RAUF PARFI
1. Rauf Parfining to‘liq ismi? Tursunali Parfiyev
2. Rauf Parfi Karlo Kaladzening qaysi asarini tarjima qilgan? «Dengiz xayoli»
3. Rauf Parfi Nozim Hikmatning qaysi asarini tarjima qilgan? «Inson manzaralari»
4. Rauf Parfi Bayronning qaysi asarini tarjima qilgan? «Manfred»
5. Rauf Parfi A. Tvardovskiyning qaysi asarini tarjima qilgan? «Zaytun novdasi»
6. Rauf Parfining birinchi she’rlar to‘plamining nomi qaysi javobda berilgan? «Karvon yo‘li»
7. Rauf Parfi qalamiga mansub she’riy to‘plamlarni ayting.
«Aks-sado», «Tasvir», «Xotirot», «Ko‘zlar», «Qaytish», «Sabr daraxti», «Sukunat», «Tavba», «Karvon yo‘li», «So‘nggi vido». «Sakina».
8. Rauf Parfining birinchi she’rlar to‘plami qachon nashrdan chiqqan? 1968-yil
9. Qaysi ijodkor she’rlari yuksak badiiyati bilan ajralib turadi. Shuningdek, shoir ijodida inson erki, Vatan ozodligi, Turkiston yodi, muhabbat tuyg‘usi kabi adabiy mavzular yetakchilik qiladi. Shoir o‘z quvonchlari, dard-u alami ifodasida, ko‘pincha, tabiat unsurlariga murojaat qiladi?
Rauf Parfi
10. Rauf Parfining «Yoz kechasi» she’rida yomg‘irning issiq tuproq ustiga tushishi nimaga o‘xshatilgan? Marjonga
11. Rauf Parfining «Yoz kechasi» she’rida qaysi meva oltinga o‘xshatiladi? Shaftoli
12. Rauf Parfi qaysi she’rida: “Shahlo ko‘zli mening targ‘ilim” misrasini keltiradi?
“Yana qaytib keldim”
13. «Ajoyib diyorsan, qalbim, na chora Shodlik va hasratning maskani sanda» misralari Rauf Parfining qaysi she’ridan olingan? “Yurak”
14. «Yomg‘ir yog‘ar» she’rida «Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar» misrasi misoli yomg‘irning yog‘ish tovushini eshitishga, yomg‘irning yerga tushish harakatini tasavvur etishga yordam beradi degan maqsadda shoir ushbu misrani she’rda necha marta takrorlaydi? Olti marta
15. Quyoshning zambarak bo‘lib, “o‘qlar” (nurlar) otishi, o‘sha o‘qlardan Yerning yaralanishi va bu yaralanish tufayli o‘lim emas, balki boshida “yashil chambarak”, ya’ni hayot paydo bo‘lishi juda ham o‘ziga xos, ta’sirchan ifodalanganligi qaysi shoir ijodida kuzatiladi?
Rauf Parfi
16. Quyoshning zambarak bo‘lib, “o‘qlar” (nurlar) otishi, o‘sha o‘qlardan Yerning yaralanishi va bu yaralanish tufayli o‘lim emas, balki boshida “yashil chambarak”, ya’ni hayot paydo bo‘lishi juda ham o‘ziga xos, ta’sirchan ifodalanganligi quyidagi qaysi she’rda berilgan?
«Tong otmoqda»
17. Rauf Parfining qaysi she’rida shoirning umidlari, yorqin tuyg‘ulari o‘z ifodasini topgan?
«Tong otmoqda»
18. Rauf Parfi she’rlarida so‘z, misra, tovushlar takroridan maydonga keladigan hamda o‘zaro qarshilantirishdan paydo bo‘lgan qanday badiiy san’atlardan unumli foydalangan?
Takrir, tavze’, tazod
“Eng muhimi, she’rning oxirgi bandidagi ta’kid. Yomg‘irdan keyin yerdan tuproq hidi keladi. Shoir ko‘ngil ko‘zi bilan ranglarni ko‘radi, hidlarni sezadi. Chunki bularning barcha-barchasini shoir o‘z yuragidan o‘tkazadi. Shu bois tabiatda kechayotgan bunday dinamik voqelik shoir tuyg‘ulariga, yuragiga qo‘shilib ketadi”. Yuqoridagi fikrlar Rauf Parfining qaysi she’ri haqida bildirilgan? «Yoz kechasi»
20. Har kuni saharda uyg‘ongan odam musaffo tong bilan qarshilashishi va tong pokizaligining odamlar yuragiga ko‘chishi kabi zohiriy ma’nolar-ni Rauf Parfining qaysi she’ridan anglashimiz mumkin? «Tong otmoqda»
21. Rauf Parfining «Yoz kechasi» she’ri bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotlarni ayting.
1) she’rda shoir dalalarni insondek uxlatgani holda, unga zid o‘laroq, oqar suvlarning hamisha uyg‘oqligini tasvirlaydi; 2) she’rda suv ariqlar bo‘ylab polizga shoshib ketayotgandek tasvirlanadi; 3) she’rning “Chigirtkalar chirillar chunon” misrasidagi “ch” tovushining nazokati mitti hasharotlar kuylayotgan kuy nafosatiga qo‘shiladi
22. Rauf Parfi qachon she’riyat maydoniga kirib kelgan? XX asrning 60-yillarida
23. Rauf Parfining qaysi she’rida go‘yo quyoshdan tinimsiz o‘qlar yog‘iladi?
Aslida, bu o‘xshatish bejiz emas. Fizik qonuniyatlarga ko‘ra, nurning zarralar ko‘rinishida tarqalishi ham mavjud voqelikdir. Yer shari shoir tasavvurida o‘sha zarralar oqimi – o‘qlardan yaralangandek ko‘rgan. “Tong otmoqda”
Do'stlaringiz bilan baham: |