estetikasi
– sport falsafasining sport fenomeni ustidan estetik refleksiya bo`lib
topiladigan va o`zini sport faoliyati hamda sport munosabatlarida ko`rsatadigan,
ijtimoiy amaliyotning ushbu sohalariga sezilarli ta`sir ko`rsatadigan umumiy estetik
qonuniyatlarni o`rganadigan qismi.
Sport estetikasining predmeti – bu sportning uning estetik mazmuni nuqtai nazaridan
yashashi, harakat qilishi va rivojlanishi bilan bog`liq bo`lgan masalalar majmuasi. Sport
estetikasi o`rganadigan barcha hodisalarnin bir nechta guruhga ajratish mumkin.
Birinchidan, bu sportning uning estetik mazmunini tashkil etadigan va estetik nuqtai
nazardan anglana va baholana o`tirib, estetika qadriyatlar sifatida yuzaga chiqadigan
tomonlari.
Ikkinchidan, sport bilan bog`liq bo`lgan estetik ongni tashkil etiadigan estetik his-
tuyg`ular, didlar, talablar, ideallar, qarashlar va nazariyalar.
Uchinchidan, bu odamning sport soxasidagi faoliyati.
SHunday qilib, sport estetikasi – bu predmetini sportning estetik mazmuni va estetik
qadriyatlari; sportni estetik nuqtai nazardan aks ettiruvchi ong qonunlari, insonning
sport sohasidagi estetik faoliyatining shakllari.
Zamonaviy sportning estetik ahamiyati o`zini eng yuksak darajada namoyish qiladigan
quyidagi jihatlarini ajrata olamiz: sport estetik tarbiyaning vositasi va sharoiti sifatida;
sport estetik fenomen sifatida, ya`ni sportning o`zining rivojlanishida nafosatlilik va
funktsionallikning nisbati; sportning estetik faoliyatning boshqa turlari bilan nisbati.
Sportga bo`lgan keng ijtimoiy qizuquv, uning ommaviyligi, uning ko`plab ijtimoiy
kontingentlarning turmush tarziga kirib borishi uni estetik tuyg`ular, didlar va
ehtiyojlarni shakllantirish vositasi qiladi. Sport faoliyatining shakllari, ijtimoiy faollik
shakli bo`la turib, estetik idealni va uning muhim qismi bo`lgan jismoniy yetuklikni
shakllantirishning zaruriy sharoiti sifatida yuzaga chiqadi:
Odamning shakllanishi va rivojlanishinida harakat faolligi o`ta muhim, sport esa
uning eng yorqin ifodalanishidir. Faoliyatning musobaqa shakli doimo faol-ijodiy
xarakterga ega va emotsional jihatdan doimo to`la bo`ladi. Individlarning jismoniy
takomillashishi kabi maqsadga erishish mezonlarini aniqlashga imkoniyat beruvchi
faoliyatning tarixiy shakllangan shakli - bu musobaqa. Musobaqalar insoniy
xususiyatlarni ularning utilitar qo`llanilishidan tashqarida qiyoslash, o`lchash usulidir.
Aynan ushbu tomoni bilan u o`yindan farqlanadi. Antik davr madaniyatida sport san`at
bilan taqqoslaganda ustuvor ahamiyat kasb etgan. Aynan shuning uchun Gegel`
«Yunonlar go`zal obrazlar yaratishdan oldin dastlab o`zlariga go`zal qiyofa bag`ishladi»
degan edi. Jsmoniy yetuklik oliy ijtimoiy qadriyatga ega bo`ladi va yo`nalishli tarbiya
predmetine aynaladы. Jismoniy madaniyat va sport inson tanasining go`zalligi, inson
plastikassining go`zalligi sifatida ifodalanadigan ushbu shakllarni ishlab chiquvchi
ijtimoiy institut sifatida shakllanadi va rifojlanadi.
Sportning paydo bo`lish sabablari insonning tashqi dunyoga, o`ziga qadriyaviy,
birinchi navbatda estetik, munosabatlarining rivojlanishidir. Sportning estetik
mazmunini rivojlanishining asosiy tendentsiyalari madaniyatning rivojlanishining
umumiy tendentsiyalari va shaxsning shakllanishi jarayonlari bilan bog`liq. Ular
sportning ichki mantig`i asosidy yuzaga chiqadi, uning turlarining paydo bo`lishi va
rivojlanishida ifodalanadi, sporttagi natijalarga erishish shakllari va metodlari bilan
bog`liq bo`ladi. Zamonaviy sportning rivojlanishi shunday kechmoqdaki, endilikda
unda raqiblarning tengdek texnik mahorati vaziyatida g`alaba borgan sari ko`proq
estetik omillarga boqliq bo`lib bormoqda, jamiyatning estetik madaniyatining
rivojlanishi qo`pol jismoniy ustunlikka sport musobaqalarining tamoshobinlari va
ishtirokchilari o`rtasida salbiy reaktsiyanы keltirib chiqarmoqda.
Bunday sharoitlarda estetik ahamiyati yuqori bo`lgan sport turlarining shakllanishi
zaruriyatga aylanmoqda. Figurali uchish, muzdagi raqs, figurali suzish, badiiy
gimnastika estetik ibtido nafaqat hamroq hodisa, balki sport natijalarini bevosita
aniqlovchi muhim strukturaviy element hisoblanadigan, o`zlarida aynan ularning estetik
muhimligi tufayli o`zlarini keltirib chikaruvchilar tomonidan kuchli ta`sir his qiladigan
sport turlaridir.
Zamonaviy sportning eng asosiy, o`ta muhim tendentsiyalarining biri estetik
omillarning uning texnik asoslariga ta`sir o`tkazishidir. Sport texnikasining jadal o`sishi
va takomillashishi sport to`g`risidagi tibbiy-biologik fanlarning jadal rivojlanishining
oqibatlaridir. Sport harakatlarining estetik ahamiyati harakatlarning erkinligi, yengilligi,
qo`layligi, sport kompleksi elementlari birikmasidagi mantiqiy ketma-ketlik,
qat`iyatlilik, harakatlarning koordinatsiyasi va subordinatsiyasi; originallik bilan
shartlanadi. Sport inshoatlari, sport snaryadlari va uskunalari, sport atributikasi, sport
belgilari, kiyimlari – bu sportning alohida predmetlik muhitidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |