7 Axborot xavfsizligini ta`minlash



Download 48 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi48 Kb.
#595410
Bog'liq
7-maruza


7-mavzu. Xavfsizlik , millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta`minlash
Reja:
7.1.O’zbekitson Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzumi suvereneti , xududiy yaxlitligini muxofaza qilish
7.2 .Axborot xavfsizligini ta`minlash
7.3. Davlatning mudofaa qobilyatini mustahkamlash
7.4. O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosati
Tayanch so’zlar: Kostitutsiyaviy tuzum , suverenetet , axborot xavfsizligi, delimitatsiya, demorkatsiya, tashqi siyosat
Mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimizning oqilona siyosati bois mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz dahlsizligini ishonchli himoya qilishga qodir, ixcham, tezkor, zamonaviy qurol yarog’ va harbiy texnika bilan ta`minlangan milliy armiyamiz shakllandi. Qurolli kuchlarni boshqarishning yangi tizimi yaratildi, qo’shinlarning tuzilishi va jangovar tarkibi, tashkiliy shtat qurilishi tubdan o’zgardi. Ofitser va serjant kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy. talablarga javob beradigan tizimi vujudga keldi. Shuningdek, oliy harbiy ta`lim muassasalarida kursantlarni tayyorlash tizimi tubdan o’zgardi. 
Yuzaki qaraganda, harbiy sohadagi islohotlatlar va milliy armiyamizga asos solinishi mustaqillik e`lon qilinishi bilan tabiiy va oson ishdek tuyulishi mumkin. Aslida Mustaqqil O’zbekistonning Qurolli kuchlarini tashkil etish o’sha davrda katta jasorat va matonatni talab etgan.
O’zbekiston mustaqilligi e`lon qilingan bo’lsa-da, hali SSSR Mudofaa vazirligi va uning qurolli kuchlari saqlanib turgan bir paytda, bunday kuchga qarshi tik borish, “yotgan ilonning boshini qo’zg’ash” og’ir oqibatlarga olib kelishini yaxshi tushungan birinchi Prezidentimiz harbiy sohada ishni bosqichma – bosqich hal etish yo’lidan bordi. 1991 yil 6 sentyabrg’ kuni e`lon qilingan O’zbekiston Respublikasining Mudofaa ishlari vazirligini to’zish to’g’risida Prezident Farmoni bu yo’ldagi birinchi qadam bo’ldi. Bu yangilikni “hazm qila olmagan ” Kremlg’ O’zbekiston Prezidentiga tazyiq o’tkazishga harakat qildi. SSSR Mudofaa vaziri Ye.SHaposhnikov g’ayriodatiy tuyulgan bu holdan xavotirga tushib, Prezidentimizga telefon qilgan paytda O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vaziri etib tayinlangan Rustam Axmedov Prezidentimiz huzurida bo’lgan ekan. Uning xotirlashicha, SSSR Mudofaa vaziri Islom Karimovga g’azab bilan: “Islom Abdug’anievich, biz bilan maslahatlashmay Mudofaa ishlari vazirligi joriy qilibsiz, vazir tayinlabsiz. O’zingizni mustaqil deb e`lon qilgan bo’lsangiz-da hali SSSR degan qudratli davlat mavjud. Buni o’zingiz ham yaxshi bilasiz. HattoUkraina ham general Morozovni respublika Mudofaa vaziri etib tayinlayotganida bizdan ruhsat olgan edi ”, — deb po’pisa qiladi. “Umuman, Sizga armiyaning nima hojati bor, harbiy komissariyat nimaga kerak? Axir SSSR Mudofaa vazirligining qudratli Turkiston harbiy okrugi O’zbekistonda bo’lsa!”, deb kosa tagida nimkosa qabilida bu harbiy salohiyat bilan chuchitmoqchi bo’ladi. Ularning yordamisiz O’zbekiston o’z xavfsizligini ta`minlay olmasligini pisanda qilingan, kuni kecha mustaqillikka erishgan mamlakat mustaqil Prezidentining javobi shunday bo’ldi: “Birinchidan, respublika Mudofaa ishlari vazirligi joriy qilinishi va vazirning tayinlanishi — huquqiy jihatdan ham, siyosiy jihatdan ham hal qilingan masala. Ikkinchidan, bu masalada Siz bilan kelishishni asossiz deb hisoblayman”, Qat`iy javob olgan Ittifoq vaziri ancha hovuridan tushib, Respublika Mudofaa ishlari vaziri bilan keyingi hamkorlik uchun tanishmoqchi ekanini bildiradi. Prezident: “Madomiki, siz O’zbekiston Respublikasining Mudofaa Ishlari vaziri bilan hamkorlik qilish maqsadida tanishishni istasangiz, men uni Moskvaga yuboraman, tanishib olasizlar ”, deb javob beradi.
SSSR Mudofaa vaziri bilan suhbatni tugatgach, Prezident Ahmedovga qarata: “Sen mustaqil respublika Mudofaa ishlari vaziri sifatida Moskvaga borasan. Lekin u yerga fuqarocha kiyinib borgin. Negaki, sen polkovniksan, u esa — marshal. Harbiy kiyimdagi pogonlaring Ittifoq Mudofaa vaziri bilan mustaqil davlatning Mudofaa ishlari vaziri sifatida tengma — teng gaplashishingga yo’l qo’ymaydi ”, — deydi.
O’sha vaqtlarda SSSR Mudofaa vazirligi va unga buysunuvchi Turkiston harbiy okrugi har qanday qulay vaziyatda Respublika Mudofaa ishlari vazirligini tan olmaslikni ko’rsatishga harakat qildi. Bu paytda Turkiston harbiy okrugi qumondonlik tarkibining faqat ikki-uch foizigina O’zbekistonlik bo’lib, qolganlari chetdan kelgan edi. Shuning uchun ham yangi tashkil topgan na qo’shini, na qurolli kuchlari, na harbiy texnikasi va qurol-aslahasiga ega bo’lgan respublika Mudofaa vazirligi Turkiston harbiy okrugi bilan o’z munosabatlarini ehtiyotkorlik bilan olib borishi lozim edi. Chunki har qanday nizo bizga ziyon yetkazishi mumkin edi.
Mustaqil mamlakatimiz daxlsizligini ta`minlash uchun birinchi galda harbiy komissariyatlarni respublika ixtiyoriga o’tkazib, sobiq Ittifoq armiyasiga askar yuborishni to’xtatish; Ittifoqda xizmat qilayotgan O’zbekistonlik askar va zobitlarni respublikaga qaytarib olib kelish; O’zbekiston hududida joylashgan barcha harbiy garnizon va harbiy qismlarni respublika tasarrufiga o’tkazish; milliy armiyani shakllantirishning huquqiy poydevorini yaratish kabi o’ta muhim masalalani hal etish lozim edi. Bu masalalar bosqichma-bosqich, vazminlik bilan hal etildi.
Utgan yillar davomida harbiy islohotlar bilan bog’liq strategik maqsadlarga erishishning huquqiy poydevori yaratildi. Konstitutsiyamizning 52-moddasida: «O’zbekistan Respublikasini himoya qilish — O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir», 125- moddasida: «O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O’zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va xududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi», — degan qoidalar mustahkamlab qo’yildi.
Ushbu normalarning mantiqiy davomi sifatida «O’zbekiston Respublikasining davlat chegarasi to’g’risida»gi, «Fuqaro muxofazasi to’g’risida»gi, «Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida»gi, «Mudofaa to’g’risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to’g’risida»gi qonunlar hamda O’zbekiston mudofaa doktrinasi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi.
Bundan tashqari, 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonun respublikamizga harbiy siyosatini amalga oshirish huquqini bergan bo’lsa, Prezidentnining 1991 yil 6 sentyabrdagi farmoni bilan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 1992 yil 14 yanvardan mamlakatimiz xududidagi barcha harbiy tuzilmalar O’zbekiston yurisdiktsiyasiga o’tkazildi. Usha kundan ehtiboran milliy armiyamizga asos solindi. 1993 yil 23 dekabrdagi qonun bilan 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni etib belgilandi.
Bir so’z bilan aytganda, nomlari sanab o’tilgan normativ-huquqiy xujjatlar Qurolli Kuchlarimizni shakllantirish, harbiy ta`limni rivojlantirish, muddatli harbiy xizmatga chaqiruvni uyushtirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Eng muhimi, mamlakat xavfsizligi va barqarorligi, sarxadlari daxlsizligini ta`minlash bo’yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir bo’lgan, zamonaviy, harakatchan, har tomonlama yaxshi qurollangan armiya tashkil etildi.
Asosiy qonunimizda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari O’zbekistonning suvereniteti va xududiy yaxlitligi, xalqimizning tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuzilishi belgilab qo’yilganini yuqorida tahkidlab o’tdik. Demak, Qurolli Kuchlarimiz faoliyati faqat mudofaa, urushlar va Qurolli mojarolarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish, O’zbekistonning milliy manfaatlari, konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, xududiy yaxlitligi va chegaralarimiz daxlsizligini himoya qilishga qaratilgan. Bu esa armiyamiz bopqa davlatlarga tajovuz qilish uchun emas, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini ta`minlash uchun xizmat qiladi deganidir.
2012 yil 11 sentyabrda qabul kilingan O’zbekistonning tashqi siyosiy faoliyati kontseptsiyasida ham davlatimizning xalqaro munosabatlardagi siyosiy-huquqiy pozitsiyasi mufassal bayon etilgan bo’lib, unga ko’ra: «O’zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va xarbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har kanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda ulardan chiqish huquqini saqlab qoladi. O’zbekiston Respublikasi qo’shni davlatlardagi qurolli mojarolarga va keskinlik uchoqlariga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni ko’radi, shuningdek, o’z xududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va obhektlari joylashtirilishiga yo’l qo’ymaydi».
Qurolli Kuchlarimizning faoliyatiga oid muhim xujjatlardan yana biri Prezidentimizning 2006 yil 14 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Resiublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni o’tash tartibi to’g’risida»gi nizomdir. Ushbu nizom bilan fuqarolarimizni muddatli va shartnoma asosida harbiy xizmatga chaqirish, qabul qilish, tanlab olish, rezervga bo’shatish, harbiy xizmatda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar tartibga solindi.
Shu o’rinda Prezidentning 2008 yil 20 noyabrdagi «Fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o’tash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonining ahamiyati haqida ham to’xtalib o’tish joiz. Ushbu xujjatga muvofiq milliy armiyamizning tayyorgarligi har tomonlama takomillashtirilib, 2009 yildan boshlab fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yiliga bir marta — fevralg’-mart oylarida chaqirish va belgilangan muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolarni Qurolli Kuchlar rezerviga mart-aprelg’ oylarida bo’shatish tartibi joriy qilindi. Pirovardida, armiyadagi ahloqiy-ruhiy, ma`naviy muhit butunlay sog’lomlashdi, jamiyatimizda armiya va harbiy xizmatga nisbatan yondashuv tamomila o’zgardi.
yil 31 mayda davlatimiz raxbarining Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolarga beriladigan imtiyozlarni takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar bilan bog’liq yana bir muhim qarori qabul qilindi. Unda Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan, harbiy qismlar qo’mondonligining tavsiyanomasiga ega fuqarolarga barcha yo’nalishlar va mutaxassisliklar bo’yicha oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga kirishda to’plash mumkin bo’lgan maksimal ballning 27 foizi miqdorida qo’shimcha ball shaklidagi imtiyozni berish tartibi belgilandi. Buni harbiy xizmatni o’tagan yoshlarimizga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlikning yorqin namunasi deya ehtirof etish mumkin.
Yurtimizda «Mustaqillik», «Amir Temur», «Jaloliddin Manguberdi» ordenlari, «Jasorat», «Sodiq xizmatlari uchun» kabi medallar tahsis etilgan bo’lib, ular davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirishga katta hissa qo’shayotgan harbiylarimiz mehnatini qadrlash, el-yurt taqdiriga dahldorlik hissi bilan yashaydigan, fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalashda o’ziga xos rag’bat vazifasini o’tamoqda. 2012 yilning 11 sentyabrida Prezidentimiz tashabbusi bilan «Mardlik» ordenining tahsis etilgani bu boradagi ishlarning mantiqiy davomi bo’ldi.
Yurtboshimizning 2012 yil 24 oktyabrdagi qarori bilan Mudofaa vazirligi huzurida jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Bugun ushbu tuzilma demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, Qurolli Kuchlar va Mudofaa vazirligi faoliyatining oshkoraligini, fuqarolarning mudofaa sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatidagi ishtirokini ta`minlash, harbiy xizmatning nufuzini oshirish, armiyada xizmat qilayotgan va harbiy xizmatga chaqiriluvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida tahsinga loyiq ishlarni olib bormokda.

Bugungi kunda hech bir soha yo’qki, u axborot kommunikatsiya texnologiyalari, ayniqsa, Internet tarmog’idan foydalanmagan holda faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa. Bunday zamonaviy, tezkor, qulay imkoniyatning yaxshi jihati bilan birga uning xavfsizlikdan xoli emasligi bilan bog’liq ikkinchi tomoni ham borki, bu o’ziga xos choralarni ko’rishni talab qiladi.


Shu bois ham sohaning huquqiy asoslaridan biri “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonun alohida moddalari bevosita shu masalaga bag’ishlangan. CHunonchi, qonunning 19-moddasida axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta`minlash, axborot resurslarining tarqalib ketishi, o’g’irlanishi, yo’qotilishi, buzib talqin etilishi, to’sib qo’yilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish, axborotni yo’q qilish, to’sib qo’yish, undan nusxa olish, uni buzib talqin etishga doir ruxsatsiz harakatlarning hamda axborot resurslari va axborot tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish, axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saqlash maqsadlarida amalga oshiriladi. 20-moddada ko’rsatilishicha, axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g’ayriqonuniy munosabatda bo’lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yoxud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin bo’lsa, muhofaza qilinishi kerak. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta`minlashi shart deb yozilgan.
Sohada ko’rilayotgan choralar samarasida bir qator me`yoriy-huquqiy hujjatlarning, shuningdek, Aloqa axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi huzurida tashkil etilgan Axborot xavfsizligini ta`minlash markazi faoliyatining o’ziga xos o’rni bor. Zero, markaz kompg’yuter hodisalari bo’yicha axborotni yig’ish va tahlil qilish, axborot xavfsizligini ta`minlashga texnik va konsulg’tativ yordam berish bo’yicha yagona davlat muassasasi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi – iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalarida axborotni muhofaza qilishning zamonaviy vositalari va metodlarini yanada rivojlantirish va keng joriy qilishni ta`minlash, milliy Internet foydalanuvchilarini hamda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarini axborot xavfsizligiga tahdidlar to’g’risida ogohlantirishdan iborat. Bunda markaz tomonidan davlat va mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari uchun o’tkazilayotgan tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlat raqobat qo’mitasida video-konferentsiya shaklida bo’lib o’tgan seminarni ayni shu mavzuga qaratilgan tadbirlardan biri deyish mumkin. Unda qo’mita markaziy apparati, idoraviy mansub tuzilmalari, hududiy organlari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etishdi.
Seminarda markaz mutaxassislari tomonidan tahkidlanganidek, butun jamiyatda va iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi jadal sur`atda rivojlanib ketayotgan bugungi davr axborot xavfsizligini ta`minlash bo’yicha olib borilishi lozim bo’lgan masalalar dolzarbligini yanada oshirmoqda. Shundan kelib chiqib, bu sohadagi asosiy tushunchalarga to’xtalib qayd etilganidek, axborot xavfsizligi bu mahlumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan tabiiy yoki sunhiy xossali tasodifiy va qasddan tahsirlardan xar qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligidir. Kompg’yuter tizimlarining keng qo’lamda ishlatilishi doimo o’sib boruvchi axborot hajmini ishlash jarayonlarini avtomatlashtirishga imkon bersada, bu jarayonlarni agressiv tahsirlarga nisbatan ojiz qilib qo’yadi va axborot texnologiyalardan foydalanuvchilar oldida yangi axborot xavfsizligi muammosi ko’ndalang bo’ladi.
Xo’sh, axborot xavfsizligini takomillashtirishni tashkil etish bo’yicha olib borilishi lozim va zarur bo’lgan masalalar nimalardan iborat? Mutaxassislarning tahkidlashlaricha, bunda axborot xavfsizligi siyosatini amalga kiritish va ko’rsatilgan talablar asosida ishlarni olib borish, axborot xavfsizligiga javobgar bo’limlar tashkil qilish yoki tegishli mutaxassilarni tayinlash, me`yorlarini belgilash, axborot xavfsizligi bo’yicha me`yoriy xujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etishga ehtibor qaratish kerak. Bundan tashqari, ish jarayonida himoya vositalari (antivirus, tarmoqlararo ekranlar, kriptografik qurilmalar)dan, litsenziyalangan dasturiy vositalardan, elektron hujjat almashinuvida elektron raqamli imzodan foydalanish, veb-saytlarda axborot xavfsizligini kuchaytirish, bu borada tushuntirish ishlarini olib borish va jadallashtirish lozim.
Ehtirof etilganidek, axborot bilan ishlaydigan xodimlar, bu tizimning bir bo’g’ini hisoblanib, ularga axborot xavfsizligi samaradorligini ta`minlovchi sifatida qaraladi. Shu bois bunday xodimlarga axborotni himoya qilishning nazariy, amaliy va uslubiy asoslarini, kompg’yuter tarmoqlari va tizimlarida axborot xavfsizligini ta`minlashning zamonaviy usullari va vositalarini qo’llashni o’rgatish, turli xil dasturiy mahsulotlardan erkin foydalana olish imkonini beradigan bilimlar bilan ta`minlash muhim. Shundagina korxona va tashkilotlarda axborot xavfsizligi talab darajasida ta`minlanadi.
Ma`ruzachilar korxona va tashkilotlarda axborot xavfsizligi ta`minlanganlik darajasi pastligining asosiy sabablariga ham to’xtalib o’tishdi. Mahlum bo’lishicha, bularga axborot xavfsizligi bo’yicha me`yoriy hujjatlar va axborot xavfsizligi siyosatining mavjud emasligi, axborot xavfsizligi siyosati mavjud bo’lsada u bilan korxona xodimlarining tanishtirilmaganligi, ish jarayonida litsenziyaga ega bo’lmagan dasturiy maxsulotlar qo’llanilishi, xodimlar o’rtasida axborot xavfsizligi bo’yicha o’quv kurslar (seminar, treninglar) o’tkazilmasligi, tashkilotlarda ichki va tashqi Internet resurslaridan oqilona va to’g’ri yo’nalishda foydalanilishining nazoratsiz qoldirilgani kabilar kirar ekan.
Bu singari xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida axborot xavfsizligini ta`minlashni tadbiq etish yuzasidan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan, standartlar ishlab chiqilgan.
Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish