Ommaviy
madaniyat
Ommaviy madaniyat deb berilgan
madaniyatning
bosh oqimiga
kiruvchi
gʻoya
,
nuqtai nazar
,
koʻrsatma
,
mem
,
[1]
imij
va boshqa ijtimoiy
fenomenlar
toʻplamiga aytiladi. 20-asr oʻrtalaridan
boshlab ommaviy madaniyatga
ommaviy axborot vositalari
kuchli taʼsir oʻtkaza boshladi.
Ommaviy madaniyat koʻpincha keng aholi qatlamiga xush kelishi uchun soddalashtirilgan va
ahamiyatsiz mavzularga berilgan, deb qaraladi. Natijada ommaviy madaniyat
dinchi
va
kontrmadaniyatchilar
tomonidan yuzaki,
isteʼmolparast
,
sensualist
va buzuq, deb tanqid
qilinadi.
[2][3][4][5][6][7]
Ushbu maqolaning
bet arafligi
shubha ost idadir.
Batafsilroq maʼlumot uchun maqola
munozarasini
koʻring.
Mutaxassislar (
faylasuf
va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda „antikultura“
(„gʻayrimadaniyat“) degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun „Pop (ommaviy) madaniyat“
tushunchasi, nochorlikdan qoʻllanilmoqda. Chunki, „ommaviy madaniyat“, aslida madaniyatsizlik,
yaʼni maʼnaviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. „Ommaviy madaniyat“ shu boisdan, eng avvalo,
yuksak isteʼdod va oʻlmas maʼnaviy-axloqiy gʻoyalar bayroqdori boʻlgan mumtoz madaniyatga,
sanʼatga
, uning boyliklariga qarshi tish-tirnogʻi bilan kurashib, uni inkor etib keladi.
Gʻarb
dunyosining oʻzidagi faylasuflar, sotsiolog olimlar, "Bizga „Toʻqqizinchi simfoniya“
(
Betxoven
) kerak emas!" yoki
„Mona Liza“ni
loyga qorishtiramiz!" kabi jaholatparastlikka
Ommaviy madaniyat asoslari
asoslangan xitoblar „ommaviy madaniyat“ tarafdorlari va muxlislarining dasturiy qarashlari
negizini tashkil etadi, deb yozadilar.
Ajablanarlisi, gohida gʻoyatda isteʼdodli insonlar ham „ommaviy madaniyat“ targʻibotchilarining
qutqusiga uchrab, uning tegirmoniga suv quymoqda. Masalan, rassom
Salvador Dali
Leonardo
da Vinchining
„Mona Liza“ („Jakonda“) asarini kulgi qilib,
Mona Liza
lablari ustiga moʻylov chizgan
va „Moʻylovli Jakonda“ asarini yaratgan. Mana shunday „achchiq istehzoli, qora mazmunli
kulgi“ — „ommaviy madaniyat“ faoliyatining eng yetakchi belgilaridan biridir.
„Ommaviy madaniyat“ namoyandalari qora, zaharxanda, behayo kulguni „isyon ifodasi“ deb
bilishadi. „Nimaga qarshi isyon“ degan savol tugʻiladi. Agar „pop-madaniyat“ dunyoga „ehson“
eta yotgan „pop-art“ („tasviriy sanʼat“ desa ham boʻladi), "pop- natijalariga qarab hukm yuritilsa,
ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni isyonkorlik bilan inkor etadi: yuksak madaniyatni,
maʼnaviyatni, axloqni, yuksak orzu-maqsadlarni mensimaydi.
Ular uchun ezgulikning oʻzi yoʻq. Jumladan,
sanʼat
— alohida isteʼdodlar tomonidan yaratiladigan
maʼnaviy boylik, moʻʼjiza ekanligi kabi ijodning oliy mezonlari „pop-madaniyat“ tarafdorlarining
oʻta darajada gʻashini keltiradi. Ularcha, hamma sanʼatkor boʻlishi mumkin. Hamma narsa sanʼat
atalishi mumkin. „Pop-art“ — ommaviy sanʼat shu xulosa manbaida vujudga kelgan.
Chunonchi, „ommaviy madaniyat“ namoyandalaridan biri
Karl Manning
fikricha, atrof-borliqda,
maishiy hayotda mavjud barcha narsalar (masalan, konserva bankalari, siniq tish choʻtkalari,
mashina, vodoprovod kabilarning zanglagan boʻlaklari, turli suratlar, jurnal-gazeta qiyqimlari ham)
hayot bagʻridan alohida ajratilib, ularga muayyan tartib berilib, odamlar nazariga tutilsa, bu oddiy
chiqindilar baayni arxeologik qazilmalar chogʻida topilgan qadimgi yunonlar davriga xos osori
atiqalarday oʻzgacha ahamiyat kasb etib, „sanʼat, madaniyat namunalari“ qatoridan oʻrin olar
emish.
„Pop-art“chilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, aksincha, narsalar va
buyumlarni eʼzozlashadi; maʼnaviy dunyoni emas, maishiy-isteʼmolchilik his-tuygʻularini
qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar. Ularning maʼnaviy pozitsiyasi —
maʼnaviyatni oʻldirish va „narsalarga qullik“ni ragʻbatlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R.
Bredberi aytganidek, „ommaviy madaniyat“ maktabidan oʻtgan avlod uchun hayotning maʼnosi —
avtomobil, televizor, muzlatkichga ega boʻlish. Agar televizor ikkita boʻlsa, ularga shuncha
yaxshi.
Kitch (zarracha badiiy-estetik qimmatga ega boʻlmagan narsa va buyumlarga yuksak andoza
tusini berish),
Ommaviy madaniyat koʻrinishlari