rang-barang tirikchilikning ravnaq topishi sifatida e`tirof etadi. Tabiiy, uyg`un,
hotirjam, sivilizatsiyaning sun`iyligi va buzuqligiga qarshi qo`yiladigan tabiat ideali
Russoning idealidir.
XX asr mobaynida odamzatting rivojlanishi tabiat kuchlariga egalik qilishda,
ularnin
o`z manfaatlarida foydalanishda sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tarildi. SHu narsa
ayon bo`lmoqdaki, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanishidagi keskin o`sish ijtimoiy
qarama-qarshiliklarning ortib borishi, keskin demografik «qo`porilishlar», odamni atrof
muhitini ahvolining yomonlashishi bilan qator kechmoqda. Bizning planetamiz juda
katta jismoniy va ijtimoiy yukni kutarmoqda. Tabiiy resurslarning oqilonalikdan bir
muncha yiroq bo`lgan iste`moli va uning tabiiy muhitning borgan sari ko`proq turli xil
odam uchun zararli bo`lgan qoldiqlar bilan ifloslanishi Yerni ekologik katastrofa
yoqasiga olib keldi. Bizning planetamizdagi
barcha tirik mavjudotlar, shu jumladan
odamning ham normal yashashi va rivojlanishi uchun real xavf tug`diradigan vaziyat
kelib chiqdi. Va masala faqat Yerdagi chimlik suv zahiralarining, hosildor yerlarning va
h.k. qisqarishida emas balki ifloslanishning odamning genetik strukturasiga yemiruvchi
ta`sirida hamdir.
Bunday sharoitlarda Yerning tabiatiga boyliklarning keng va cheksiz manbai sifatidagi
qarash yechuvchi turda qayta qarashni, muhim korrelyatsiyani talab qiladi. Insoniyat fan
va texnikaning yutuqlarini bir tomonlama, faqat ishlab chiqarish uchun, tabiat
to`g`risida g`amxo`rlik qilmasdan foydalanishi o`ta xavfli ekanligini, hattoki o`z-o`zini
yo`q qilib yuboradigan oqibatlarga olib keladiganligini anglashi kerek.
Inson va
tabiatning, inson va atrof muhitning printsipial yangi munosabatlarini qurish zarurligin
anglash va tushuninish oqimida hozirgi kunda tabiat go`zalligi, uning zamonaviy
odamning yashash muhitini estetik tashkillashtirishdagi roliga yondoshuv ham
shakllanmoqda. Ekologiya va an`anaviy estetika chekarasida tadqiqotlarning yangi
yo`nalishi, jumladan ekzoestetika va ekologik estetika paydo bo`ldi.
Brinchi yo`nalish koinotni amaliy o`zlashtirish, uni bizning estetik munosabatlarimiz
tizimiga kiritish zarurligi bilan bog`liq.
Ekzoestetika Yerdan tashqaridagi koinot ob`ektlarining estetik qiymatini
tekshiradigan ilmiy fan. Ekzoestetika tabiat go`zalligining
bir qancha kengroq
ma`nosini, uning atrof muhitni estetik tashkillashtirishdagi rolini aniqlashga imkoniyat
beradi
Ekologiyaliq estetiki vakillari o`z ilmini atrof muhit falsafasining bir qismi deb
hisoblaydi. Bu yo`nalish G`arb olimlari tadqiqotlarida keng aksini topgan. U go`zallikni
estetik va noestetik (axloqiy, diniy, intellektual va h.k.) tushuntirishlarning tutashgan
joyida paydo bo`lgan. Undagi asosiy qarash - tabiatga estetik munosabatning asosini
go`zallikka bo`lgan umumbashariy sog`inch quraydi va u estetik did bilan tartibga
solinadigan atrof muhitni idrok etishni belgilab beradi. (Qarang: Man`kovskaya N. B.
Ekologicheskaya estetika za rubejom //Filosofskie nauki.- № 2.- 1992).
Ushbu
ta`limotga tabiatga estetik munosabatning faolligi va etika bilan, konkret fanlar va
ijtimoiy amaliyot bilan chambarchas bog`liqlikka alohida e`tibor qaratish xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: