Ommaviy madaniyat (angl. «massculture») – «ommaviy jamiyatda»
keng ommaviy
iste`molga mo`ljallangan qadriyatlarni ishlab chiqishning xususiyatlarini ifodalash
uchun qo`llaniladigan tushuncha. Ommaviy madaniyat XX asr madaniyatining har xil,
ilmiy-texnik revolyutsiya va ommaviy xabar kommunikatsiyalarining muntazam
yangilanib borishi tufayli tarqalgan, hodisalarni qamrab oladы. Ommaviy madaniyat
mahsulotlarini
ishlab chiqish, tarqatish va iste`mol qilish industrial-tijoriy xarakterga
ega. Mazmun nuqtai nazaridan ommaviy madaniyat diapazoni o`ta keng, primitiv
kitchdan (ilk komiks, melodrama, estrada shlyageri, «sovun opera») boshlab to
murakkab, boy mazmunga ega shakllargacha (rok-musiqaning ba`zi turlari,
«intellektual» detektiv, pop-art).
Ommaviy madaniyat qanday paydo boldы? Ommaviy madaniyattыӊ paydo bo`lishini
va shakllanishini ikki davrga bo`lish mumkin:
– ommaviy madaniyatning passiv tarqalishi (eng qadim davrdan –
XIX-XX asrlar,
ya`ni texnikaning rivojlanish davri);
– ommaviy madaniyatning faol tarqalishi (XIX-XX asrlar – hozirgacha). ammo
faollikning ushbu davri salbiy maqsadlarni (odob-axloqsiz xususiyatlarni) ko`zlab,
ommaviy madaniyatning to`la shaklining yo`qolib ketishiga olib keldi va uni salbiy
sifatlar niqobiga esha «ommaviy madaniyat»ga aylantirdi.
Ommaviy madaniyattыӊ ijtimoiy funktsiyalari E.Orlovaningn itadqiqotlarida
yoritilgan, unga ko`ra ommaviy madaniyat quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
- informatsion funktsiya - «ommaviy auditoriyaga oqimdagi sotsiomadaniy voqealar
to`g`risidagi ma`lumotlarnin yetkazib berish bilan bog`liq;
- ma`rifiy funktsiya - «ommaviy auditoriyani o`tmishning va bugingi kunning ijtimoiy
ahamiyatga molik qadriyatlariga jalb qiluvchi, talab va taklif sohasida mo`ljal olishni,
siyosiy mo`ljal olishni osonlashtiruvchi axborotni yetkazib berish imkoniyatining
mavjudligi;
- regulyativ funktsiya - me`yoriy axborotni keng yetkazib
berish hisobidan amalga
oshiriladi. Gap nafaqat huquqiy hujjatlarga taalluqli muntazam xabarlar va izohlar
to`g`risida. Bu yerda umume`tirof etilgan axloqiy mulohazalar va baholar ham, ijtimoiy
fikrni so`rovlar natijalari ham keng yoritiladi, shuningdek muayyan mavzular
shakllantiriladi va umumijtimoiy ahamiyat beriladi;
- ijtimoiy-manipulyativ funktsiya - kommunikatorning intilishi bilan bog`liq - uning
kim bo`lishidan qat`iy nazar –
auditoriyani, asosan yoshlarni, muayyan narsaga
ishontirish, uni muayyan xatti-harakatlarni ishlashga undash:
- rekreatsion funktsiya - yosh avlodning diqqatini kundalik muammolardan o`yin,
fantaziya, bayramlar dunyosiga ko`chirish bilan bog`liq.
Ommaviy madaniyatning asosiy xususiyatlari insoniy munosabatlarni aks ettirishning
primitivligi, ijtimoiy maksimalizm, omad kul`ti, ko`ngilocharlik va sertakalluflik.
Ommaviy madaniyat shakllantiradigan ommaviy ong ko`rinishlari bo`yicha juda xilma-
xil. Uning asosiy belgilari – konservativlik, inertlik, cheklanganlik. U o`ziga xos
ifodalash vositalariga ega. Ommaviy madaniyat
realistik obrazlarga emas, balki al
sun`iy yaratilgan obrazlar va stereotiplargaasoslanadi.
«Ommaviy madaniyat» kishilarning o`tkinchi ehtiyojlarini qoniqtiradi, har qanday
yangi voqeaga reaktsiya qiladi, uni aks ettiradi. SHuning uchun ommaviy madaniyat
namunalari o`z dolzarbligini tezda yo`qotadi, modadan chiqib qoladi.
Hozirgi kunda
«ommaviy madaniyat» yoshlaring aqliga salbiy ta`sir o`tkazmoqda. SHuning bilan birga
u milliy rivojlanishga ham zarar yetkazishi mumkin. U odamni ildizlaridan uzib
qo`yishi mumkin. «Ommaviy madaniyatning» oqibatlarining real tahdidlari
quyidagilardan iborat:
- shaxsning madaniy aqlining noto`g`ri shakllantirilishi,
- milliy madaniyatning yemirilishi;
- umuminsoniy madaniy qadriyatlarni shubha ostiga qo`yish;
- milliy ma`naviyatdan yiroqlashish;
- birinchi o`ringa foydaning chiqishi;
- ma`naviy aql va insoniy ma`naviyat ikkinchi planda;
- eski va yangi avlodga bepisandlik;
- hayotning asosiga yengil turmushni qo`yadigan shaxslarning shakllanishi
Rus olimasi V. G. Fedotovaning fikricha, ommaviy madaniyat ildizsiz individlarni
shakllantiradi. U shunday fikrga keladi: «OAV yordamida «ildizsiz» individlar ommasi
paydo bo`ladi va natijada jamiyat anomiya (an`analar va tartibni yo`qotish)
holatiga
keladi. Agar jamiyatda tartib yo`qolsa, unda qadriyatlar va odob-axloq yo`qoladы.
Demak, agar odob-axloq yo`qolsa, unda jamiyatda ma`navy qashshoq kishilar ommasi
paydo bo`ladi. Bu esa «ommaviy madaniyat»ning asosiy maqsadi. shuning uchun
hozirgi kunda yoshlarimizning ma`naviy immunitetini ko`tarishga, ma`naviy tahdidga
qarshi kurashishga qodir bo`lgan milliy-ma`naviy markazlar faoliyatini yanada
jonlantirishimiz, milliy-ma`naviy qadriyatlarimizni mustahkamlashimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: