Bag‘ring kuygandayin bo‘zlab yig‘laysan, Menga aytgin yig‘laganing vajini!
Hiloloy Ravshanga
41. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida urush tugagach, Shohdorxon necha oy yo‘l yurib, o‘z yurti Zargarga yetadi? 3 oy
42. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi podshoh manmanlik qilib, dushmanini nazariga ilmaganligi sabab yengiladi? Shohdorxon
43. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxonning lashkari Taka Yovmit Urganch yurtining Asqar degan tog‘iga yetib qo‘nganda qaysi kun edi? payshanba
44. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi qahramon tasvirlangan? «Gajdumbekning cho‘ldagi yilqisini boqib yuradigan yilqiboqar bolalarning oldida hamma vaqt: «Unday qilinglar, bunday qilinglar», – deb aytib xizmat buyurib yurar edi. «Men borib, xo‘jayinlarni ko‘rib, salom berib, yillik pullarni olib, kiyim-kechak qilib kelayin», – deb Zargar shahriga yetdi». Rustambek
45. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi»da Hamza qulni nechta tangaga sotmoqchi bo‘ladi? 1000 tanga
46. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Yovmit yurtining podshosi kim? Odilxon
47. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon Odilxon podsho ustiga qo‘shin tortganda o‘zining o‘rniga kimni qo‘yib ketadi? noibi Subyonni
48. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida urush vaqtida Odilxonning lashkariga kim boshchiligida ko‘p lashkar kelib qo‘shiladi? Nazar
49. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida uchraydigan «mushk» nima? qora tusli va xush isli suyuq modda
50. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi qahramonning iztiroblari tasvirlangan?
«Bu shaharda menda oshna yo‘q g‘ayridin, Ko‘p dard qo‘shding yana dardning ustiga...»
«Ajal yetib shu vaqtlarda o‘lmadim, Yovmit elning qadrini hech bilmadim». Ravshanning 51. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon qabristonda yurgan chaqaloqning o‘g‘il yoki qizligini bilish uchun uch oshiq va egarni bir tarafga, ikkita qo‘g‘irchoq va ro‘molni bir tarafga qo‘yib sinaydi? Rustambek
52. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi shahar xalqi haqida gap ketgan? «Gajdumbek bilan Ravshanbek qochib ketibdi. Ketsa-ku, mayliga-ya, Shohdorxonning ko‘nglini qora qilib ketibdi. Orqasidan bir ming amaldor quvib ketgan edi, hammasi cho‘lda otidan ayrilib, piyoda bo‘lib o‘libdi. Endigi maslahat Bibi Hilolni kuydirib, kulini elakdan o‘tkarib yubormoqchi bo‘lib yotibdi». Zargar
53. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida: «Endi davlatga ega bo‘ldim, xotin olmasam sira bo‘lmaydi», – deya Rustambek kimning singlisini oladi? Badgirning
54. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi qahramon portreti chizilgan? «Yarim belidan pasti uch botmon, yarim belidan yuqorisi ikki botmon. Shirin so‘zli, qizil yuzli, jodu ko‘zli, saraton yulduzli, la’l munchoqli, oyday suluv, oftobdan ortiq, oy desa og‘zi bor, kun desa ko‘zi bor». Zaydinoyning
55. Rayhon arabni izlab yo‘lga chiqqan Go‘ro‘g‘li qaysi buloqqa yetib boradi? Ko‘kbuloq 56. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida: «Kir yuvaman», – deb Zaydinoyni qirga olib chiqaman, shuni olib qochib ketsangiz, hamma or-nomusga barobar bo‘ladi, siz Gulshan chorbog‘da yotib turing», – deb Go‘ro‘g‘liga kim, nima uchun aytadi? Xoljuvon, Rayhon arab o‘zini olib qochgani uchun
57. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi ot yuz quloch Tajan daryosiga duch kelganda, «mening otim toy» deya xavotirga tushib, ko‘zlarini yumib olgan egasini narigi tomonga o‘tkazib qo‘yadi? G‘irot
58. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi so‘zlarni Xoljuvon qanday maqsadda aytadi?
Yangi olamday qilganman o‘zimni, Yo‘lingga to‘rt qildim shahlo ko‘zimni.
Do'stlaringiz bilan baham: |