Orazin yopqoch ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh.
87. «Layli va Majnun» qaysi vaznda yozilgan? Hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf
88. «Saddi Iskandariy» dostonining XXXIX bobida qaysi obraz Tangriga sig‘inib turib, (Jomosb kitobida yozilganiday) ikki lavhani shunday kuch bilan tepadiki, ularning ikkisi ham qulab tushadi va o‘zi tezda tashqariga qochadi? Iskandar
89. Alisher Navoiyning «Xamsa» asari necha baytdan iborat? Yigirma yetti ming baytdan
90. «Makorim ul-axloq» asarining muallifi kim? Xondamir
91. «Saddi Iskandariy» dostonida Mallu ibn Mabokning o‘g‘li kim? Feruz
92. «Sab’ai sayyor» dostoni necha bob, necha baytdan iborat? 38 bob, 5009 bayt
93. Ilhom so‘ziga berilgan to‘g‘ri izohlarni ayting. 1. Arab tilidan o‘zlashgan; 2. Kutilmagan yangilik, ko‘zni ochuvchi yangilik, kashf, kashfiyot ma’nolariga ega; 3. Ijodiy zavq holatini anglatadi; 4. Islomiy ilmlarda Xudoning bandalariga farishtalar tomonidan tushiriladigan, yuboriladigan o‘y, fikr, xayol, tushuncha ko‘rinishidagi yangilik, kashfiyot; 5) Xudo tomonidan bandaning ko‘ngliga solingan, Yaratganning amri bilan bandaning ko‘nglidan o‘tadigan narsa.
94. «Saddi Iskandariy» dostonida uchraydigan «raiyat» so‘zining ma’nosini ayting. Xalq, el
95. Iskandarning elchisiga tilsim qo‘rg‘on haqida kim gapirib bergan edi? Mallu
96. «Saddi Iskandariy» dostonining darslikdagi tabdilining muallifi kim? A. Hayimetov
97. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar Doro elchilari orqali berib yuborgan qaysi narsaga qushlarining ozuqasi sifatida qaraydi? Kunjutga
98. “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandar kayoniylar an’anasiga muvofiq taxtga o‘tirgach, kimlar unga bo‘ysunmaydi? 1) Kashmir shohi; 2) Hind royi; 3) Chin xoqoni.
99. «Farhod va Shirin» dostoni necha bob va necha baytdan iborat? 54 bob, 5782 bayt
100. Navoiy davrida qurilgan xonaqohni ayting. «Xalosiya»
101. «Makorim ul-axloq» asarida «Xusraviya» madrasasining qaysi shaharda qurilganligi aytiladi? Marv shahrida
102. «Hayrat ul-abror» dostoni qaysi vaznda yozilgan? Sariyi musaddasi matviyi makshuf
103. «Saddi Iskandariy» dostonining XXXIX bobida qaysi obrazning «olamga nur sochuvchi oydek qizi» bor edi? Malluning
104. «Makorim ul-axloq» asarida keltirilgan «Hikoyat»dan olingan quyidagi parcha kimning tilidan aytilgan? «Xudoga qasam ichib aytamanki, agar har bir bug‘doy doni o‘rniga bir donadan marvarid bo‘lganida edi, u kishidan ayamagan va ularning hammasini tortiq qilib, o‘z shahzodamning qalbiga mehr va muhabbat urug‘ini ekkan bo‘lardim». Alisher Navoiyning
105. “Saddi Iskandariy”ning XXXIX bobida keltirilgan Kashmir shahrining podshosi kim? Mallu
106. Navoiyning hayoti, faoliyati, ijodi hamda uning go‘zal fazilatlariga bag‘ishlangan asarni ayting. «Makorim ul-axloq»
107. «Makorim ul-axloq» asarini fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan sharqshunos kim?
Komiljon Rahimov
108. «Saddi Iskandariy» dostonining nechanchi bobida hozirgi «suzmoq» so‘zining kelib chiqishiga asos bo‘lgan dastlabki variant mavjud? XLI bobida
109. «Makorim ul-axloq» asarida Navoiyning qanday daraja va martabaga ega bo‘lganligi aytiladi? «Hazrat sultonning yaqin kishisi»
110. «Saddi Iskandariy» dostonida nechanchi boblar asarning xotima qismini tashkil etadi?
88–89-boblar
111. «Saddi Iskandariy»da kim Iskandarga alohida xislatga ega bo‘lgan oyna tuhfa qiladi?
Chin xoqoni
112. «Hayrat ul abror» dostoni necha bob va necha baytdan iborat? 63 bob, 3988 bayt
113. «Navoiy» videofilmida Navoiy rolini ijro etgan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistni kim edi? Saidkomil Umarov
114. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar Kashmir safaridan keyin qayerga safar qiladi?
Hindistonga
115. «Saddi Iskandariy» dostoni haqidagi noto‘g‘ri fikrni toping.
1) Dostonda Iskandarning harbiy yurishlari qisman aks etgan bo‘lsa-da, u jangnoma emas.
2) Asar tilida harbiy so‘z va atamalar, tushunchalar nisbatan kengroq o‘z aksini topgan.
3) Doston Faylaqusning Iskandarni topib olishi bilan boshlanadi.
4) «Xusraviya» so‘zining o‘zi abjad hisobida ushbu madrasaning qurilgan yilini bildiradi.
«Saddi Iskandariy» dostonining XXXIX bobida Kashmirdagi tilsim qo‘rg‘onidan nimalar o‘g‘irlab ketiladi? Yel bilan o‘t
117. «Saddi Iskandariy» dostonidagi asosiy qismning tuzilmasini ayting.
1) Iskandarning sarguzashti; 2) mavzuga oid mulohazalar; 3) ayni mavzudagi hikoyat;
4) xulosa: Iskandar va Arastu (yoki boshqa hakimlar) hikmatlari;
118. «Saddi Iskandariy» dostonida jang maydonida Iskandarga kim(lar)dan maxfiy xat keladi?
Doroning ikki sipohiysidan
119. «Saddi Iskandariy» dostonida Doroga kim(lar) suiqasd qilishadi? Doroning xos navkarlari
120. “Gadoyeki, bo‘lg‘ay biyuk himmati, Anga past erur shohlig‘ rif’ati”.
Ushbu parchalar “Xamsa”ning qaysi dostonidan olingan? “Saddi Iskandariy”
121. Navoiyning adolatli hukmdor, odil podsho haqidagi orzulari uning qaysi asarida aks etgan?
“Saddi Iskandariy”
122. Navoiy “Xamsa”sining eng katta dostoni qaysi? “Saddi Iskandariy”
123. “Saddi Iskandariy” dostonining qaysi bоbida Iskandarning Arastu bilan adоlat haqidagi savоl-javоbi o‘rin оlgan? Hikmat bobida
124. «Shahe kim anga adl bunyod o‘lur, Natija bukim, mulki obod o‘lur» misralari qaysi asardan olingan? “Saddi Iskandariy”
125. Tuxum shaklidagi ming oltin xiroj haqida qaysi dostonda ma’lumot berilgan?
“Saddi Iskandariy”
Do'stlaringiz bilan baham: |