«...qoshi qora, zulfi bo‘yniga tushgan, kokili o‘ziga juda ham yarashgan, bodom qovoq, ko‘rganlar bo‘lur aftoda». Ravshanga
23. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi podshohning amaldorlari tomonidan aytilgan? «Bibi Hiloldan sohibqiron chiqadi ekan, o‘ldiramiz, kuydirib kulini elakdan o‘tkazamiz, undan keyin sohibi xurush yo‘q bo‘ladi, yurt bizlarga qoladi. Hamma yurtga shahanshoh bo‘lamiz». Shohdorxonning
24. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida go‘rda o‘lib yotgan Bibi Hilol farzand ko‘rmoqchi bo‘lganida kimlar madadga keladi? Momo Havo, Anbar ena, Fotma buvi
25. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Bibi Hilol arvohining dod deb yig‘lagan tovushini bilib» kim(lar) qabr oldiga keladi? Xizr alayhissalom
26. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li nimani qo‘liga olgach, «Shu mozordagi o‘liklarning barini keldim, gartkam» so‘zlarini aytadi? uch oshiqni
27. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li qaysi yurtni: «Katta taraf – dushmanimning mamlakati», – deya tilga oladi? Shirvonni
28. «Peshonamda bir qiz bor, buning ham qo‘lini qabartirib kir yuvdiraymi», – deb turgan Rayhon arab nega qizini Xoljuvonga qo‘shib yuborishga rozi bo‘ladi? Xoljuvonni o‘g‘irlatib, uyatga qolmayin deb
29. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining bobosining ismi kim edi? Odilxon
30. Go‘ro‘g‘lining g‘ayritabiiy tug‘ilishi nimaga ishora hisoblanadi? kelajakda favqulodda kuch-qudrat va aql-idrok egasi bo‘lib kamol topishiga
31. «Go‘ro‘g‘li» nomining talqinlari haqidagi to‘g‘ri fikrlarni ayting.
1) Uning «go‘r» – qabrda tug‘ilishi motivini asoslaydigan qarashlar ustuvorlik kasb etadi;
2) Uning «ko‘r otaning farzandi» ekanligiga urg‘u beradigan yo‘nalish ham mavjud;
3) Po‘lkan shoir variantida «Go‘ro‘g‘li» nomining talqinlari haqidagi ikkala qarashning ham ta’siri ochiq seziladi; 4) Nomning «go‘r» va «ko‘r»dan tashqari «kur» o‘zagi ham mavjud bo‘lib, bu narsa talqinda rang-baranglikni keltirib chiqaradi; 5) «Kur» o‘zagi alp, botir, mard kabi ma’nolarni ifodalaydi.
32. Go‘ro‘g‘li Zaydinoyni olib qochgach, uni kimga nikohlaydilar? Ahmadbekka
33. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada Zaydinoy kimga nopisandlik bilan javob beryapti?
G‘o‘non toyni o‘ynatasan, Sen ko‘nglimni qabartasan.
Yuraging kuysa, yo‘lovchi, Chashmaning boshiga tushib,
O‘zing suv ichib ketarsan. Go‘ro‘g‘liga
34. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidagi Xumoroyning laqabini toping. Zaydinoy
35. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li 7 yoshga yetganida kim uning tushiga kirib quyidagi so‘zlarni aytadi?
Sarg‘aygandir Hiloloyning siyog‘i, Sening otang Yovmit shahrining begi,
Bora solib keta bergin Yovmitga, Rozi bo‘lsin Hiloloyning arvohi,
Arvoh rozi, Xudo rozi, farzandim... Hazrat Xizr
36. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon sherni bir tarsaki urganda sher nimta-nimta bo‘lib tirqirab ketadi? Xizr alayhissalom
37. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Gajdumbekdan qolgan barcha hovli haram va mol-pullarga kim ega bo‘ladi? Rustambek
38. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Odilxon podsho: «Bu ham o‘zimning suyagimda», – deb qizini kimga nikohlab beradi? To‘liboyga
39. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» qahramoni Odilxon podshoning qizi kim edi? Bibi Oysha
40. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi misralarni kim kimga qarata aytgan?
Suluv qizlar burab qo‘yar sochini, Mard yigit g‘animdan olar o‘chini.
Do'stlaringiz bilan baham: |