7-mavzu. Estetika nazariyasi Reja


Reklamaning estetik jihatlari



Download 424,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/24
Sana27.06.2022
Hajmi424,32 Kb.
#710114
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
№7-Mavzu - uz (1)

 
 Reklamaning estetik jihatlari. 
Reklama – bu ikkita xarakterga ega bo`lgan 
professional faoliyat: 1) utilitar, amaliy, badiiylikdan tashqari, 2) badiiylik, ya`ni estetik. 
U bozor iqtisodiyotining savdo-sotiq sohasidagi informatsion oqimdir. Reklama 
kompleksli turda tovarlarni siljitish funktsiyasini bajaradigan integratsiyalangan 
marketing kommunikatsiyalari tarkibiga kiradi; ularning doirasida reklama tovarga 
diqqatni jalb qilishi, maqsadli auditoriya nuqtai nazarida uning ijobiy imidjini (obrazini) 
shakllantirishi va shu orqali iste`molchini uni sotib olishga undashi kerak. Bir tomondan 
u informativ va safarbar qiluvchi (bu uning mavjudlik belgilari), ikkinchi tomondan 
estetikali (kasbiy hamjamiyatning asosiy talablaridan biri va oxirgi reklamaviy 
mahsulotning «yoroqliligi» mezoni) bo`lishi kerak. Reklama - bu kommunikativ 
tipdagi tijoriy hunar. Reklamanin mazmun-mohiyati marketing vazifalar bilan 
shartlangan. Reklama haqidagi fan advertologiya deb nomlanadi. Advertologiya 
reklama va reklama qilish usullarini o`rganadi. 
 
San`at va reklamaning funktsional tomonlarini qiyoslaymiz. San`at insonning 
ma`naviy dunyosiga yo`naltirilgna, reklama esa – moddiy, zotlik; san`atda − estetik 
dominanta, al reklamada – utilitarlik. San`atning maqsadi alohida, estetik qoniqish 
berish, reklamaviy kommunikatsiyaning maqsadi – retsipientning konkret iste`molchilik 
reaktsiyasini shakllantirish (tovarni tanlash va sotib olish).
Advertologiya reklamaning to`rtta asosiy funktsiyalarini ko`rsatadi –1) marketing, 2) 
kommunikatsiya, 3) iqtisodiy, 4) ijtimoiy. Tadqiqotchilar G.A. Vasil`ev va 
V.A. Polyakov reklamaning funktsiyalarini ularning bozor faoliyati bilan bog`liqligi 
yaki bog`lanmaganligiga qarab ikki guruhga taqsimlaydi: 1) reklamaning bozor faoliyati 
bilan bog`liq funktsiyalari: marketing, iqtisodiy, raqobat, nazorat qiluvchi; 2) 
reklamaning bozor faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan funktsiyalari: informatsion, 
ta`limiy, ijtimoiy, madaniy-estetik. Reklama o`ziga xos ijtimoiy institut sifatida, savdo-
sotiq faoliyati sohasidagi professional kommunikatsiya fenomeni bo`la turib, iqtisodiy, 
psixologik, estetik, verval sohalarga intiladi. Pragmatik funktsiya reklama asarini «sof 
san`at» sohasidan yiroqlashtiradi. Reklama, xabar beruvchi kommunikatsiya sifatida 
aniqlanar ekan, u estetik kommunikatsiya sifatida ham tahlil qilina oladi.
Estetik faoliyat - bul insonning estetik ehtiyoj bilan determinatsiyalangan har qanday 
umuminsoniy ahamiyatga molik faoliyati. Insonning estetik faoliyatining eng yuksak 
shakli ko`rkem faoliyatdir. Biraq estetik faoliyatga dunyoni badiiy o`zlashtirishdan 
tashqarida kechadigan jarayonlar ham kiritiladi, masalan, mehnat, kundalik hayot
madaniyat sohasi. Ijtimoiy axborotning estetik faoliyat bilan shartlangan qismi – bu 
estetik informatsiya. Reklama estetik informatsiyaning manbai, toshuvchisi, reklamaviy 
asar estetik ob`ekt bo`la oladi.
Reklama nimaning erkin bozorining oqibati, u sotuvchi va xaridorning muloqati 
mobaynida qandaydir bir mahsulotni unga o`xshagan omma ichidan ajratib olib, uning 
mahsulot sifatidagi ijobiy obrazi (imidji) yoki savdo taklifi orqali sotish ehtiyojidan 
kelib chiqdi. Reklamaning asosiy vazifasi retsipienda ishlab chiqaruvchi uchun zarur 
bo`lgan axborotni o`zlashtirish, iste`molchilik xulq-atvori motivatsiyalanishi kator 
kechadigan mumkin bo`lganicha uzoq davom etadigan emotsiyalarni paydo etish.
XX asrning 70 yillarida Germaniyada konstants maktabi nazariyotchilari estetikaning 
yangi yo`nalishi bo`lgan idrok estetikasi yoki funktsional, retseptiv estetika yo`nalishini 
ishlab chiqdi. U retsipientning va badiiy asarning (u reklama bo`lishi mumkin) 
dialogiga asoslanadi. Estetik kechirmalarning asosida real ob`ektning va uning 
retsipienda u yashaydigan jamiyatning madaniyatida o`rin olgan badiiy didning 
negizinda shakllanadigan ideal obrazining nisbatini aniqlash yotadi.
Amaliy estetika tushunchasi Baumgarten tomonidan mustaqil fan sifatida 1735-yili 
kiritilgan edi. U estetikani nazariy, amaliy va qo`llanmali deb ajratgan edi. 
A.P. Valitskayaning aniqlamasi bo`yicha, amaliy estetika - bu inson faoliyatining 


uyg`un predmetlik muhitini shakllantirishga yo`naltirilgan maxsus bilim sohasi, 
qo`llanmali estetika esa – bu madaniy fenomenlardi anglashning yaxlitligini 
ta`minlovchi estetik metodlar va yondoshuvlarning majmuasidir. Nazariy-axboriy 
estetika, retseptiv estetika va amaliy estetika nuqtai nazaridan reklama ijodiy 
faoliyatning mustaqil turi deb hisoblanadi va onы o`rganish ikki yo`nalishda amalga 
oshiriladi: 1) reklamani estetika nazariyasi pozitsiyasidan o`rganish; 2) tijoriy 
reklamaning estetik xususiyatlarini o`rganish.
Zamonaviy dunyoda ommaviy madaniyatning va uning bir qismi sifatida reklamaning 
dolzarblashuvi ro`y bermoqda. Reklama biznesi estetik qoniqish hosil qiladiganoxirgi 
mahsulotni ishlab chiqarishga yo`naltirila boshladi.
Reklama ommaviy madaniyatning quyidagi xususiyatlariga ega:
- asosan ommaviy kommunikatsiya vositalari orqali tarqatiladi
- o`rtamiyona iste`molchining didiga yo`naltirilganlik; 
- ko`ngilocharlik; 
- stereotiplik; 
- voqelikni triviallashtirishga intilish.
Reklamaviy xabarlarning ta`sirchanligi to`rtta omil bilan belgilanadi: adresatning 
qadriyatlar tizimi; adresatning xulq-atvor stereotiplari; adresat-adresantlik hayotiy 
stsenariylar; estetik stereotiplar. 
Reklamaning o`zining funktsiyalari ham o`zgaradi, endilikda u faqat individning 
iqtiosdiy xulq-atvorini shakllantirib qolmasdan, balki retsipientning hissiy idrokiga 
ta`sir o`tkaza o`tirib qadriyaviy mazmunlarni dolzarblashtiradi, brendning muayyan 
«emotsional hudud»ni egallashini mustahkamlaydi.
Reklama va san`at o`rtasida quyidagi kesilish nuqtalari mavjud:
- inson tajribasining emotsional sohasiga murojaat qilish;
- hissiy obrazlar orqali ta`sir qilish;
- emotsial talablarni qoniqtirish.
Hissiy, estetik jihati orqali reklama ijtimoiy kontekstgagina ega faoliyat sifatida idrok 
qilinishdan to`xtamoqda. Endilikda u zamonaviy badiiy madaniyat fenomeni sifatida 
namoyon bo`lib, tobora yangi ommaviy san`at turi mavqega ega bo`lmoqda va o`zinda 
kino, teatr, jivopis`, adabiyot, fotografiya, musiqa kabi boshqa san`at turlarining 
ifodalash vositalarini sintezlamoqda.

Download 424,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish