6 sinf Adabiyot (2009-yil nashri)



Download 444,5 Kb.
bet14/42
Sana31.12.2021
Hajmi444,5 Kb.
#269766
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
Bog'liq
2 5204010236733557737

NOSIRUDDIN RABG‘UZIY

1. Qaysi qatorda “…yigitlar arig‘i(poki), ulug’ otlig‘, qutlug‘ zotlig‘, ezgu xulqlig‘, islom yorig‘liq, mo‘g‘ul sanilig‘, musulmon dinlig‘, odamiylar inonchi, mo‘minlar quvonchi, himmati adiz (yuksak), aqli tengiz beg”, - deya ta’riflangan hukmdorga bag‘ishlab yozilgan asar nomi to‘g‘ri berilgan? Rabg‘uziy “Qissasi Rabg‘uziy”

2. Qaysi asarning muallifi bilan u asarni yozishni topshirgan hukmdorning ismlari bir xil, ya’ni adash? Qisasi Rabguziy

3. “...bu kitobni tuzgan, toat yo‘lida tizgan, ma’siyat(shariatga xilof tarzda ish tutish, gunoh) yobonin kezgan, oz ozuqlug‘, ko‘p yozuqlug‘…”. Qaysi kitobda muallif kamtarlik bilan o‘zi haqida shunday yozadi? “Qisasi Rabg‘uziy”

4. Adib XIII asrning 2-yarmi - XIV asr boshlarida Xorazmning Raboti O‘g‘uz degan joyida yashab ijod etgan. U Nosiruddin To‘qbo‘g‘aning topshirig‘i asosida asar yozgan. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida? Nosiruddin Rabg‘uziy

5. Qaysi javobdagi ma’lumot “Qisasi Rabg‘uziy” haqida? 1) Unda uch og‘a-ini sarguzashtlari o‘rin olgan. Sherni o‘ldirgan to‘ng‘ich bahodirning qahramon-ligi ham aks ettirilgan. 2) Unda to‘rtta asosiy qahramon: Kuntug‘di, Oyto‘ldi, O‘zg‘urmish va O‘gdulmishga ezgu tushuncha timsoli yanglig‘ qaralgan. 3) U Nosiruddin To‘qbo‘g‘aning topshirig‘i asosida yozilgan bo‘lib, unda asosan payg‘am-barlar hayoti hikoya qilingan. 4) Unda Eltarish xoqonning Tabg‘achda tarbiya-langan, keyinchalik turk xalqini yig‘ib “shad” unvonini olgan maslahatchisi va sarkardasining qahramonliklari aks etgan.

6. “Qisasi Rabg‘uziy” asarida kimga bag‘ishlangan she’riy madhiyada uning “ortug‘ yaroqlig’ siyrati”, “arslon mengizlik savlati”, “ko‘rklug sifatlig‘ surati”, “tuz so‘zlayur, so‘zni uqa” singari sifatlari keltiriladi? Nosiriddin Toqbogaga

7. U musulmon Sharqi xalqlari adabiyotlarida eng ko‘p tarqalgan lirik janr. U dastlab arab she’riyatida milodiy VI-VII asrlarda paydo bo‘lgan. XIII -XIV asrlarga kelib she’rning bu turi to‘la shakllangan va mukammal holga yetgan. U arabcha so‘z bo‘lib, “oshiqona so‘z”, “ayollarga xushomad” kabi ma’nolarni anglatadi. Turkiy adabiyotda uning ilk namunalari Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asari va Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sida uchraydi.

Ushbu parchada qaysi mumtoz janr haqida fikr yuritilgan? G‘azal

8. Nosiruddin Rabg‘uziyning asl ismini ayting. Nosiruddin

9. Rabg‘uziy qayerda tavallud topgan? Xorazmning Raboti O‘g‘uz degan joyida

10. “Qisasi Rabg‘uziy” qachon yozilgan? Hijriy 710, milodiy 1309–1310-yillarda

11. “Qisasi Rabg‘uziy” asari muqaddimasida adib otasi haqida qanday ma’lumot berib o‘tgan?

Otasi Burhoniddinning O‘g‘uz Rabotining qozisi bo‘lganligini aytib o‘tgan

12. XIII asr oxiri XIV asr boshlarida o‘zbek adabiyotining bir qator o‘ziga xos xususiyatlari juda yorqin namoyon bo‘lgan, o‘zbek nasrining eng qadimiy namunalaridan biri hisoblangan asar va uning muallifi qaysi qatorda berilgan? Rabguziyning “Qisasi Rabguziy” asari

13. Quyidagi qaysi asar turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan bo‘lib, u payg‘ambarlar haqidagi qissalardan iborat? “Qisasi Rabguziy” asari

14. “Qisasi Rabg‘uziy” asari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilgan qatorni toping.

1) Payg‘ambarlar haqidagi qissalar adibning olam va odam haqidagi qarashlarini badiiy jihatdan ifodalash uchun vosita bo‘lgan. Ularda adib olamning yaratilishi, tabiat va jamiyat hodisalari, insoniy munosabatlar borasida fikr yuritadi. 2) Qissalar asosini tarixiy voqealar tashkil etadi. Ular o‘z ildizlari bilan “Qur’on” va “Hadis”larga, tarixiy manbalarga, xalq og‘zaki ijodiga borib taqaladi. Ammo ular birinchi navbatda adib badiiy tafakkurining mevalaridir.

3) Mavzu doirasiga ko‘ra asar qissalari juda rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi bo‘lgan Ollohni ulug‘lash, payg‘ambarlar hayotiga doir lavhalarni keltirish, ota-ona va farzand munosabatlari, sevgi va sadoqat, vatan va vatanparvarlik, erk va adolat, do‘stlik va hamjihatlik, urush va tinchlik shular jumlasidandir. 4) Unda Eltarish xoqonning Tabg‘achda tarbiyalangan, keyinchalik turk xalqini yig‘ib “shad” unvonini olgan maslahatchisi va sarkardasining qahramonliklari aks etgan.

15. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da: «Uzumg‘a uch marta suv quymoqni manga bersangiz topib beray», – deb kim aytadi? Shayton

16. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi asar sujetiga asos bo‘lgan voqealar ko‘p jihatdan qaysi manbaga tayanadi? Qur’onga

17. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»dan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying. «Andin so‘ng, Nuh alayhissalom ikki marta suv berdilar, biri behishti zanjabildin erdi, andin ... paydo bo‘ldi. Biri salsabildin, andin ... paydo bo‘ldi».


Download 444,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish