7-mavzu. Estetika nazariyasi Reja


Estetika yohud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri



Download 424,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/24
Sana27.06.2022
Hajmi424,32 Kb.
#710114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
№7-Mavzu - uz (1)

Estetika yohud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri.
Uning tarixi ikki
yarim-uch ming yillik vaqtni o`z ichiga oladi. Biroq u o`zining hozirgi nomini 
XVIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo`lmish go`zallik va 
san`at haqidagi mulohazalar har xil san`at turlariga bag`ishlangan risolalarda, falsafa 
hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o`z aksini topgan edi. 
«Estetika» atamasini birinchi bo`lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Gotlib 
Baumgarten (1714-1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug`
olmon faylasufi Gotfrid Vilgelm Leybnis (1646-1716) ta `limotidan kelib chiqqan
holda munosabat bildirgan edi. Leybnis inson m a`naviy olamini uch sohaga -
aql-idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg`uga bo`ladi va ularning har birini alohida falsafiy 
jihatdan o `rganish lozimligini ta `kidlaydi. Baumgartengacha aql-idrokni o 
`rganadigan fan - mantiq, iroda-ixtiyorni o `rganuvchi fan esa - axloqshunoslik
(etika)ning falsafada ko`pdan buyon o `z o `rni bor edi. Biroq his-tuyg`uni o 
`rganadigan fan falsafiy maqomda o `z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu
boradagi xizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari
ma`nolarni anglatuvchi yunoncha «aisthetikos» so`zidan «estetika» (olmoncha 
«eshtetik») iborasini olib, ana shu bo`shliqni to `ldirdi. 
Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin, ko`p
o`tmay, u goh «go`zallik falsafasi» , goh «san`at falsafasi» sifatida talqin etila
boshlandi. Estetika fanining eng buyuk nazariyotchilaridan biri Georg Vilgelm


Fridrix Hegel (1770-1831) esa o`z ma`ruzalarining kirish qismida yozadi:
«Estetika» degan nom muvaffaqiyatsiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa
atama qo`llashga urinishlar bo`ldi. So`zning o`z -o`zicha bizni qiziqtirmasligini 
nazarda tutib, biz «estetika» nomini saqlab qolishga tayyormiz, buning ustiga, u odatiy 
nutqqa singishib ketgan. Shunga qaramay, bizning fanimiz mazmuniga javob
beradigan ibora, bu - «san`at falsafasi» yoki yana ham aniqroq qilib aytganda 
«badiiy ijod falsafasi». 
Hegelning «estetika» atamasidan ko`ngli tolmaganligiga jiddiy sabablar bor. Bulardan 
biri - yuqorida uning o`zi aytib o`tgan fikrlari bo`lsa, ikkinchisi - mazkur so`zning 
barcha his-tuyg`ularga taalluqliligi. Vaholanki, bu fan faqat nafosatli his-tuyg`ular va 
ularning ziddini nazarda tutadi. Ayniqsa, mana shu ikkinchi sababga ko`ra, «estetika» 
atamasining talabga javob berishi shubhali. Buning ustiga allaqachon mazkur fan
tadqiqot doirasi san`at hududidan chiqib, inson hayotining deyarli barcha sohalariga 
yoyilib ketgan. Shu bois «estetika» atamasi ham ilmiy muomalaga kiritilgan. Zero, 
mazkur atamaga asos bo`lgan «nafis», «nafislik», «nafosat» so`zlari o`z qamrovi bilan 
fan talablariga to`la javob bera oladi. «Nafis» so`zi «O`zbek tilining izohli lug`ati»da 
- go`zal, nozik, latif, yoqimli, badiiy jihatdan juda yuksak ma`nolarda izohlanadi. Shu 
sababli Hegelning izidan borib, «estetika» atamasini saqlab qolgan holda endilikda 
«estetika» iborasidan foydalanish maqsadga muvofiq, deb o`ylaymiz. 
Endi «Estetika» fanining mohiyatini anglatadigan «san`at falsafasi» va «go`zallik 
falsafasi» iboralariga to `xtalamiz. Estetika tarixida birinchi ibora tarafdorlari
ko`pchilikni tashkil etadi. Lekin, yuqorida aytib o`tganimizdek, san`at bu fanning 
yagona tadqiqot obyekti emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi va uning
amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni go`zallashtirish, tabiatdagi nafosat
borasidagi muammolar bilan ham shu fanimiz shug`ullanadi. Demak, uning qamrovini
san`atning o`zi bilangina chegaralab qo`yishga haqqimiz yo`q. Zero, bugungi kunda 
inson o`zini o`rab turgan barcha narsa-hodisalarning go`zal bo`lishini, har qadamda
nafosatni his etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz 
haydayotgan mashina, biz uchadigan sayyora, biz yashayotgan uy, biz mehnat 
qiladigan ishxona, biz yurgizayotgan dastgoh, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan 
tomoshabog`lar – hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi lozim. 
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqsak, «Go`allik falsafasi» degan ibora bu fan 
mohiyatiga ko`proq mos keladi. Negaki, u faqat san`atdagi go`zallikni emas, balki
insondagi, jamiyat va tabiatdagi go`zallikni ham o`rganadi. Shuningdek, go`zallikdan
boshqa ulug`vorlik, fojiaviylik, kulgililik, mo`jizaviylik, hayolilik, uygunlik, noziklik 
singari ko`pdan ko`p tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish ham estetika
fanining zimmasida. Lekin, bu o`rinda, shuni unutmaslik kerakki, mazkur 
tushunchalarning har birida go`zallik bir tomondan unsur (element) sifatida ishtirok 
etsa, ikkinchi tomondan, ularning o`zi go`zallikka nisbatan unsur vazifasini o `taydi.
Ana shu xususiyatlarning voqelikda namoyon bo`lishini biz nafosat deb ataymiz. 
Estetika predmeti tarixan harakatchan va o`zgaruvchandir. Uning rivojlanishining har 
bir yangi tarixiy bosqichida insonning dunyoga va o`ziga estetik munosabati 
to`g`risidagi mavjud fikrlarning to`liq emasligi aniqlanadi. 
Yangi asr falsafiy estetikasining asoschilaridan biri - Immanuel Kant (1724 - 1804). 
Kant estetikasining o`zagini uning estetik fikr haqidagi ta`limoti tashkil etadi. Ushbu 
ta`limot asosi aql va xayolning kognitiv kuchlarining erkin o`yinida vujudga keladigan 
ichki hissiyotdir. Shunga muvofiq, estetika Kantning so`zlariga ko`ra, predmeti «tashqi 
tuyg`ular to`g`risida ta`limot» bilan chegaralangan fan mavqesini egalladi.
G.F.V.Hegel estetikani tabiat, jamiyat va san`atdagi go`zallik g`oyalari haqidagi 
ta`limot deb biladi. Gegelning ta`kidlashicha, san`at - bu mutlaq ruhning mulohaza 
ko`rinishidagi o`z-o`zini anglashidan boshqa narsa emas. 
Estetikaning «go`zallik falsafasi» va «san`at falsafasi» sifatida shakllanishiga F.Shiller 
(1759-1805), F.Schelling (1785-1854) asarlari yordam berdi. 


Estetika va san`at o`rtasidagi bog`liqlikni Aristotel ta`kidlagan. Ammo shunisi aniqki, 
nafosatlilik insonning atrofdagi voqelikka bo`lgan o`ziga xos munosabati sifatida 
go`zallik va uning san`atdagi badiiy in`ikosi bilan chegaralanmaydi. Estetika 
nafosatlilikning ko`plab ko`rinishlari fojeaviylik, kulgililik, ulug`vorlik, tubanlik, 
xunuklik va boshkalarning nafaqat san`atdagi, balki hayotdagi, real borliqdagi shakllari 
bilan ham qiziqadi.

Download 424,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish