Yigitlik erur qulluq etmak chog‘i, Qariliq erur chunki ketmak chog‘i. XL bobidan
39. “Makorim ul-axloq” asarida keltirilgan “Hikoyat”da qaysi tarixiy shaxsning tahorat olgan joyida yelkasiga ilashib kelgan chumolini namoz-dan keyin uyasiga eltib qo‘ygani hikoya qilinadi? Alisher Navoiyning
40. “Saddi Iskandariy” dostonining XXXIX bobida qaysi obraz shoh va uning yonidagi xaloyiqqa (tasalli berib) jo‘natgach, o‘zi turadigan va asbob anjomlarini qo‘yadigan boshpanasini chohning yaqiniga olib borib qo‘ndiradi? Aflotun
41. «Saddi Iskandariy» dostonining XXXIX bobida jodu natijasida Kashmirning «o‘lik jismdek nafasi»ni o‘chirgan kim edi? Mallu
42. «Saddi Iskandariy»ning XXXIX bobida qaysi obraz afsonada ko‘rsatilgan belgini topish uchun uch kun sinchkovlik bilan mo‘ljaldagi joylarni axtaradi va chohning boshini topadi? Aflotun
43. “Saddi Iskandariy”da “Hayotining har bir holatidan voqif bo‘lgan tajribali keksa nasiha-tining qadrini bilmagan, fursat o‘tgandan so‘ng esa behuda pushaymon bo‘lgan g‘ofil yigit haqida»gi hikoyatda quyidagi so‘zlar qaysi qahramon tilidan aytilgan? «Tajribam yo‘q edi, ey do‘stim! Suvda suzishni bilmaganim uchun g‘arq bo‘ldim. Qarigach, shunday kunlar boshimga tushajagini bilsam edim, yigitlik davrimni uvol qilib, behuda-ga o‘tkazmagan bo‘lar edim».
Yoshligi g‘ofillikda o‘tgan qariya tilidan
44. “Saddi Iskandariy” dostonida Faylaqus Doroga har yili qancha boj to‘lar edi?
Ming tilla tuxum
45. “Saddi Iskandariy”dan olingan quyidagi bayt kim tomonidan kimga va nima maqsadda aytilgan? Senikim bu mulk uzra shoh ayladim, Bu kishvarda kishvarpanoh ayladim.
Iskandar tomonidan Feruzga, adolatli bo‘lsin deb
46.“Makorim ul-axloq”da keltirilgan “Hikoyat”da hijriy 905-yili (milodiy 1500-yil) qaysi shahzodaning mamlakatning ayrim ehtiyojlari uchun Sabzavor qal’asiga ma’lum miqdorda g‘alla zaxira qilishga qaror qilganligi yoziladi? Muhammad Muhsin Mirzoning
47. «Panj ganj» («Besh xazina») dostonining muallifi kim? Nizomiy
48. «Saddi Iskandariy» dostonining nechanchi bobida «yoshlikning shunday go‘zal damlarida quyoshdek yostiqdan bosh ko‘tarib, ochiq chehrani ko‘rsatmoq va bu faslda binafshadek belni bukib, mehnat va toatga bo‘yin qo‘ymoq zarurligi haqida» gapiriladi? XL bobida
49. «Makorim ul-axloq» asaridan olingan quyidagi misra kim haqida ekanligini ayting.
«Ko‘ngil ahli uning chehrasida rahmat ma’nosini ko‘rmishlar». Forschadagi asli: Ahli dil dar suvratash ma’niyi rahmat didaand. Alisher Navoiy
50. «Saddi Iskandariy»da Iskandarni Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon behad maftun etadi va u bu yerda qaysi shaharlarni bunyod qiladi? Hirot va Samarqand shaharlarini
51. «Saddi Iskandariy» dostonida «Hayotining har bir holatidan voqif bo‘lgan tajribali keksa nasihatining qadrini bilmagan, fursat o‘tgandan so‘ng esa behuda pushaymon bo‘lgan g‘ofil yigit haqida»gi hikoyatda «xoh qish va xoh bahorda bo‘lsin, bir lahza umrini maysiz, musiqasiz» o‘tkazmaydigan yigitga maslahat bergan dili pok inson unga kim bo‘lar edi? Qo‘shnisi
52. «Saddi Iskandariy» dostoni necha bobdan iborat? 89 bobdan
53. Alisher Navoiy qaysi asarning tugatilishida: «Manga davlat ilgi rahnamun bo‘ldi», – deb ta’kidlaydi? «Xamsa»ning tugatilishida
54. «Saddi Iskandariy» dostonidan olingan quyidagi baytlar ikkilanib qolgan va xalq bilan maslahat qilgan qaysi qahramon tilidan aytilgan?
Bu ishga keraktur tavono kishi, Emas men kibi notavono ishi.
Erur tortmoq sher chekkonni mo‘r, Yukin pilning aylamak pashsha zo‘r.
Ne bor shahlik aylarga niyat manga, Ne aylay desam qobiliyat manga. Iskandar
55. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar Doro elchilari orqali berib yuborgan qaysi narsaga quyidagicha izoh beradi? «Olimlar yer yuzining go‘yo koptok singari yumaloq ekanini aniqlashgan. Demak, Doro menga yer yuzini in’om etibdi». To‘pga (koptok)
56. «Layli va Majnun» dostoni necha bob va necha baytdan iborat? 38 bob, 3623 bayt
57. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandarga kim ustozlik qiladi? Naqumohis
58. «Xamsa» dostonlarining afoyillarini ayting. 1) «Hayrat ul-abror»; 2) «Farhod va Shirin»; 3) «Layli va Majnun»; 4) «Sab’ai sayyor»; 5) «Saddi Iskandariy».
a) maf’uvlu mafoilun fauvlun; b) mafoiylun mafoiylun fauvlun; s) foilotun mafoilun failun;
d) fauvlun fauvlun fauvlun faal; e) muftailun muftailun foilun. 1-e, 2-b, 3-a, 4-s, 5-d
59. “Saddi Iskandariy”da Iskandarga bo‘ysunmagan qaysi obraz uzrxohliklar bilan xatosini bo‘yniga olib, Iskandarga saroydan joy berib, askarlarini shaharga joylashtirish mumkinligi haqida eslatganda Iskandar unga quyidagicha javob beradi? «Qo‘shin shahar ichiga sig‘mas. Ularni o‘rmonga joylashtirsa ham bo‘ladi, siqqanda ham shaharga joylashtirish ma’qul emas. Zero, ulardan xalqqa ziyon-zahmat yetishi mumkin...» Hind royi
60. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar jang paytida so‘l tomonidan kimlar bilan tasvirlangan? Harbiy rahbarlar bilan
61. «Saddi Iskandariy» qanday boshlanadi? Faylaqusning Iskandarni topib olishi bilan
62. “Saddi Iskandariy”da keltirilgan hikmatlarni qanday mavzu guruhlariga birlashtirish mumkin? 1) Vatan va vatanparvarlik haqidagi hikmatli so‘zlar; 2) Himmat haqidagi hikmatli so‘zlar; 3) Boshqalarning yaxshi yoki yomon munosabatiga kishining o‘zi sabab bo‘ladi, tarzidagi hikmatli so‘zlar; 4) Barcha inson bolalarining yaratilishiga ko‘ra bir xilligiga qara-masdan, ularning tabiati har xil bo‘lishi haqidagi hikmatli so‘zlar; 5) Insonni oqil va hushyor bo‘lishga da’vat etayotgan hikmatli so‘zlar; 6) Safar va sayohatlar haqidagi hikmatli so‘zlar.
63. «Saddi Iskandariy» dostonidan olingan quyidagi baytlar qaysi qahramon haqida?
Do'stlaringiz bilan baham: |