MUSTAQILLIK DAVRI DRAMATURGIYASI
1. «Padarkush» dramasi muallifi kim? Mahmudxo‘ja Behbudiy
2. «Abulfayzxon» tragediyasi muallifi kim? Abdurauf Fitrat
3. «Sohibqiron» dramasi kimning ijodidan? Abdulla Oripov
4. «Tanho qayiq» dramasi muallifi qaysi javobda berilgan? Erkin A’zam
5. Dramatik tur janrlaridan biri bo‘lgan qaysi janrda muallif o‘z g‘oyasini xarakter, kulgi va shunga mos tanlangan voqelikning sahnadagi badiiy talqini vositasida ifodalaydi? komediyada
6. Dramatik tur janrlaridan qaysi birida qahramonlararo, mavjud ijtimoiy-ma’naviy muhitlararo haddan tashqari kuchli ziddiyatlar oqibati bo‘lgan fojia ko‘rsatiladi; bu ayanchli vaziyat tufayli o‘quvchi yoki tomoshabin qalbida achinish tuyg‘usi paydo bo‘ladi? tragediyada
7. O‘zbek dramaturgiyasi tarixida o‘zida tragediya va komediya janriga xos xususiyatlarni jamlagan «Temir xotin» tragikomediyasi ham mavjud. Uni ko‘rgan yoki o‘qigan odam asarda qatnashayotgan obrazlar holidan ba’zan beixtiyor kuladi va ayni damda og‘ir mehnat ostida ezilgan insonning fojiaviy holatidan qayg‘uga botadi, chuqur o‘yga toladi. Ushbu tragikomediya muallifi qaysi javobda berilgan? Sharof Boshbekov
8. «Tanho qayiq» dramasining birinchi qismida ta’riflangan «tom ustidagi qayiq»dan tushib kelgan, «soch-soqoli o'siq, yoshini bilib bo'lmaydigan bir qariya» kim edi? Orol bobo
9. «Tanho qayiq» dramasida Orol bobo qizg'ish qayiqni kimning tomiga qo'yishni aytadi? Najim muallimning
10. «Tanho qayiq» dramasida Orol boboning o'g'li kim? Qalimbet
11. «Tanho qayiq» dramasida Orol bobo o'g'liga qaysi nevarasini ko'rmaganligini aytadi? Kenjabekni
12. «Tanho qayiq» dramasida deputat bo'lmoqchi bo'lib yurgan obraz qaysi? Gulxadicha
13. «Tanho qayiq» dramasida O'tagan maxsum Ametni qanday ishga yuboradi? salat kesishga
14. «Tanho qayiq» dramasida Orol boboning nutqidan olingan quyidagi fikrlarni davom qildiring. «Beayb - parvardigor, mening ham bir gunohim bor bu dunyoda. Nimaligini aytaymi?..» «Seni, sendaylarni dunyoga keltirganim!..»
15. «Tanho qayiq» dramasida: «Bilasan-ku, kitobni ko'p o'qigan u. O'ziyam kallali. O'tagan maxsumning bolasi-da, mullazoda!» - deyilganda kim nazarda tutilgan? Amet
16. «Tanho qayiq» dramasida: «Men sizni bugun bildim, Orol bobo! O'zimni ham endi taniyapman. Sarkashroq bolangizning qiliqlaridan o'tarsiz, bobojon...» - deb kim aytadi? Genjamurod
17. «Tanho qayiq» dramasidagi Orol bobo aytib bergan rivoyatda qaysi obraz: «...men jannatdan ham ulug'rog'ini ko‘zlaganman-da... Ular-ku jannat ilinjida ketibdi», - deya javob beradi? Pir
18. «Tanho qayiq» dramasida Genjamurodning «to‘rt tumanga nomi ketgan» jinni amakisining ismini ayting. Japaq
19. «Tanho qayiq» dramasidagi rivoyatda pir yonida qolgan murididan nega boshqa muridlari tashlab ketganini so'raganida, u qanday javob beradi?
«Ular sizning ta’limingiz bilan Mangu kitobni o'qiydigan maqomga yetdi... U kitob sizni do'zaxiy deb yozgan ekan, ustoz...»
«Tanho qayiq» dramasida Jumaboy Orolni «suvga to‘lganini» ko'rib, Ametga kimni «Yuragi yorilib o'lib qoldi... Kozlariga ishonmagan-da!» - deb aytadi? Orolboboni
«Tanho qayiq» dramasida Orol boboni: «Miyasi aynib qopti bu cholning», - deb kim aytadi? Qalimbet
«Tanho qayiq» dramasida: «Bizlarni unutsang unut, Orolni esingdan chiqarma, Orolimizni!..» - deb Ametga kim aytadi? Orol bobo
«Tanho qayiq» dramasidan olingan quyidagi so'zlarni kim kimga qarata aytadi?
«Sizga qolsa, butun dunyo Oroldan iborat bo‘lsin-da, a? O‘-o‘rtasida bitta qayiq - yakka, tanho qayiq, unda - siz...» Qalimbet otasiga
«Tanho qayiq» dramasida kim Orol tomonga shishalarni joylashtirish fikriga: «Umuman, shu masxarabozchilik kimga kerak o'zi? Sho'rlik cholni aldab, laqillatganday bo'lib...» - deya qarshi chiqadi? Genjamurod
«Tanho qayiq» dramasidan olingan quyidagi fikrlar kimga tegishli?
«Sidirg'asiga shisha to'shab chiqish shart emas; oshna, tushunsang- chi. Har-har joyga tashlab ketilsa kifoya, ko'zni qamashtirib, suvday yaltirab yotaveradi, keyin, chor tarafni shishaga to'ldirasan deyayotganim yo‘q-ku, axir. Faqat Orol tomoni bo'lsa bas...» Ametga
«Tanho qayiq» dramasida O'tagan maxsum kimning o'g'li edi? Gulboyning
«Tanho qayiq» dramasida Orol dengizi haqida bildirilgan quyidagi fikrlar muallifi kim?
«Ha, to'lmaydi! To'ldirolmaysan uni! Hech hiring! Olim-u ulamong ham, boshqang ham! Chunki baring foydani ko'zlaysan! Orol g'irrom emas, senlar g'irrom, ha! Xudo senlarga insof bergan kuni u o'z-o'zidan suvga to'ladi! Xudoyim to'ldiradi uni, bilib qo'y! O'sha kunni ko'rib o'lsam armonim qolmasdi...» Orol bobo
«Tanho qayiq» dramasida Orol bobo: «Ota-bobosining ovulini tashlab salqin tomonlarga qochgan bachchag‘ar», - deya kimni tilga oladi? To'qliboy polvonni
«Tanho qayiq» dramasida Orol boboning shogirdlari kimlar edi? Jumaboy, Tilovbergan, Genjamurod
«Tanho qayiq» asarining qatnashchilarini ayting. Orol bobo, Amet, Jumaboy, Tilovbergan, Genjamurod, O'tagan maxsum, Qalimbet, Gulxadicha, Rohat Sobirovna
«Tanho qayiq» dramasida tom boshidagi «xiyla haybatdor, hashamatli» qayiqning ikki uchida qanday bezaklari bor edi? baliqsimon bezaklari
«Tanho qayiq» dramasida Tilovbergan tayyor bo'lgan qayiqning qorasini kimning tomiga qo'yishni taklif qiladi, biroq Orol bobo: «Hah, mug'ombir! Otaginangning oshnasi edi-da u, shundaymi?» - deya ruxsat bermaydi? To‘qliboy polvonning
«Tanho qayiq» dramasida Orol boboning qizi kim? Gulxadicha
«Tanho qayiq» dramasida Orol boboga O'tagan maxsum o'g'lini qayerga yubormoqchi ekanini aytadi? Leningradga
35. «Tanho qayiq» dramasida Orol boboga kim: «Boyo'g'lining makoni deng! Bosh boyo'g'li- o‘zlari...» - deya kinoya qiladi? O'tagan maxsum
36. «Tanho qayiq» dramasidan olingan quyidagi parcha qaysi qahramon tilidan aytilgan?
«Qochdim, qochib keldim! Ko'rdilaring, «mazangiz yo'q, mazangiz yo‘q» deya nima balodir qilib uyiga olib ketdi-yu, qamab qo'yganday ahvolga soldi-ya meni! Anovi do'xtir dugonasi kunda ikki mahal ukol qilib ketadi, uxlaganim uxlagan, ko'zlarimni ocholmayman! Deputatligiga kerakmish-da kasofatning...» Orol bobo
«Tanho qayiq» dramasida qoraqalpoqlaming qaysi mashhur taronasi tilga olingan? «Dembermas»
«Tanho qayiq» dramasida Orol boboning qaysi shogirdiga mehri bo'lakcha edi? Ametga
«Tanho qayiq» dramasi qahramoni Qalimbetning farzandlarining ismlari to'g'ri berilgan javobni ayting. Kamol, Gulzira, Kenjabek
«Tanho qayiq» dramasida Jang'il momoning choli qanday qilib o'lgan edi?
Orolga cho'kib ketgan edi.
«Tanho qayiq» dramasiga quyidagi qaysi jumla ilova qilingan?
«Orol bobodan dramatik rivoyat»
Quyidagi qaysi asarni o'qigan yoki sahnada ko'rgan odam asarda qatnashayotgan obrazlar holidan ba’zan beixtiyor kuladi va ayni damda og'ir mehnat ostida ezilgan insonning fojiaviy holatidan qayg'uga botadi, chuqur o'yga toladi? «Temir xotin»
«Tanho qayiq» dramasida Orol boboning o'n to'qqiz yoshli shogirdi kim edi? Jumaboy
«Tanho qayiq» dramasida kimlar bizneslarini o'ylab, yaqin insonlarining deputat bo'lishlaridan manfaat kutadilar? Gulxadichaning eri va og'asi Qalimbet
«Tanho qayiq» dramasida Orol bobo kimni: «Yil sayin hajga qatnaydi. Nima, avliyo bo'lib qoptimi u? O'sha-o'sha, kelib tag'in gunohga botgani botgan... haj ziyoratining shartlari, qonun-qoidalari bor. U yerga obdon hozirlik ko'rib, riyozat-u mashaqqatlar chekib boriladi!..» - deb aytadi? O'tagan maxsumni
«Tanho qayiq» dramasidagi Orol bobo aytib bergan rivoyatda dastlab pirning nechta muridi bor edi? 40 ta
«Tanho qayiq» dramasida Orol boboni qanday qilib shaharga olib ketishadi?
Ukol yordamida uxlatib olib ketishadi.
«Tanho qayiq» dramasida kim Orol boboga uy olib bermoqchi bo'ladi? Qalimbet
«Tanho qayiq» dramasidan olingan quyidagi parcha qaysi qahramon tilidan aytilgan?
«Bi-ir hajga borib kelsangiz-chi, a? Hamma bizni izza qilyapti-ku: shundoq puldor-u badavlat o'g'illari, qizlari bo'laturib, otalarini hajga jo'natmayapti, deb...» Qalimbet
«Tanho qayiq» dramasida aytib bergan rivoyatidagi pirni tashlab ketgan muridlarga Orol bobo o'zining qaysi shogirdini qiyoslaydi? Ametni
«Tanho qayiq» dramasida: «Bilamiz, bilamiz, cholning senga mehri bo'lakcha, shogirdlarining zo‘risan», - deb kim aytadi? Jumaboy
«Tanho qayiq» dramasidan olingan quyidagi parcha kimning vasiyati hisoblanadi?
«Mabodo bir kun ajalim yetib, suv kelganini ko'rmay ketar bo'lsam, aytib qo'yay, jasadimni qayiqqa solib, Orolga eltib tashlaysan! Mayli, baliqlarga yem bo'lay! Mayli...»
Orol boboning
«Tanho qayiq» dramasida «...qo'lida yaltiroq qutisi, yasan-tusanda Gulxadichadan qolishmaydigan oq xalatli juvon» kim edi? Rohat Sobirovna
«Tanho qayiq» dramasidagi Orol bobo aytib bergan rivoyatda pir yonida qolgan murididan nega ketmaganini so'raganida, u qanday javob beradi?
«Chunki o'sha kitobni o'qishni sizdan o'rganganman-da, pirim...»
O'zbek dramaturgiyasi tarixidagi o'zida har ikki adabiy janr (komediya va fojia)ga xos xususiyatlarni jamlagan tragikomediya muallifi kim? Sharof Boshbekov
«Tanho qayiq» dramasida Ametning otasi kim? O'tagan maxsum
«Tanho qayiq» dramasida Orol bobo yoshngida ko'ngil qo'ygan qiz kim edi? Oykumush
«Tanho qayiq» dramasida har gapiga ruschani aralashtirib gapiradigan obraz qaysi?
Rohat Sobirovna
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam qachon tug'ilgan? 1950-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |