Aslim so‘rsang, yaxshi odam nasliman! Ravshan
108. Podshohi haqiqiy kim(lar)? Olloh
109. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi podsho achchig‘i kelib, to‘p-to‘pxonasi bilan Mari yurtini tep-tekis qilib, Qovishtixon bekni to‘pga solib ottirib yuboradi? Odilxon
110. Urush tugagach, Shohdorxon: «E mehmonlar, mendan maqsad tila!» – deya kimga yasovul boshliq amalini beradi? Gajdumbekka
111. «Haq saqlasa, balo yo‘q, Haq qarg‘asa, davo yo‘q» maqoli kimlarning tilidan aytilgan? Shohdorxonning amaldorlari
112. Qaysi qahramonning darvozasining har chekkasida, o‘n yetti joyda qorovulxonasi borligi va shu xonalardan katta katta to‘plarni dalaga qaratib chiqarib qo‘yganligi tasvirlanadi?
Rayhon arab
113. Dostonda qaysi qahramonning maslahatga quloq solmay, o‘ylamay qaror qabul qilishi, uzoqni ko‘ra bilmasligi, ko‘plab insonlarning bevaqt o‘limiga, taqdirlarining o‘zgarib ketishiga sabab bo‘ladi? Shohdorxonning
114. Dostonda quyidagi she’r qaysi qahramon tomonidan kimga qarata aytilgan?
Ostingda o‘ynaydi chin tulpor oting, Rustamga o‘xshaydi shon-u shavkating.
Qayerda, mehmonsan, sening elating, Ajdaho nishonim, qaydin bo‘larsan?
Go‘ro‘g‘li tomonidan Rayhon arabga
115. Shohdorxon bilan bo‘lgan birinchi jang necha soat davom etadi? 9 soat
116. Ravshanbekni necha yoshida maktabga beradilar? 5 yoshda
117. Shohdorxonning lashkari qancha vaqtda Asqar tog‘iga yetib keladi? 3 oyda
118. «Meni Shohdorxonning odamlarining qo‘lida o‘ldirma, Har nima qilsang o‘zing qil», – deb Xudoga yolvorib, barcha payg‘ambarlar, o‘tgan azizlarni shafe keltirib, yig‘lagan qahramon kim? Bibi Hilol
119. Dostonda kimga qarashli otning bolasi G‘irot (G‘irko‘k)ning isini olib, egasiga savdo tusharini bilib, qoziqda tinmasdan aylanib yotgani aytiladi? Rayhon arabga
120. Go‘ro‘g‘li go‘rda tug‘ilganligi sabab, onasining jonsiz murdasi uni tarbiyalay olmas edi. Shu o‘rinda go‘dakni yo‘rgaklab olish uchun kimlar hozir bo‘ladilar? Xizr alayhissalom va chiltanlar
121. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Bibi Hilolning bo‘yida Ravshanbekdan necha oylik gumona qolgan edi? olti oylik
122. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida: «O‘zing tug‘may, ul bo‘lmas, sotib olmay, qul bo‘lmas ekan. O‘zingniki o‘zagiga tepsang ham, ketmaydi ekan, kishining bolasiga kishmish bersang ham, turmaydi ekan», – deya oh tortgan qahramon kim? Hamza
123. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimning jasadi atrofini Lot, Manot, tilla payg‘ambar, kumush chahoryorlar o‘rab olganligidan unga dushmanlari qo‘l tekkizmaydilar? Bibi Hilolning
124. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Xoljuvon Go‘ro‘g‘liga Zaydinoyni kimga omonat ekanligini aytadi? Ahmadbekka
125. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Rayhon arab qayerning podshosi edi, unga yana qaysi mamlakatlar qarar edi? Shirvonning, Iroq va Arabiston
126. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Odilxon podshoning farzandlarini toping.
Urayxon, Ahmadbek, Bibi Oysha
127. Ravshan kimning farzandi edi? To‘liboy sinchining
128. “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostonida kimga qarashli baytalning bolasi o‘lib, bolasining o‘lganiga ichi kuyib, kishnab yurganligi aytiladi? Rustambekka
129. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimlar baytalning orqasidan poylab go‘ristonga boradi va Go‘ro‘g‘lini arvoh deb o‘ylab kasal bo‘lib qoladi? o‘ttizga yaqin yilqichilar
130. Dostonda qaysi obrazning tengdoshlariga nisbatan sho‘xliklari, o‘zidan kattalarga ham tega-joqlik va zo‘ravonlik qilishi undagi alplik alomatlarining badiiy tasviri hisoblanadi? Go‘ro‘g‘lining
131. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon: «Rustam kelbatli, pahlavon, qo‘rqmas va jasur, o‘ziga ishongan podshoh. Uning mingan oti chin tulpor bo‘lib, uni quvib yetib bo‘lmas edi», – deya ta’riflanadi? Rayhon arab
132. Taka turkmanning begi kim? Jig‘alixon
133. Shohdorxon nega Taka-Yovmit madrasalaridagi katta-kichik mullavachchalarni ayaydi?
hammasi yosh bola bo‘lgani uchun
134. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida uchraydigan «mehtara» so‘zining ma’nosini toping.
suv solinadigan mesh, sanoch
135. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimning to‘qson turli chitdan bo‘lgan ko‘rpasi borligi aytiladi? Rayhon arabning
136. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon va Odilxon o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jang tufayli Go‘ro‘g‘lining ota-onasi qaysi elga borib qolib, musofirchilikda voyaga yetadi? Zargar 137. Xalq dostoni qahramoni – Alpomishning otini toping. Boychibor
138. Podshohi majoziy kim(lar)? podshohlar
139. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxonning hukamo, qurandoz – munajjimlarining ichida qaysi qurandozi unga tushi ta’birini aytib berishga jur’at qiladi? Yusuf
140. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Hamza sotgan qul kim edi? Ravshanbek
141. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonining she’riy qismi ko‘pincha necha misrali bandlar shaklida keladi? to‘rt
Do'stlaringiz bilan baham: |