«Devonu lug‘ot at-turk»
64. Nishotiy qalamiga mansub munozaralarni ayting.
«Boz va Bulbul», «Gul va Daf», «Binafsha va Chang»
65. «Devon»dagi qaysi to‘rtlikda ko‘z, mengiz (xol), yuz o‘ziga xos sifatlashlar – ulas, qara, qizil so‘zlari bilan ziynatlangan? «Bulnar meni ulas ko‘z»
66. «Devon»da keltirilishicha, turklarga chegara hisoblangan Qum shahri nomi qaysi tilga oid hisoblanadi? turk
67. Sodda, ixcham, lo‘ndaligi bilan e’tiborni tortadigan «Qut belgusi – bilig» maqolining to‘g‘ri izohini toping. «Bilim – baxt belgisi»
68. «Devon»dagi yetakchi mavzular qaysilar? 1) Vatan va yurt muhabbati; 2) xalq uchun jang qilgan bahodirlar bilan faxrlanish; 3) tabiat manzaralari go‘zalligi; 4) ilmsizlikdan qochish; 5) turli insoniy kechinmalar talqini; 6) mehnat shavqi. 1, 2, 3, 5, 6
69. «Devonu lug‘ot at-turk» («Turkiy tillar lug‘atlari») asari kimga bag‘ishlangan?
Muhammad al-Muqtadoga
70. Qoraxoniylar davlati qayerlarni o‘z ichiga olgan?
Markaziy Tiyonshon, Yettisuv, Chu va Talas vodiylarini
71. «Devonu lug‘ot at-turk» asaridagi tarixiy mavzuga bag‘ishlangan marsiyani ayting.
«Alp Er To‘nga»
72. «Alp Er To‘nga», «Qish bilan Bahor» asarlari qanday shaklda qofiyalangan? a-a-a-b
73. Qaysi ijodkor Alp Er To‘ngani tojiklar Afrosiyob deb atashlarini yozgan? Yusuf Xos Hojib
74. «Uma kelsa, qut kelar» maqolining izohini toping. «Mehmon kelsa, u bilan qut keladi».
75. «Devonu lug‘ot at-turk»dagi tarixiy mavzuga bag‘ishlangan rivoyatni toping. «Oltin qon»
76. Qachon qoraxoniylar Buxoro va Samarqand kabi poytaxt shaharlarni egallab oladilar?
992-yil
77. «Devonu lug‘ot at-turk» asari qachon yozila boshlangan? 1072-yilda
78. «Devon»ga kirgan adabiy shakllarning asosiy qismini nimalar tashkil qiladi? to‘rtliklar 79. Tabiatdagi jarayon inson hayotidagi jonli manzaralarga o‘xshatilib, unga qiyosiy holda aks ettirilgan “Yay qish bila qarishti” misrasining ma’nosini ayting.
“Bahor qish bilan qarshilashdi”
80. Koshg‘ariy Afrosiyobni qayerda turar edi, deb ko‘rsatadi? Qashqarda – O‘rdukent shahrida
81. Adabiyotning keyingi bosqichlarida qanday she’riy shakldagi marsiyalar uchraydi?
1) g‘azal; 2) qasida; 3) muxammas; 4) tuyuq; 5) qit’a; 6) tarkibband; 7) tarjiband; 8) musaddas.
1, 2, 3, 6, 7, 8
82. Barskon nomli daryo va dovon qayerda joylashgan? Issiqko‘l atrofida
83. Darslikda berilgan «Devonu lug‘ot at-turk» parchalari kimning nashridan olingan?
Q. Sodiqov
84. «Qish va Bahor» munozarasida qaysi tasvir vositasi asosiy o‘rin tutadi? jonlantirish
85. «Tavg‘ach xanning to‘rqusi telim, tenglamazib bichmas» qadimiy maqolinining to‘g‘ri izohini ayting. «Qoraxitoy xoqonining ipak gazmoli ko‘p, lekin o‘lchamay kesilmaydi».
86. Quyidagilar ichidan qaysi bir asar munozara janrining eng qadimgi namunasi sifatida alohida ahamiyatga ega?
1) “Qish va Bahor”; 2) “Binafsha va Chang”; 3) “Boz va Bulbul”; 4) “Bang va Chog‘ir”
87. Mahmudning qashqarlik ilk ustozlaridan birini toping. Husayn xalifa
88. Saj’ nima? qofiyali nasr
89. Asarda keng qo‘llangan murabba’ shakliga xos bo‘lgan qofiyadoshlikni toping. a-a-a-b
90. «Devon»dagi «Bulnar meni ulas ko‘z...» («Xumor ko‘zli meni asir qiladi...») to‘rtligida qaysi tasvir usuli ustunlik qiladi? sifatlash
91. Alp Er To‘nga haqidagi marsiyada keltirilgan, biroz eskirgan «ajun» so‘zi qanday ma’nolarda qo‘llangan? olam, dunyo
92. Quyidagilar ichidan noto‘g‘ri ma’lumotni toping.
1) Mumtoz adabiyotimizdagi marsiyalarning asosiy qismi aruz vaznida bitilgan.
2) Alp Er To‘nga marsiyasi barmoq vaznida bitilgan.
3) Alp Er To‘nga marsiyasining har bir misrasi yetti bo‘g‘indan tuzilgan.
4) Alp Er To‘nga marsiyasining har bir bandi yetti misradan iborat.
93. Qoraxoniylar davrida qaysi shaharlarda ilm-fan egalari, turli sohalarning yirik mutaxassislari, dono va fozil kishilar to‘plangan? Bolasog‘un, Sayram, Shosh, Taroz
94. Mahmudning bobosi qayerdan bo‘lgan? Barsg‘andan
95. «Devon»da keltirilgan «yir» so‘zi yana qanday shaklda ham talaffuz qilingan? ir
96. Mahmud Koshg‘ariy to‘rtlik shakliga tayanadigan she’riy janrlarni, asosan, qanday nomlagan? qo‘shug‘ yoki she’r
97. «Alp Er To‘nga» marsiyasida qaysi voqeadan keyin: «Zamon butunlay ozdi, Tuban, yomonlar ko‘paydi», – deyiladi? Afrosiyob vafotidan keyin
98. «Devon»da nomlari keltirilgan Alp Er To‘nganing farzandlarini ayting.
Barman, Barsg‘an, Qaz
99. Alp Er To‘nga haqidagi marsiyada keltirilgan, biroz eskirgan «o‘dlak» so‘zi qanday ma’nolarda qo‘llangan? vaqt, zamon taqdir
100. Alp Er To‘nga marsiyasining turoqlari qanday shaklda? 4+3 shaklida
101. Misralari nisbatan uzunroq bo‘lgan she’r turi nima deb atalgan? rajaz
102. «Devon»dagi nimalarda insonning qalb kechinmalari, nozik histuyg‘ulari ifodasi, tabiat va ona yurt manzaralari tasviri yetakchilik qiladi? lirik qo‘shiqlarda
103. «Devon»dagi to‘rtliklarga xos bo‘lmagan qofiyadoshlikni toping.
1) a-a-a-b; 2) a-b-a-b; 3) a-a-a-a; 4) a-a-b-a
104. «Devon»dagi qaysi to‘rtlikda she’rning ta’sir kuchini ta’minlayotgan unsurlardan biri qofiya bo‘lib, undagi qofiyadosh so‘zlar to‘liq jarangdorligi va ohangdoshligi bilan ajralib turadi? «Alp Er To‘nga o‘ldimu?..»
105. Yaqiniy qalamiga mansub munozarani ayting. «O‘q va Yoy»
106. «Devon»da Qazvin shahrini kim qurganligi aytiladi? Qaz
Do'stlaringiz bilan baham: |