MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK SHE’RIYATI
1. Qaysi shoir o‘z she’rlaridan birida atom bombasini jahannam elchisi degan tasviriy ifoda bilan qalamga olgan? Jamol Kamol
2. Qaysi she’rda atom bombasi jahannam elchisi degan tasviriy ifoda bilan qalamga olingan?
“Asr bilan vidolashuv”
3. “Grafika” she’ri muallifi qaysi shoir? Usmon Azim
4. “Asr bilan vidolashuv” she’ri muallifi kim? Jamol Kamol
5. “Mustaqil vatanni baxt nuri chaysin” she’ri qaysi ijodkor qalamiga mansub? Oydin Hojiyeva
6. Bu dunyoga bir qo‘shiq, Berib ketgin, shoirim – Marhumlar uyg‘onsinlar,
Uxlolmasin tiriklar. Ushbu misralar qaysi shoir qalamiga mansub? Usmon Azim
7. “Momo yer” she’ri muallifi qaysi shoir? Mahmud Toir
8. “Men ko‘ksingga boshimni qo‘ydim” she’ri qaysi shoir qalamiga mansub? Xurshid Davron
9. “O‘zbek” she’ri qaysi ijodkor qalamiga mansub? Iqbol Mirzo
10. Quyidagi she’rlarning qaysilarida qadimgi bitiktoshlar tilga olinadi?
“O‘zbek”, “Men ko‘ksingga boshimni qo‘ydim”
11. Ollohdan yetishdi bo‘yla imdodim, Asrim, tutib berding yelkangni sen ham,
Sen ham saxovating aylading zuhur, Mustaqillik uchun senga tashakkur!..
Ushbu misralar kimning qalamiga mansub? Jamol Kamol
12. Dil qo‘zg‘alsa, elni to‘xtatib bo‘lmas, Sel qo‘zg‘alsa, gilni to‘xtatib bo‘lmas,
Zanjir uzgan qulni to‘xtatib bo‘lmas, Tig‘ bo‘ldi har bitta mo‘ylaring, o‘zbek.
Ushbu misralar qaysi shoir ijodidan? Iqbol Mirzo
13. Qaysi shoir bir she’rida:
«Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun
Sevgan farzand bo‘lsa, kechirma aslo!» - deya xitob qiladi? Abdulla Oripov
14. “Sumbula – to‘kinlik, to‘ylar mavsumi, Bir qo‘zg‘alib olar bog‘bonning xumi.
Asli, bir satrdir she’rim mazmuni: To‘ylarga ulansin to‘ylaring, o‘zbek!”
Ushbu misralar qaysi shoir qalamiga mansub? Iqbol Mirzo
15. Qaysi shoir dunyodagi eng katta shaharlar bo‘lmish Parij, London, Rim shaharlarini “katta qishloq ekan” deya qalamga olgan? Iqbol Mirzo, “O‘zbek”
16. Naqshlaring qutuldilar kishan-bandlardan, Xatlar oldim yuragimga … lardan,
… bilan tengdosh kuy, ohanglardan. She’rlarimga ranglar oldim … lardan,
Gohi moviy, gohi zangor dostonim, Vatan. Sirojiddidin Sayyidning “Vatan” she’ridan olingan yuqoridagi misralarda nuqtalar o‘rniga qo‘yilishi lozim bo‘lgan nomlar qaysi javobda berilgan?
Naqshband, Afrosiyob, Samarqand
17. Quyidagi she’rlarning qaysi birida Muhammad (s.a.v) nomi tilga olingan?
“Momo yer” she’rida
18. Ro‘zg‘orni g‘orga qiyoslagan shoir va uning she’ri berilgan javobni belgilang.
Oydin Hojiyeva, “Mustaqil vatanni baxt nuri chaysin”
19. Qaysi shoir o‘z she’rlarining birida dunyoni “ko‘hna bir bog‘” deb tilga oladi?
Sirojiddin Sayyid, “Vatan” she’rida
20. “O‘zbek” she’rida: “Bizning qayg‘umiz yo‘q boladan boshqa …” - degan hikmatni qaysi tarixiy shaxsning toshga yozdirgani ta’kidlanadi? Alp Teginning
21. “O‘zbek” she’ridan olingan quyidagi misralarda qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos nomni qo‘ying.
… to‘foni, demak, qismat shamoli, Kimningdir kamoli, kimning zavoli.
Sargashta kun ko‘rding ohu misoli, Shundan hamon mungli kuylaring, o‘zbek.
Nuh alayhissalom
22. Shikva so‘zining ma’nosi nima? Shikoyat, arz qilish
23. Quyidagi misralar muallifi kim?
Dil porasi, ko‘z qorasi sen o‘zingdirsan, Mening ko‘nglim sen, aslida, sen ko‘zimdirsan.
Tomirimda tomir yoygan ilk so‘zimdirsan, Ilk og‘rig‘im, ilk yomg‘irim, naysonim, Vatan.
Sirojiddin Sayyid
24. Quyidagi misralar muallifi kim?
Sendan rozi ketar shu ko‘hna ketmon, Boshingdan ter quyar, chopiq qilarsan.
Erkaklar qocharlar shiyponni chog‘lab, Nozigim, sen qachon hordiq bilarsan? Oydin Hojiyeva
25. Quyidagi misralar muallifi kim?
Men ko‘ksingga boshimni qo‘ydim, Sen chekkan g‘am, hasratda kuydim.
Suydim sening Oqdaryongni ham, Hamda Qoradaryongni suydim,
Ey, qalbimning onasi, Vatan! Oydin Hojiyeva
26. Quyidagi misralar muallifi kim?
Yerni uyqu devi aldab, muzlatar, Jonini ilitgay Qavs yaxobi.
Qarri, soqov yerni qayta so‘zlatar Dehqon yuragining mayin oftobi. Oydin Hojiyeva
27. Quyidagi misralar muallifi kim?
Shamollarning shokilasi daraxtlarning bo‘ynidadir,
Tog‘lar toshin dil izhori irmoqlarning o‘ynidadir,
Oshiq bulbul sir, xandasi g‘unchalarning qo‘ynidadir,
Aytar so‘zim suvratini, Momo yerim, o‘zing berding. Mahmud Toir
28. Qaysi shoirimiz «sirli olam toqiga ilk narvon» qo‘ygan, «she’riyat mulkida shoh-u sulton» bo‘lgan, dushmanlarga qarshi «ko‘ksi qalqon» vatanparvarlarimizni madh etib she’r bitgan?
Erkin Vohidov
Do'stlaringiz bilan baham: |