlari; kishilar hayott faoliyatining burjua-
texnogen tarizi; industriallashtirish, urbanizatsiya va informatizatsiya omillari ta`sirida 
shakllanadi va rivojlanadi. 
«Texnogen», «texnogen madaniyat», «texnogen jamiyat» tushunchalarining falsafa va 
ijtimoiy fanlardagi tahlillarining natijalarini umumlashtirgan holda, shuni ta`kidlashimiz 
mumkinki, fikrimizcha, tadqiqotchilarning eng keng tarqalgan noaniqligi ushbu 
tushunchalarning asosan texnik-texnologik mazmunga ega bo`lishi, texnogen jamiyatni 
texnologik jamiyat bilan, texnogen dunyoni esa texnik tizimlarning global 
integratsiyalashgan yig`indisi, ya`ni texnikaliq dunyo bilan birdek deb hisoblashlarida. 
Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, «texnogen» tushunchasi nafaqat texnika va 
texnologiyalarni, balki ularning ta`siri ostida transformatsiyalanuvchi va rivojlanuvchi 
ijtimoiy va tabiiy ob`ektlarni, jamiyatning alohida holatini ham anglatadi. SHuning 
uchun «texnogen» tushunchasi ostida biz genezisi va evolyutsiyasi ko`pincha 
antropogen-texnik omillar asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy, madaniy va sun`iy 
tizimlarnin, ob`ektlarni va jarayonlarni tushunamiz.
Zamonaviy sivilizatsiyaning kelajagi muammolarini fanning rivojlanishining 
zamonaviy tendentsiyalarini va uning istiqbollarini hisobga olmasdan muhokama qilish 
mumkin emas. Zamonaviy jamiyatda antistsientistik harakatlar o`rin olgan bo`lsa ham, 
fan umuman olganda sivilizatsiya va madaniyatning yuqori qadriyatlarining biri sifatida 
qabul qilinadi. Ammo bu doimo ham bunday bo`lgani yo`q, barcha madaniyatlarda ham 
fan qadriyaviy ustuvorliklar shkalasida unchalik yuqori o`rinni egallamadi. Insoniy 
faoliyatda ilmiy bilimlarni keng qo`llashni rag`batlantiradigan sivilizatsiyaviy 
rivojlanish tipining xususiyatlari to`g`risidagi masalaga aniqliq kiritish zarur bo`ladi. 
Insoniyatning rivojlanishida, uning varvarliq va yovvoyilik bosqichlarini bosib 
o`tganidan so`ng ko`plab sivilizatsiyalar – jamiyatlarning har biri o`zining o`ziga xos 
xususiyatlariga ega bo`lgan konkret turlari o`rin oldi. Belgili Taniqli faylasuf va tarixchi 
A.Toynbi 21 sivilizatsiyani ajratgan va tasvirlab bergan. ularning barchasini 
sivilizatsiyaviy rivojlanish tiplariga mos ravishda ikki katta sinfga ajratishimiz mumkin 
– an`anaviy va texnogen sivilizatsiyalarga. Texnogen sivilizatsiya insoniyat tarixining 
bir qancha keyingi mahsuloti bo`lib topiladi. Uzoq vaqt mobaynida ushbu tariyx 
an`anaviy jamiyatlarning o`zaro ta`siri sifatida kechdi. Faqat XV-XVII asrlarda 


evropalik hududda texnogen jamiyatlar, ularning boshqa barcha dunyoga ekspantsiyasi 
va ularning ta`sirida an`anaviy jamiyatlarning o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan 
rivojlanishning alohida tipi shakllandi. Ushbu an`anaviy jamiyatlarning ba`zilari 
texnogen sivilizatsiyalar tomonidan oddiy ravishda yutub olindi; modernizatsiya 
bosqichlaridan o`tip, olar keyinchalik tipik texnogen jamiyatlarga aylana boshladi. 
Boshqalari esa, o`zinda g`arb texnologiyalari va madaniyatining ta`sirlarini his qilgani 
bilan, ko`plab an`anaviy belgilarini saqlag`an holda o`ziga xos gibrid tuzulmalarga 
aylandi. 
An`anaviy va texnogen sivilizatsiyaning farqlari radikal xarakterga ega. An`anaviy 
jamiyatlar ijtimoiy o`zgrishlarning kechish sur`atlarining pastligi bilan tavsiflanadi. 
Ularda ham ishlab chiqish sohasida ham, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish 
sohasida ham innovatsiyalar paydo bo`ladi, lekin taraqqiyot individlar va hattoki 
avlodlar hayotining muddatlari bilan qiyoslaganda juda sustlik bilan amalga oshadi. 
Ijtimoiy hayotni tashkillashtirishning ushbu tipi bizning kunlarimizgacha saqlangan – 
uchunchi dunyoning aksariyat mamlakatlari an`anaviy jamiyat belgilarini saqlap qolgan, 
ularning zamonaviy g`arb (texnogen) sivilizatsiyalar bilan to`qnoshuvi ertali-kech 
an`anaviy madaniyat va hayot tarzining radikal transformatsiyalariga olib 
keladiganligiga qaramasdan.
Texnogen sivilizatsiya komp`yuterlarning, hattoki par mashinalarining paydo 
bo`lishidan ancha ilgari vujudga keldi. Uning dastlabki shartlari ratsonallikning ikki 
oldingi madaniy-tarixiy tiplari tomonidan – antik va o`rta asrlardagi – yaratilgan edi. 
XVII asrdan boshlab texnogen sivilizatsiyaning o`z rivojlanishi boshlandi. U uchta 
bosqichni ti bosib o`tadi: 1) industriallikdan oldingi (XVII-XVIII asrlar); 2) industriallik 
(XIX-XX asrlar); 3) postindustriallik (XX asrning oxiri – XXI asr). Bul jamiyatning 
asosini, birinchi navbatda, texnikaning, texnologiyaning rivojlanishi tashkil etdi, ular 
tobora yangi ilmiy bilimlardi generatsiyalash hisobidan yaratilgan innovatsiyalar va 
ularni texnik-texnologik jarayonlarga joriy etish orqali amalga oshirildi. 
Texnogen jamiyat o`z mohiyatida o`z asoslarini doimo o`zgartiruvchi jamiyat sifatida 
aniqlanadi. shuning uchun uning madaniyatinda yangi namunalarni, g`oyalarni, 
innovatsiyalarni generatsiyalash faol qo`llab-quvvatlanadi. Ularning ayrimlarigina 
bugungi hayotda amalga oshirilishi mumkin, qolganlari esa kelajakdagi avlodlarning 
hayot faoliyatining ehtimol bo`lgan dasturlari sifatida saqlanadi.
Texnogen jamiyatning qadriyatlari inson faolligining printsipial yangi yo`nalishlarini 
beradi. Texnogen jamiyatda insonning eng asosiy vazifasi sifatida uning o`zgartiruvchi 
faoliyati qaraladı. Ushbu faoliyat nafaqat ishlab chiqarish munosabatlarini, balki 
tabiatni, jamiyatni o`zgartirishda ham namoyon bo`ladi.
Texnogen civilizatsiyanıń zamonaviy rivojlanishining asosida texnologiyaning 
rivojlanishi yotadi. D.Vigning fikrlarini e`tirof etgan holda, «texnologiya» 
tushunchasining quyidagi asosiy túsinigining tөmendegi tiykarġı ma`nolarini ko`rsata 
olamiz: 1) Texnik bilimlarning, qoidalarning va tushunchalarning yig`indisi; 2) 
Muhandislik kasblar amaliyoti, shu jumladan texnik bilimlarni qo`llashning me`yorlari, 
sharoitlari va zaminlari; 3) Texnik vositalar, asboblar va buyumlar (texnika); 4) Texnik 
personalni va jarayonlarni tashkillashtirish va 
yirik masshtabli tizimlarga 
integratsiyalash; 5) Ijtimoiy hayotning texnik faoliyatning to`planishi samarasi 
tariqasidagi sifatini tavsiflovchi ijtimoiy sharoitlar. 
Zamonaviy texnogen sivilizatsiyaning muhim tavsiflari quyidagilarni o`z ichiga oladi: 
tashqi dunyoni o`zgartirishning g`arb an`analaridan kelib chiqadigan texnik-iqtisodiy 
samaradorligi, 
umumiy 
globallashub 
doirasidagi 
protestant 
etikasining, 
ratsionalizmning va pragmatizmning ustun bo`lishi, uning shaxs avtonomiyasiga, 
fuqaralik jamiyatini yuridik huquqlari va erkinliklariga yo`naltirilganligi, hayot tarzi va 
stilining unifikatsiyasi. Ushbu tafsilotlar OAV va «ommaviy madaniyat» tomonidan 
qo`llab-quvvatlanadi. Ammo zamonaviy odam hayotining ko`plab tomonlarining 
globallashuvi ortgani sari unga qarama-qarshi bo`lgan tendentsiyalarning belgilari ham 
ko`rinmoqda. Bu milliy madaniyatlarning unikalligini, birinchi navbatda milliy tillarni 


saqlap qolishga intilishda ifodalanmoqda. Zamonaviy dunyoda kechayotgan 
jarayonlarni anglash bilan madaniy qadiriyatlar shkalasindagi ustuvorliklarning 
o`zgarishi yuz berishi mumkin, ya`ni tabiatga boshqacha munosabatning, an`anaviy 
axloqiy qadriyatlarga asoslangan ekologik va ma`naviy madaniyatning shakllanishi.
Texnikaning rivojlanishi va texnogen sivilizatsiyalarning shakllanishi masalalari turli 
davrlarda G`arb jamiyatlari dorasida quyidagi olimlar, tadqiqotchilar tomonidan 
o`rganildi: 3.Bauman, U.Bek, Dj.Beninger, G.Bexmann, G.Yonas, J.P.Kanten, 
X.D.Kortes, N.Luman, L.Memford, Dj.Neysbit, X.Ortega-i-Gasset, T.Stoun`er, A.de 
Tokvil`, E.Toffler, T.Fridman, YU.Xabermas, M.Xaydegger, J.Ellyul`, K.YAspers, 
N.A.Berdyaev, P.YA.Engel`meyer, R.K.Balandin, D.B.Zil`berman, A.P.Nazarchuk, 
K.S.Pigrov, V.S.Stepin, A.D.Ursul, T.A.Ursul va h.k.

Download 424,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish