7-mavzu. Estetika nazariyasi Reja


Odamning estetik didi va uning vazifalari



Download 424,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/24
Sana27.06.2022
Hajmi424,32 Kb.
#710114
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
№7-Mavzu - uz (1)

Odamning estetik didi va uning vazifalari . 
Estetik did – bu go`zallikni his etishdan 
koniqish va u beradigan quvonch bilan bog`liq ichki tuyg`u. Uning mavjudligi 
insonning ontologik statusini aks ettiruvchi uning estetik ongining eng asosiy 
sifatlarining biri. Ontologik statusi baland odamlarda juda yaxshi did bo`lishi kerak va 
aksincha.
 
Estetik did kishining aql bilan bir qatorda bilish qobiliyati sifatida namoyon bo`ladi. 
Agar aql intellektual turda haqiqatni ko`rishga intilsa, intuitsiya ma`naviy yo`llar bilan 
ezguliklarga intilsa, unda did odamning go`zallikga bo`lgan ichki ongsiz-impul`siv 
yo`naltirilganligida ildiz otadi.
Did orqali bilishning aql orqali bilishdan qanday farqi bor? Did aqlning analitik 
imkoniyatlariga qarama-qarshi turda sintezlovchi umumiylashtiruvchi xususiyatga ega. 
Did narsalarning, hodisalarning mazmun-mohiyatiga tegishbi bo`lgan barcha narsani 
birdaniga idrok etsa, aql buni izchil, bosqichma-bosqich amalag oshiradi. Did – bu 
estetik deduktsiya, aql esa - gnoseologik induktsiya. 
Did doimo aql bilan o`zaro bog`liq. Ular o`rtasida analogiya o`tkazish mumkin. 
Aqlning harakatda bilgan narsalarini did birdaniga birdaniga bilib oladы, aql qismlarda 
o`rganib bilgan narsalarni did yaxlitlikda baholaydi. shuning uchun ham did qanchalik 
yaxshi rivojlangan bo`lsa, odamni yetuklikka yaqinlashtiradigan har qanday faoliyat 
maqsadga muvofiqroq bo`ladi.
Estetik baho ilmiy nazariyaning haqiqiyligining va axloqiy doktrinalarni 
insonparvarligining asosiy mezonlaridan biridir. Agar nazariya xunuk bo`lsa, demak u – 
xato, axloq go`zal bo`lmasa, demak tu insonparvarlikga ziddir. SHuning uchun ham 
ko`plab faylasuflar qatorida I.Kantning ham fikricha, agar did aql bilan mojaroga kelsa, 
unda didni afzal bilib, aqlni pisand qilmaslik kerak (Kant. Sobr.soch. v 6-ti t. T.5.-M.: 
1963. – s.337). 
Estetik did o`zining miqdoriy va sifat tavsiflariga ega. Estetik didning rivojlanganligi 
yoki rivojlanbaganligi - bu uning miqdoriy tavsifi. Estetik didning yaxshi yoki yomon 
ekanligi – bu uning sifatiy tavsifi.
Insonning estetik didining sifatiy bahosi insonning unga tabiyatdan yoki berilgan, yoki 
umuman berilmagan qobiliyatlariga bog`liq bo`ladi 
Rivojlanmagan did muayyan chekaralarda yaxshi, buzilmagan bo`lishi, ammo unga 
potentsial xos bo`lgan o`tkirlikka, ziyraklikka ega bo`lmasligi mumkin. SHunday qilib, 
odamning estetik didining miqdoriy baholari hayoti davomida u yoki bu tomonga qaray
o`zgarishi mumkin. 
Insonning estetik didining sifatiy bahosi esa to`lig`i bilan insonning unga tabiyatdan 
yoki berilgan, yoki umuman berilmagan qobiliyatlariga bog`liq bo`ladi. Tabiatdan 
berilgan yaxshi yoki yomon didni vaqtning o`tishi bilan o`zgartirib bo`lmaydi, yoki uni 
oxirigacha rivojlantirish mumkin, yoki kurtak holatida qoldirish mumkin. 
Estetik didning manbayi uyg`unlik ekanligi hech kimda shubha tug`dirmaydi. Ammo 
uyg`unlikning o`zining manbai to`g`risidagi masala faylasuflar o`rtasida ko`plab 
bahslarni keltirib chiqardi. Xudo xristian mutafakkirlari fikricha, uyg`unlik manbai 
bo`lib topiladi. Russoning fikricha, uyg`unlik manbai tabiat bo`lib topiladi. YUm va 
uning fikrdoshlari uyg`unlik inson psixikasining ongsizlik sohasiga taalluqli bo`lib, u 
yerda arxetiplar sifatida joylashadi. Ba`zi faylasuflar esa uyg`unlik ijtioiy tuyg`u, 
shuning uchun estetik did ijtimoiy munosabatlar bilan sharlangan deb hisoblagan. 
Bunday fikrga, masalan Smit, marksistlar kelgan. 
SHunday qilib, estetik did – insan ongining ontologik-antropologik tavsifi bo`lib, 
uning uchun ongsiz bo`lgan dunyo predmetlari va hodisalarini ularning go`zalligi yoki 
xunukligi, yohud estetik qiymati nuqtai nazaridan baholay olish qobiliyatida namoyon 
bo`ladigan estetik yetuklikni ko`rsatadi.


Bizlar doimo borliqning u yoki bu hodisasini dastavval estetik baholaymiz. Masalan, 
qәndaydir siyosatchining qiyofasi yoki xulq-atvor maneralarini ichimizdan intuitiv 
yoqtirmasligimiz keyinchalik bizlarning uning siyosiy pozitsiyalarini ham qabul 
qilmasligimizga olib kelishi mumkin.
Bugungi kunda inson o`ziga
yetib keladigan har qanday axborot bilan birgalikda 
juda ko`plab madaniyat mahsulotlarini ham estetik nuqtai nazardan baholashi kerak 
bo`ladi, ayniqsa san`at va adabiyot asarlarini. Bir tomondan, estetik ma`lumotning rang-
barangligi, uning ko`pinchapas savida bo`lishi ushbu axborot iste`molchilarining estetik 
kamsuqumligi, estetik baholash qobiliyatlarining so`stligining sababi va okibati 
hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, estetik axborotning pas saviga ega bo`lishi 
madaniyatning sifat jihatdan yangi bo`lgan hodisalariga to`siqlik yaratadigan estetik 
konservatizmga olib kelishi mumkin. YAngi narsalarning aksariyatining sifatsiz 
bo`lishiga o`rganib qolib, biz odatiy qadriyatlar tizimiga sig`magan barcha narsani 
qarshilik bilan kutib olamiz. Bu ikkalasi ham madaniy jarayonlarga salbiy ta`sir 
qiladigan omillar, chunki bir tomondan sifatsiz estetik qalbakiliklarga olib kelsa
ikkinchi tomondan madaniyatning rivojlanishiga to`sqinlik qiladi. SHuning uchun 
bugingi kunda kishining estetik didini rivojlantirish dolzarb masalalardan bo`lib 
qolmoqda.
Estetik did – bu kishining keng qamrovli estetik baholashga qodirligidir. Estetik did 
deb nomlanishi uchun estetik baholashga qobiliyatlilik o`zida ratsional, emotsional, 
intuitiv 
komponentlarga 
ega 
bo`lishi 
va 
kishining 
xulq-atvoriga, 
hayotga 
munosabatlariga ta`sir qilishi kerak. YA`ni bu uning hayotga degan axloqiy va huquqiy 
munosabatining asosida yotadigan va oxirgi hisobdashaxsni aniqlab beruvchi shaxsning 
qandaydir integrativ tavsifidir.
Bir vaqtning o`zida nafosatlilikning ob`ektiv va sub`ektiv mezoni bo`la o`tirib, estetik 
did estetik ob`ektning shaxsiy bahosini hozirgi vaqtda ummue`tirof etilgan baho bilan 
uyg`unlashtirish qobiliyatini anglatadi. Hech qanday isbotlashlar va tushuntirishlar 
kishini o`ziga yoqmaydigan narsani go`zal deb e`tirof etishga majburlay olmaydi. 
SHunga qaramasdan, didning tabiatining o`zida bir kishi uchun go`zal bo`lgan narsa 
boshqaar uchun ham go`zal bo`lishi kerak degan e`tiqod o`rin olgan. Bu estetik didning 
ziddiyatli tabiatini aks ettiradi. 
Estetik did tabiatining ziddiyatliligini, I.Kantning fikricha, yechish mumkin emas.
M.S. Kagan estetik didni inson faolligini yo`naltirib o`tiradigan o`ziga xos «madaniyat 
asbobi», spetsifik ma`naviy «mexanizm» deb nomlagan. Uning nuqtai nazarida, did 
insonga tug`ilganidan berilmaydi, balki erishiladigan, egallanadigan ma`naviy kuch, u 
odamning madaniyatga oshna bo`lish jarayonida shakllanadi. Estetik tanglashga 
qobiliyatlilik – bu: ijodiy qobiliyat. 

Download 424,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish