Bu qanday baxt ediki?
Azaldan har bir faslning o‘ziga yarasha tarovati bo‘ladi deyishadi. Haqiqatan ham bu bejiz aytilmagan. Bahor fasli gullar bilan burkanib, ko‘zni quvontirsa, yoz fasli turli xil mevalarni pishib yetilgani sabab, pishiqchilikni anglatsa, kuz fasli ham o‘z navbatida barcha qolgan ayrim sabzavot va poliz ekinlarini yetilib pishgan davrini namoyon qiladi. Qish ham garchi, og‘izga olinishi bilan qahraton va sovuq kunlarni eslatsa-da, u haqida ham bir talay «iliq» gaplarni aytish mumkin…
Xuddi ana shunday qahraton qish kunlarining biri edi. Qor ancha qalin yoqqan. Ravshanning oilasida qahraton qish qiyinchiliklarini unuttirib farzand dunyoga keldi. 6 yillik farzandsizlik dog’ini bir onda yo’qotib o’z o’rniga farzand quvonchini sig’dira oldi. Yana bu quvonch qiz bola ekanligi ikki karra shodlik edi. Sababi ular oilada 6 o’g’il bo’lganligi uchun doim qiz bola singillari bo’lishini orzu qilishardi. O’rtoqlari singillarining taraflarini olib yurishganda ularga havas bilan boqar edi. Mana endi uning ham qizi bor uzoq kutilgan farzand. U paytlarda ko‘chalarda transportlar hozirgiga qaraganda ancha siyrak qatnardi. Shunday bo’lishiqa qaramasdan farzandini ko’rish uchun tug’ruqxonaga kunda 4-5 marotaba borib kelar, qizini ko’rib ko’zi to’ymas edi.
Qiziga Shodiyona deb ism qo’ydi. Shunchalik mehri balandligidan qo’lidan qo’ymasdan katta qildi. Har bir qilig’i chiqqanda yuragi shodlikka to’ldi. Ayoli soliha, dindan xabari bor namozxon ayollardan edi. Uni mana shunday itoatli, iymonli bo’lganligi uchun ham yaxshi ko’rib uylandi. 6 yillik farzandsizlik davrida ham 1 daqiqa ko’ngli sovimadi. Shungami qizini ham juda yaxshi ko’rdi. Hamma gap-so’zlariga “mayli” dedi. Kam qilmaslik uchun o’zini o’qqa-cho’qqa urdi. Maktab yoshiga yetganda esa, uni ham o’zi singari qiynalmasligi uchun rusiyzabon sinfda o’qishi xohladi, ayoli qarshilik qilsa-da, uning ra’yiga qarshi borib
Kelajakda mendek oliyma’lumotli bo’lsa-da, ishga kirolmay qiynalmaydi, til o’rganadi, men ham, sen ham, musulmon bo’lsak, farzandimiz qayerga ham borar edi, - deya javob berdi.
Dastlab qizining Ruscha aytgan har bir so’zidan zavqlandi, g’ururlandi, farzandim hammadan aqlli ekanligi baxt deb o’yladi.
Shodiyona ham maktabda a’lo baholarga o’qidi, ota-onasiga gap eshittirmadi. Maktabni tamomlab oliygohning ham rus guruhiga o’z kuchi bilan o’qishga kirdi.
Ravshan har bir kuniga, farzandining yutuqlariga Allohga shukrona aytib yurdi. Mana shu bir nafar qizi uchun dunyodan masrur edi. Farzandi yagona ekanligidan o’kinmadi. O’z orzularini farzandi ushaltirayotganligidan mamnun edi. Qizining erishgan yutuqlari uni baxtli qila olar edi.
Qizining bo’yi yetib qolganligini ham sezmadi, faqatgina qizini so’rab keluvchilargina buni yodga soldi. Shunday kunlarda u qizidan yolg’iz quvonchidan ayrilib qolishidan mahzun bo’lsa, to’y quvonchidan mamnun bo’lar edi. Ayoliga, qizi bilan suhbatlashishi uqtirib , qizining javobini kutar edi. Ayoli qizi bilan gaplashgan bo’lsa ham , javobini aytishga shoshilmasdi, bundan ko’ngli biroz, xijil bo’lib o’zi chaqirib so’radi
Nima bo’ldi, qizing bilan gaplashdingmi?
Ha…
Nima deyapdi? Biror gap aytdimi, yigit bilan gaplashibdimi?
Dadasi, yana jaxlingiz chiqmasin, biroz…
Tezroq aytsangchi, men gaplashmayman-ku, qiz bola bo’lsa
Qizingizning ko’ngliga yoqmaganga o’xshaydi…
Yoqmasa , deganing nimasi yoki boshga birov bilan gaplasharkanmi? Deya oldi, ko’pirib kelgan jaxlini to’xtatish uchun indamay og’ziga kelgan so’zlarni vazminlik bilan ayta olmadi. Jim qoldi
Ayoli boshini egib,
O’zi bilan o’qiydigan yigitda ko’gli borga o’xshaydi, yana bilmadim, gaplashaman hali. Dadasi jaxlingiz chiqmasin. Ayolining bu qadar qo’rqqqnidan unda yana qanaqadir gap borligini ko’ngli sezdi, ammo ayta olmadi.
Oradan bir necha kunlar o’tdi ko’nglida g’ashlik tarqalmadi. Qizining quvnoq yuziga qarasa ham ko’ngli yorishmadi.
Ayoli ham har doimgiday mahzun, ibodatlarida nimalardir deya pichirlaydi. Bundan yuragi tars yorilgan ota oxir qizi bilan o’zi gaplashmoqi bo’ldi.
Qizining o’qishdan kelishi kutib turdi kelishi bilan gapni nimadan boshlashni bilmay avval o’qishini so’radi, keyin muaddaoga sekin o’ta qoldi.
Shodiyona, qizim, sen tug’ilganda shunchalik baxtli edimki, quvonganimdan oilamga shodlik olib keldi deya sening ismingni qo’ydim. Xudoga shukur, yuzimni shu kungacha yerga qaratmading, barcha orzularimizni ro’yobga chiqarding. Lekin har narsaning vaqti bor ekan, mana vaqti kelib seni ne ne orzular bilan uzatmoqchimiz, ayang ikkalamiz o’tkazgan qiyinchiliklarimizni to’y tashvishlari bilan alishmoqchimiz. Aslida, otaning qizi bilan bu masalada gaplashishi joiz emas, ammo sen mening butun borimsan shuning uchun o’zim gaplashib ko’rmoqchiman. Bizlar aytayotgan oilada ko’ngling yo’qdir, majbur qilmaymiz. Ammo o’zingga yoqqan kishiga ayangga aytsang baribir qachondir seni uzatamiz, qizim
Rahmat, dadajon.
Qizi uni bag’riga bosdi. Peshonasidan o’pb, sekingina yuzini silab qo’ydi. Va nogahon ko’zi qizining bo’ynidagi zanjirga tushdi, tushdi-yu seskanib ketdi. Xuddi ilon chaqqandek qotib qoldi, tili kalimaga kelmasdi. Tanasi muzladi, oradan qancha vaqt o’tdi bilmadi, ayolining ibodati tugagach aytadigan duosi quloqlari ostida jaranglagandek bo’ldi.
“ Xudoyim, nimayki gunohlarimiz bo’lsa meni jazola, allohim, o’zing buyuksan, iymon, insof ber. Ilohim to’g’ri yo’lga sol. Qalbiga iliqlik yugurtir”
Nega bunday qilishini tushunmasdi, doimgiday duo-da deb o’ylardi. Endi tushundi, shuncha oq yuvib, oq tarab o’stirgan yagona guli boshqa ariqdan suv ichgan, qalbidagi g’uborlarni boshqacha ketkazgan. Uning qizi “nasroniy”. Bu qanday azob, nega? Nima uchun? Miyasida shu savollar yugurdi. Qizining qyinchiliksiz hayot kechirishi uchun uni rus maktabda o’qitganligimi? Fikrini erkin bildirsin demokratiya ruhida o’sishini xohlagani uchunmi? Oilada rus muhit bo’lmasa ham shunday bo’la oladimi? Javobsiz savollar qurshovida, yig’lashini ham, alam ustida barchaga baqirishini ham bilmasdan jim qoldi. Qilgan xatolarini o’tgan hayotidan izlab toppish uchun ham sassiz jim qoldi.
U bilmas edi, maktab chog’ida ham, talaba bo’lganligida ham qizining yonida ota-onasi bo’sa ham, uning hamfikr do’stlari boshqa din vakillari, ular xudoni boshqacha tanishini, o’qigan asarlari ham Navoiy emasligi, “Hadis” emasligi, “ O’tkan kunlar” emasligi. U dunyoni Navoiy ko’zi bilan emas Pushkin, Tolstoy ko’zi bilan ko’rganligi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |