Dovud payg‘ambar
37. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada kim ta’riflangan?
«Aytmishlar, ... yalavoch tunla o‘zin belgusiz qilib ra’iyatlardin so‘rar erdikim, podshoh sizing birla netag muomala qilur? Aytur erdilar: yavloq (juda) odil turur». Dovud payg‘ambar
38. «Uzum hikoyati»dan olingan quyidagi jumlada nimalar nazarda tutilgan? «Bu nimarsalar har uyda bo‘lsa, uydin hargiz farishta kam bo‘lmas, deydurlar». Shinni, sirka
39. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da shayton uzumning suvini dastlab nima bilan sug‘oradi? Tulkining qoni bilan
40. «Qisasi Rabg‘uziy» asaridagi qissalar ichida uchraydigan boshqa janr namunalari asarda olg‘a surilgan asosiy g‘oyaviy-badiiy maqsad bilan yaxlitlikni tashkil etadi. Misol sifatida «Dovud haqida»gi qissani oladigan bo‘lsak, u qanday tashkil topganligini ketma-ketlikda ayting.
Dovud payg‘ambarning ta’rifi beriladi; Dovud payg‘ambarning she’riy tavsifi beriladi;
Dovud payg‘ambar haqidagi umumiy tasavvurlar bayon etiladi.
41. Turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan, payg‘ambarlar haqidagi qissalardan iborat asarni ayting. Rabg‘uziyning «Qisasi Rabg‘uziy» asari
42. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida: «Man alarning kattasidurman. Ulug‘lar, raiyasiga base mehribon bo‘lur. Balog‘a ulug‘lar o‘zlarini ro‘baro‘ qilib, kichiklarni xalos qilsa yaxshidur», – fikrlarini qaysi obraz aytadi? Manzara
43.“Qisasi Rabg‘uziy”dagi “Yilon va qarlug‘och hikoyati”ning so‘nggida qaysi jonzotlar bir-biriga dushman bo‘lib qoladilar? Ilon va qaldirg‘och
44. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi jumlani davom ettiring. «...bu kitobni tuzgan, toat yo‘lida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuqlug‘, ko‘p yozuqlug‘...»
Rabot o‘g‘uzining qozisi Burhon o‘g‘li Nosiruddin
45. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da kema ichida uch jonzot (nimarsa) yo‘q edi. Ular qaysilar? Sichqon, mushuk, qo‘ng‘iz
46. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da ari (oru): «Odamning go‘shtidan totlig‘ go‘sht yo‘q ekan», – deb kelayotganida qaysi jonzotga duch keladi? Qaldirg‘ochga
47. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida Sulaymon payg‘ambar bilan gaplashgan chumolilar podshohining ismini ayting. Manzara
48. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida quyidagi fikrlarni aytib tavba qilgan kim edi? «Ilohi, man o‘zumni dono bilib yurur erdim. Maning bilganim bu qarinchg‘aning oldida hech nimarsa ekan». Sulaymon alayhissalom
49. «Qisasi Rabg‘uziy»da qaysi payg‘ambarning taqachilik (temirchilik) hunarini o‘rganganligi va uning qo‘lida temirning xamir kabi yumshaganligi aytiladi? Dovud payg‘ambarning
50. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida qaysi podshoh dono, tadbirkor, xalq g‘amini yeydigan hukmdor, ma’rifatparvar, olim, orif sifatida ko‘zga tashlanadi? Chumolilar podshosi
51. Rabg‘uziyning «Kun hamalg‘a kirdi...» g‘azalining nechanchi baytida bahorga nisbatan olam navro‘zi ifodasi qo‘llansa, qishga nisbatan bahman (ayoz, qahraton, izg‘irin) zamharir (qirovli, qahraton, qattiq sovuq) sifatlashlari tanlangan? Birinchi baytida
52. Rabg‘uziyning «Kun hamalg‘a kirdi...» g‘azalining ruknlar tartibi qanday?
foilotun-foilotun-foilotun-foilun
53. «Qisasi Rabg‘uziy» necha qissadan iborat? 72 qissadan
54. Rabg‘uziyning bahor haqidagi g‘azalidan olingan quyidagi baytda qo‘llanilgan «qug‘u», «qil», «os», «tiyin», «kish» so‘zlarining ma’nolarini ayting. Ko‘kda o‘ynar, qo‘l solishur qug‘u, qoz, qil, qarlug‘och, Erda yugrub juft olishur os, tiyin, kish, qunduzi. “Qug‘u” – oqqush, “qil” – qilquyruq, “os” – oq suvsar, “tiyin” – olmaxon, “kish” – olmaxonning bir turi
55. «Qisasi Rabg‘uziy»da qo‘llanilgan «yalavoch» so‘zining ma’nosini ayting. Payg‘ambar
56. “Qisasi Rabg‘uziy”da adib qaysi payg‘ambar bilan bog‘liq hikoyatlarda adolat va zulm, hunar egalari, ota-ona va farzandlar munosabati singari mavzularga asosiy e’tiborni qaratgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |