Reklama tushunchasi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida mahsulotlar
ishlab chiqarishning turlari nihoyatda ko‘paydi. Ayni paytda raqobat ham kuchayib
bormoqda. Raqobat aslida bu yaxshi ma'noda sifat uchun kurashishdir. Bozor
manfaatlari aynan shu raqobat asosiga quriladi. Yaxshiroq bir kerakli mahsulot
ishlab chiqarish, ko‘proq sotish, foyda olish uning asosiy mezonidir. Reklama esa
bunga yanada yordam beradi. Binobarin, reklama ko‘zga tez tashlanadi. U
daromad to‘g‘risidagi ijtimoiy fikrni o‘stiradi. Natijada tadbirkorlar imkon qadar
yangilikka intiladi.
«Marketing», «Reklama» so‘zlari shiddat bilan hayotimizga kirib keldi,
ayniqsa bu tushunchalar XX asrga kelib juda rivojlanib ketdi. Marketing – ingliz
tilida «Bozor» ma'nosini bildirsa, reklama so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib,
«Reclamare» - chaqiriq, baqiriq, jalb qilish ma'nosini bildiradi. Ingliz tilida esa
«Adverting». Reklama to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot, ya'ni «Informatsiya» bilan
bog‘liq bo‘ladi. Chunki har bir reklama zamirida axborot ma'lumot yotadi.
Informatsiya termini ham lotincha bo‘lib, «Informatio»dan kelib chiqqan.
Reklamadan hozirgi vaqtda jahon ishlab chiqarish amaliyotida keng
foydalanilmoqda.
«Savdo», «Sotuv», «Marketing», «Reklama» terminlari har doim ham
o‘zining aniq ifodasida ishlatilavermaydi, gohida ular bir-biriga qarshi qo‘yiladi,
gohida esa ulardan o‘zaro almashtirib foydalanadilar. Bu tushunchalardan ba'zilari,
ayniqsa «marketing» va «reklama»ni rivojlantirish foydali. Marketing tushunchasi
ko‘p aniqliklarga ega. Ular orasida tor va keng ma'noli tushunchalar bor.
Marketing tor ma'noda bu oddiy sistema, firma yoki korxonaning bozor mo‘ljalini
boshqarish faoliyatini ta'minlaydi. Shu nuqtai nazardan marketing – bu
texnologiyaning unumli o‘tkazilishidir. Umuman marketing tushunchasi keng
qamrovli. Unda tovar ishlab chiqarish tashkiloti, xarid, sotuv, sotuvda
ko‘maklashish, moliyaviy marketing xizmati, sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish,
jamoat bilan aloqa va haqiqiy reklama. Marketing – juda og‘ir jarayon. Juda ko‘p
hollarda zafar yoki muvaffaqiyatsizlikni aniqlaydigan yagona tovar yoki xizmat
ko‘rsatishlar sotilishi omilidir.
Tovarlarning xaridorlarga o‘tishi hamisha ham o‘z-o‘zidan bo‘laveradigan
ish emas. Tovar tanqis bo‘lib turgan sharoitlardagina bozor tovarning sifati, bahosi,
qanday maqsadlarda ishlatilishi, mavsumiyligi va talabni yuzaga keltiruvchi
boshqa omillarni ko‘p surishtirmay, hammasini hazm qilaveradi. Shu bilan birga,
bunda tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talab qondirilmay qolaveradi.
Risoladagidek rivojlanib borayotgan bozor sharoitlarida buyumlarni
iste'molchi oladigan bo‘lishi uchun ularning ko‘pchiligini tegishlicha hozirlash,
faollik bilan tijorat targ‘ibotini olib borish kerak bo‘ladi. Ana shu o‘rinda
xaridorlarning diqqatini tovarlarga jalb qilib, odamlarning qiziqishi va xohishi
istagiga ta'sir o‘tkazadigan, rusum bo‘lib qolgan talablar o‘rniga yangilarini yuzaga keltiradigan reklama muhim bo‘lib qoladi. Mana shunday reklama talab
ehtiyojlarni shakllantiradi.
F. Kotler fikricha, marketing strategiyasi o‘zgarishining bosh moyilligi
strategiyadan yo‘nalish bo‘ylab kengaygan, tovar sotilishiga qaratilgan mijozga
markazlashgan ta'sir o‘tkazishdir. Oddiy qilib aytganda, agar boshidan kimdir
ishlab chiqarsa yoki tovarni ulgurji partiyasini sotib olsa, keyin qanday sotish
yaxshiligini o‘ylasa, u holda bu birinchi strategiyaning namuna nusxasi bo‘ladi.
Agar kommersiya faoliyatini o‘rganishdan boshlansa, ya'ni kimga hozir nima kerak
ma'nosida o‘rganilsa ish faoliyati yaxshi natijalar berishi mumkin.
Iqtisodiy keskin burilish bugungi kundagi vaziyatda mamlakatdagi ko‘plab
yirik ishlab chiqarish korxonalarining, tashkilotlarning ish faoliyatini qayta ko‘rib
chiqishni talab qiladi. Shundan kelib chiqib ular o‘z imkoniyatlari doirasida ishlab
chiqara oladigan tovarlari uchun talabni o‘rganadilar. Shu bilan birga kutilmagan
tezlikda jadal rivojlanayotgan firmalar mijoz muammosiga katta e'tibor qarata
boshlaydilar, to munosib ishlab chiqilgan marketing dasturlari paydo bo‘lgunga
qadar, yaxshi an'analar asosida qurilgan, yo‘llangan mijoz yondashuviga
tayaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |