Reja: Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. Axborot va ommaviy axborot vositalarining inson va jamiyat hayotidagi ta’siri, axborot xurujlari. Globallashuv davrida yoshlarni ma’naviy tahdidlar



Download 42,1 Kb.
bet1/4
Sana12.06.2022
Hajmi42,1 Kb.
#659393
  1   2   3   4
Bog'liq
Jamiyat


REJA:

1. Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. 

2 Axborot va ommaviy axborot vositalarining inson va jamiyat hayotidagi ta’siri, axborot xurujlari

3 Globallashuv davrida yoshlarni ma’naviy tahdidlar, “ommaviy madaniyat”dan himoyalash masalalari. 

4 "Ommaviy madaniyat" tushunchasi.
Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. XX asrning oxiri - XXI asrning boshlarida dunyo xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotda, shuningdek, tabiatda yuz berayotgan global o‘zgarishlar bugungi jamiyatni "Axborotlashgan jamiyat" deb atashga asos bo‘lmokda. Xo‘sh axborotlashgan jamiyat nima? Bu savolga o‘zbek tilida nashr etilgan adabiyotlarda: "Axborotlashgan jamiyat - ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo, axborotni ishlab chikarish, unga "ishlov berish", saklash va jamiyat a’zolariga yetkazish bilan bog‘liq bo‘ladigan jamiyat" , "axborotlashgan jamiyat, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishda mehnat qiluvchilarning, fan va madaniyat vakillarining axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish, dunyoviy bilimlar majmuini shakllantirish, yaratish, saklash, qayta ishlash va xalqaro bozorda sotishni amalga oshirish bilan mashg‘ul bo‘lgan jamiyatdir", "Axborotlashgan jamiyat - ko‘pchillik ishlovchilarning axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saklash, kayta ishlash va sotish-ni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatdir", - degan ta’rif-lar berilgan.
Axborotlashgan jamiyatni ijtimoiy fenomen tarzda tushuntirib berish masalalari D.Bell, A.Toffler, M. Kastels, U.Rostou, P.Draker, J.Gelbreyt, F.Uebster, I.Masuda kabi olimlarning asarlarida mufassal bayon kilingan.
«Axborolashgan jamiyat» atamasi dastlab Yaponiyada vujudga kelgan. Yapon faylasuf olimi Y.Xayashi 1969 yilda Yaponiya hukumatiga "Yaponiya axborotlashgan jamiyat bardamligi siyosatiga chizgilar", 1971 yili "Axborotlashgan jamiyat rejasi" kabi tadqiqotlarni taqdim etdi. 1971 yildan boshlab mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik tomonidan keng ko‘llanila boshladi. 

Demak, axborotlashgan jamiyat tushunchasini birinchi bo‘lib fanga Tokio texnologik


universitetining professori Y.Xayashi kiritgan. Uning fikricha, moddiy mahsulot emas,
axborotlashuv mahsuloti jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch qismdan tarkib
topadi:
mediatizatsiya (lot.mediatus - vositachi) - axborot to‘plash, saqlash va tarqatish vositalarini 
takomillashtirish jarayoni;
kompyuterlashtirish - axborot izlash va unga ishlov berish vositalarini
takomillashtirish jarayoni;
intellektualizatsiya- axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan, sun’iy intellektdan foydalanish jarayoni. Umuman olganda, jamiyatni axborotlashtirishni zamonaviy axborot-texnik vositalari yordamida ijtimoiy tuzilma va jarayonlarni takomillashtirish deb talqin qilish lozim. 
Axborotlashtirish ijtimoiy intellektualizatsiya jarayonlari bilan uyg‘un holda bo‘lishi
kerak. Zotan, bu shaxs va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirish imkonini beradi

Axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan moddiy omillar bilan emas, balki ma’naviy


omillar - bilim va axborot birinchi o‘rinda turishi bilan tubdan farq qiladi. Axborot va bilim olish, ularga ishlov berish hamda ularni saqlash va yetkazish jarayonida jamiyat a’zolarining aksariyati band bo‘ladi. Axborotlashgan jamiyatda axborot tayyorlash moddiy ishlab chiqarishni siqib chiqarmaydi, balki uning negizida shakllanib, bu soha rivojiga turtki bo‘ladi

2006 yilning BMT Bosh Assambleyasi Butun jahon axborot jamiyati yili deb e’lon


qilinishi ham hozirgi kunda jamiyat axborotlashuvining ahamiyati ortib borayotganligidan dalolat beradi. Hozirgi davrda dunyodagi barcha davlatlarning axborotlashgan jamiyat tomon intilishi kuzatilmoqda.

Globallashuv tufayli odamlar bir lahzada o‘zini qiziqtiradigan axborotni darhol olish,


unga egalik qilish imkoniyatiga ega. Ushbu jarayon mazmuni to‘g‘risida I.A.Karimov: "Bugungikunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgaridek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas" , - degan edi.

Xulosa tarzida shuni aytish mumkinki, axborot arabcha "xabar" so‘zidan olingan bo‘lib,


"darak", "ma’lumot", "ovoza", degan ma’nolarni anglatadi

Shu tariqa bugungi kunda axborot deganda biror kimsa, narsa yoki hodisa haqida darak, ma’lumot berish, bildirish, uni muayyan vositalar orqali yetkazish yoki ovoza qilish tushuniladi.

AKTni rivojlantirish va uning natijalaridan mamlakat hayotining barcha sohalarida
unumli foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyun kuni

«Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash choratadbirlari to‘g‘risida» Farmoni e’lon qilindi. Bundan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda AKT uchun xalqaro standartlarga muvofiq dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan sifatli va raqobatdosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish, AKT mahsulotlari eksportini kengaytirish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishni tashkil etishdan iboratdir.




Download 42,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish