Sport estetikasi.
Sport to`g`risidag`i fanlarning orasida sport estetikasi tobora muhim
o`rin egallamoqda. Bu birinchi navbatda sportda nafosatlilikning keng namoyon bo`lishi
bilan tushuntiriladi:
Birinchidan,
sport hozirgi vaqtda estetik tarbiyaning, aholining keng qatlamlarida
estetik tuyg`ularni, didni va ehtiyojlarni shakllantirishning samarali vositalari va
sharoitlarining biri bo`lib bormoqda;
Ikkinchidan,
nafosatlilik sportda tobora ko`prok uning ajralmas komponenti sifatida
namoyon bo`lmoqda, bundan kon`kida figurali uchish, muzdagi raqs, badiiy gimnastika
kabi sport turlarining paydo bo`lishi va jadal rivojlanishi guvohlik bermoqda;
Uchinchidan,
zamonaviy sport estetik jihat muhim o`rin egallaydigan tomosha
sifatida yuzaga chiqmoqda, sport tadbirlarini tashkillashtirish esa estetik idrok
qonuniyatlarini bilishni va hisobga olishni talab qiladi;
To`rtinchidan,
sportning samarali harakat qilishi uchun estetik tomondan anglanishi va
o`zlashtirilishi zarur bo`lgan o`zining, alohida predmetlik muhiti talab qilinadi
Sport estetikasi, bir tomondan muayyan estetik va falsafiy fan sifatida, ikkinchi
tomondan, sport to`g`risidagi fanlarning biri sifatida paydo bo`ldi va rivojlanmoqda.
Sportni estetika doirasida ilmiy-nazariy tahlil qilmay turib ham unda nafosatlilikning
o`ta muhim o`rin egallashi tushunarli bo`ldi. Ammo faqat shunday tahlilgina sport
estetikasining murakkab va ahamiyatli savollariga javob bera oladi:
estetik hodisalar sportta ayni qanday o`rinni egallaydi?
sportning estetik hodisalari uning boshqa komponentlari bilan qanday
bog`langan?
estetik faoliyat sportta qanday shakllarda namoyon bo`ladi?
sportni san`at, uning turlaridan biri deb qarash mumkin mi?
Ushbu va boshqa savollar sportni estetikaning pozitsiyalari va tamoyillari, qoidalar,
kategoriyalari asosida tahlil qilishni talap qildi.
Sportta nafosatlilikning aks etishi masalalari XX asrning boshlariga kelib X.Ortegi-i-
Gasset va T.Veblen, I. Xeyzinga, V.V.Gorinevskiy, XX asrning ikkinchi yarmida A. A.
Frenkin, M. YA. Saraf, V. I. Stolyarov, N.N. Vizitey va h.k. olimlarning ishlarida
o`rganildi. Lekin estetik bilimning mustaqil sohasi sifatida sport estetikasi XX asrning
o`rtalarida shakllandi, chunki ushbu davrga kelib sport o`zini dunyo madaniyatining eng
muhim qismi sifatida tanitti va uni sotsiomadaniy va gumanitar jihatdan tizimli
anglashga ehtiyoj sezildi.
Sport
Do'stlaringiz bilan baham: |