Istanbul atrofidagi bir tuman va soy nomi
54. «Choliqushi» romanidagi voqealar kimning tilidan bayon qilinadi? Faridaning
55. «Choliqushi» romani haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni ayting.
1) roman faqatgina Farida bilan Komron orasidagi ishq-muhabbat bayonidangina iborat emas, balki oddiy xalqning turmush tarzi, boshidan kechirgan mashaqqatlari, insonlararo murakkab munosabatlarini haqqoniy yoritishi jihatidan ham muhim sanaladi.
2) romanning bosh qahramoni - Faridaning maktabdagi o‘qish yillari va shu muhitda turli sarguzashtlarni boshidan kechirgani, ba’zan turli qiziqchilik uchun atay hazillar boshlashlari - bularning barcha-barchasi roman sahifalari miqdori ko‘paygan sari o‘quvchining, ushbu shaddod qahramon to‘g‘risidagi tasavvurini to‘ldirib, yaxlitlashtira boradi.
3) romanni o‘qish jarayonida Faridaning samimiyati, ochiq ko‘ngilliligi, shijoati, to‘g‘riligi, sadoqat va boshqa fazilatlari namoyon bo‘ladi.
56. «Choliqushi» romanida yozuvchi Faridaning necha yoshlik paytidagi ajib bir ziddiyatni, ya’ni sho‘xlik-o‘jarliklari qolmaganini, ammo go‘zalla-shib borayotganini: «Fe’li bo‘ri bolasiga o‘xshasa-yu, yuzi rassom chizganday chiroyli bo‘lsa!» - degan bir kimsaning ta’biri bilan ta’kidlaydi? O‘n besh yoshlik
57. «Choliqushi» romanida Farida Komronning daraxt tagida xavotirli yurishini qaysi ertak qahramoniga qiyoslaydi? «Qarg‘a bilan tulki» ertagidagi tulkiga
58. «Choliqushi» romanida maktab ochilgan haftaning yakshanbasida murabbiylar o‘quvchilarni qayerga olib chiqishar edi? Qyag‘itxonaga
59. «Choliqushi» romanida Farida kimga aytib bergan voqealarini: «...dugonalarimni bo‘ri ertagidagi singari qanday aldaganim hikoyasidan iborat edi», - deydi? Mujgonga
60. «Choliqushi» romanida Farida kim bilan gap talashganini: «Musyo Segenning butun kecha bo‘ri bilan olishib, saharga yaqin o‘zidan ketib qolgan echkisi (fransuz bolalar ertagi) singari holdan ketgan edim», - deya ta’riflaydi? Mujgon bilan
61. «Choliqushi» romanida Faridaning otasining ismi kim edi? Nizomiddin
62. «Choliqushi» romanida: «Daraxtlar mening koinotim», - deb kim aytadi? Farida
63. «Choliqushi» romanida Narimonning ikkinchi erining kasbi nima edi? Injener
64. «Choliqushi»da Farida kimni: «... xunuk qiz. Lekin men bunga parvo qilmayman. Oramizda uch yosh farq bo‘lishiga qaramay, men uni yoshligimdan beri katta opam o‘rnida ko‘rib, o‘rganib qolganman», - deydi? Mujgonni
65. «Choliqushi» romanida Faridaning otasining kasbi nima edi? Suvori mayori
66. «Choliqushi» romanida Farida qaysi dugonasi bilan sirlashadi, kerak bo‘lsa, uning ko‘zi oldida sevishganlar rolini ham ijro qiladi? Mishel
67. «Choliqushi» romanida Faridaning tinib-tinchimas ekanligini ko‘rib kim: «Bu odam bolasi emas, choliqushi», - deb aytadi? Muallima
68. «Choliqushi» romanining boshlanish qismida ta’riflangan, eri bir yil oldin vafot etgan, yigirma besh yoshlardagi tul xotin kim? Narimon
69. «Choliqushi» romanining boshlanmasida Narimon nima uchun qora kiyib yurar edi?
Eri o‘lgani uchun
70. «Choliqushi» romanida Farida kimni: «Menga qilgan muomalalari it mushukni erkalaganiga o‘xshardi», - deydi? Narimonni
71. «Choliqushi» romanida oyog‘i yaralangan, hammadan orqada qolib kelayotgan Faridaga kim yordam beradi? Mishel
72. Rashod Nuri Guntekin qachon va qayerda tug‘ilgan? 1889-yil Istanbulda
73. Qachon Rashod Nuri Guntekinning bir qancha hikoyalari bosilib chiqadi?
XX asrning 20-yillarida
74. Rashod Nuri Guntekin Istanbul universiteti-ning turk tili va adabiyoti bo‘limini qachon tamomlagan? 1912-yil
75. Rashod Nuri Guntekinning dastlabki romani qachon yozilgan? 1921-yil
76. «Choliqushi» romani qachon yozilgan? 1922-yil