O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“YENGIL SANOAT VA KIMYO TEXNOLOGIYALARI”
FAKULTETI
“GUMANITAR VA IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR”
KAFEDRASI
“KORXONA IQTISODIYODI VA MENEJMENTI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzusi: Reklama - korxona marketingning asosiy vositalaridan biri sifatida
5321000 – Oziq-ovqat texnologiyasi yo’nalishi
Bajardi: __________________________________________
Qabul qildi: _______________________________________
Termiz-2022
MUNDARIJA
KIRISH
I.BOB - IJTIMOIY MADANIY FAOLIYAT SOHASIDA REKLAMA VA UNING JAMIYATDAGI O’RNI
1.1. Reklamaning jamiyat hayotida tutgan o‘rni
1.2. Reklama tarixiy ildizlari
1.3. Reklama maqsad va vazifalari
II.BOB - MARKETING KOMMUNIKATSIYALAR TIZIMIDA REKLAMA
2.1. Reklama–marketingning muhim tarkibiy qismi sifatida
2.2. Kommunikatsiyalar nazariyasining asosiy qonuniyatlari
2.3. Reklama kommunikatsiyalarining asosiy vositalari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mamlakatimiz jadallik hamda o‘ziga xos qiyinchiliklar bilan bozor iqtisodiyotiga moslashayapti. O‘zining tuzilishi bilan yetarlicha qiyin bo‘lgan bu jarayon fuqarolarning dunyoqarashi va o‘zini tutishi jihatidan juda katta vazifalarni o‘rtaga qo‘yadi. Hozirgi kecha-kunduzda ijtimoiy hayotni reklamalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki reklama kundalik ehtiyojga, aniqroq qilib aytganda bozor talabiga aylanib qoldi.
Reklama shiddat bilan ijtimoiy hayotimizga kirib kelmoqda. XX asr
tarixga ilmiy-texnika taraqqiyoti davri bo‘lib kirgan bo‘lsa, XXI asr axborot
texnologiyasi davri bo‘ladi. Chunki dunyoning bu chekkasidagi axborot manbalari, yangiliklar, xabarlar tez sur'atlar bilan dunyoning u chekkasida namoyon bo‘lmoqda. Axborotlarning bunday tez tarqalishi jamiyat a'zolariga, ijtimoiy hayotimizga, insonlarning turmush tarziga, kundalik hayotiga kuchli ta'sir etadi. Reklama axborotning san'at darajasidagi ommaviy turi bo‘lib, u turli uslublar orqali mahsulotlar va xizmat turlarining belgilari va texnologiyalarini yorituvchi vositadir. Uning ahamiyati, ayniqsa jamiyatda ishlab chiqaruvchi kuchlar o‘rtasida raqobatning kuchaygan bir davrida oshib boradi. Reklama bu – aholiga mahsulot yoki biror xizmat turi haqida axborot berish, uning afzalligi va imkoniyatlarini tushuntirish demakdir. Reklama mahsulotning kelib chiqishi yoki xizmat turning afzalliklarini, unga bo‘lgan ehtiyojning darajasini ham o‘zida aks ettiradi. Reklamada mahsulot haqidagi axborotlar bozorning to‘rtta talabini ham o‘z ichiga oladi. Bu – mahsulot, narxlar, sotuv va targ‘ibot. Reklama tashkiloti – turdosh reklama agentliklari ma'lumotlarini umumlashtirib reklamaning yangi formasini va uning tarqatilishini boshqaradi.
Demak, reklama biror korxona, muayyan turdosh buyum, xizmat yoki
ijtimoiy harakatning el orasida nom chiqarishini ta'minlash uchun tovarga,
xizmatga odamlar diqqatini jalb etish, bularni keng ma'lum qilish, ular to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tarqatish maqsadida olib boriladigan faoliyatdir.
Mohirlik bilan tashkil etilgan reklama bozordagi xaridorlarning xohish-istagi va iste'molchilarning xatti-harakatlarini boshqarib borishda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |