«KECHA VA KUNDUZ» ROMANI
9. Cho'lpon haqida bildirilgan quyidagi fikrlar muallifi kim?
«... O'zga so'zlar bilan aytganda, u xalqda hurriyat tuyg'usini uyg'otdi, uning ko'zidagi g'aflat pardasini olib tashladi, unda Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch hislarini tarbiyaladi. Uning fuqarolik jasorati xuddi shundadir». Naim Karimov, akademik
10.Quyidagi parcha Cho'lpon qalamiga mansub qaysi asarning boshlanish qismidan olingan?
«Tollarning ko‘m-ko‘k sochpopuklari qizlarning mayda o'rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning g'amli yuzlari kuldi, o'zlari horg'in-horg'in oqsalar-da, bo'shalgan qul singari erkinlik nash’asini kemira-kemira ilgari bosadilar. Simyog'ochlarning uchlarida yakka-yakka qushlar ko'rina boshladi...»
«Kecha va kunduz»
11.«Kecha va kunduz» romanida qaysi obrazning turmush tarzi, oilaviy tutumi, Eshon boboga ixlos qo'yishlari, qishloqqa qaytishga taklif qilib kelgan o'gay akasi bilan muomala-munosabatlari - bularning barchasi Cho'lponning iste’dodli nosir sifatidagi mahorat egasi ekanini ko'rsatadi? Razzoq so'fining
12. «Kecha va kunduz» romanining boshlanmasida qaysi qahramonning ruhiyatidagi «bulutli havo» tabiatdagi bahoriy uyg'onishga, yoshlikning zangor quvonchiga zid qo'yiladi?
Razzoq So‘fining
«Kecha va kunduz» romaniga tanlangan epigrafni ayting. «Hamal keldi - amal keldi».
«Kecha va kunduz»da «yangi, begona va shirin hislarni» anglayolmay «hayron bo'lgan», «ko‘kdagi oyga qarab, yerdagi «toy»ni o'ylagan va yuzli anorday» qizargan obraz qaysi? Zebi
«Kecha va kunduz» asaridan olingan quyidagi parchada qaysi obraz nazarda tutilgan?
«Hali tuzuk-quruq odam qatoriga kirib yetmagan bu qizchani katta xotinlarning oriyat paranjisiga burkaganlar, paranjining uzun etaklari katta birtugundek uning qo'ltig'ini to‘lg‘azardi...» Saltanat
«Kecha va kunduz» romanidan olingan ushbu parchada qaysi qahramon tasvirlangan?
«...eng ma'qul bir masalani bo'lsa ham uqtirib roziligini olmoq uchun yo o'zining piri, yoki katta bir davlatga ega bo'lish kerak edi. U odam o'z tenglaridan hech birining hech qachon hech bir gapini tinglagan emasdi. Ayollardan maslahat, ayniqsa, o'z xotinidan bir taklif eshitmoq uchun uning qayta boshdan bunyodga kelishi kerak bo‘lardi». Razzoq so'fi
«Kecha va kunduz» romanidan olingan ushbu parchada kim haqida gap ketyapti? «Uning ma'lum bir kasbi, hunari yo'q. Na savdo-sotiq qiladi, na dehqonchilikka urinadi, na kosib-hunarmandlik peshasini tutadi. Shu bilan birga, dasturxoni nonsiz, qozoni issiqsiz qolmaydi». Razzoq so'fi
«Kecha va kunduz» romanida Zebiga ko'ngil bergan obraz qaysi? O'lmas
«Kecha va kunduz» romanidan olingan quyidagi parchada qaysi kampir haqida gap ketyapti?
«Bu qari kampirning qo'shilganiga qizlar xafa bo'lmagan, balki, aksincha, sevingan edilar. Bu kampir, aravaga oyoq qo‘yar-qo‘ymas, qizlarning o'rtasiga joylanib olib, Zebining tizzasiga bosh qo'ygani holda uyquga ketgan va shu bo'yicha qishloqqa kelib yetganda ham ko'zini ochmagan edi...» Savribibi
«Kecha va kunduz» romani qahramonlarini ayting. Zebi, Qurvonbibi, Razzoq so'fi, Saltanat, O'lmas, Qumri, Enaxon, Sultonxon, Xolmat, Savribibi, Hamro ena
«Kecha va kunduz» romanida Razzoq so'fini ona qornidan sihat-salomat tushirtirgan va birinchi daf’a yo'rgaklagan, hazilkashligi va sho'xligi bilan xotin-xalaj o'rtasida dong chiqargan ayol kim edi? Hamro ena
«Kecha va kunduz» romanida qishloqqa ketayotgan qiziga: «Ovozim bor, deb ashulaga zo‘r bermasin, nomahramlarga ovozini eshittirsa, rozi emasman», - deya shart qo'ygan obraz qaysi?
So'fi
«Kecha va kunduz» romanida Zebiga mehmondorchilikka borish uchun ruxsat tegishini adib bir jumla bilan qanday ifodalaydi? «Qafasning darichasi ochildi».
«Kecha va kunduz» romanining boshlanmasida Zebi, Saltanat, Qurvonbibilar bir taraf bo'lsa, qaysi obraz o'z tabiatiga ko'ra tarozining ikkinchi pallasida turadigan qahramon sifatida beriladi?
Razzoq sofi
«Kecha va kunduz» romanining boshlanish qismida necha yoshga qadam qo'ygan yoshgina Zebining bahor fasliga mos ochila boshlagan ko'ngil mayl-istaklari tasvirlanadi? 15 yoshga
«Kecha va kunduz» romanida qaysi qahramon «o‘z uyining qabristonlar qadar jimjit, xonaqohlar qadar unsiz, o‘z ko'ngli qadar tund va xo'mraygan bo'lishini» istaydi? Razzoq so'fi
«Kecha va kunduz» romanida qaysi obrazning ijtimoiy-ma’naviy tarafdan dinamik o‘sa boshlash jarayoni ko‘rsatiladi? Miryoqubning
«Kecha va kunduz» romanida Saltining dugonasi Enaxon qayerdan edi? Yoyilma soydan
«Kecha va kunduz» romanida Enaxonnikiga ketayotgan qizlarga kimni qo'shib yuborishadi? Savribibini
«Kecha va kunduz» romanida: «Oydinko‘ldagi Xalfa eshonimizning kichik qizlari bir-ikkita o‘rtog‘ini: «Bahorlashib ketinglar», deb chaqirtirgan ekanlar», - deb kim aytadi? Qurvonbibi
«Kecha va kunduz» romanida yosh yigitning Zebiga bo'lgan sevgisini kim sezib qoladi? Xolmat
«Kecha va kunduz» romanidan olingan quyidagi parchada qaysi qahramonning dunyoga kelishi tasvirlangan? «Aylanay, mehmon, kimdan xafa bo'lib tushdingiz? Kim ozor berdi sizga? Ayting! Qovog'ingizni ochsangiz-chi! Yorug‘ dunyoga keldingiz! Shukur qiling! Sevining! Mundoq bir kuling! Kulimsirang! Iljaying!..» Razzoq so‘fining
«Kecha va kunduz» romanidan olingan quyidagi parchada qaysi qahramonlarning holati tasvirlangan? «Yosh yigitning bu yosh shirin tabassumini oy yorug'ida alayna ko'ra olgan yosh qiz butun badanlaridan muloyimgina durkirash kechganini payqadi va qizarib, teskari qaradi...»
O‘lmasjon va Zebining
«Kecha va kunduz» asaridan olingan quyidagi parchada qaysi obraz nazarda tutilgan?
«Halol-haromni ko‘p ham farq qilmayturgan bu odamning avrodda o‘tirish odatlari, hatto hammadan keyin qolib, machit shamlarini puflab chiqish rasmlari bo‘lardi». Razzoq so'fi
«Kecha va kunduz» romanining boshlanmasida tasvirlangan shamsiy yil hisobiga ko’ra bahorning birinchi oyini ayting. Hamal
«Kecha va kunduz» romanida mingboshining kichik xotini kim edi? Sultonxon
«Kecha va kunduz» romanidan olingan quyidagi parchada kim haqida gap ketgan? «Kulmasdan chidab bo'lmaydigan maqomlarda u ham kuladi, lekin u kulish - kasal odamning kulishiday og'ir, bir xil sovuq hazillarday malol keltiruvchi, yolg‘on xushomadlarday ko'ngilga uruvchi bo‘lardi». Razzoq so’fi
«Kecha va kunduz» romanida shaharlik mehmonlarning ko’nglini olish maqsadida kechaga mingboshining qizi va kichik xotinini chaqirish taklifi kimdan chiqadi?
Enaxonning kelinoyisidan
Quyidagi parcha Cho'lponning qaysi asaridan olingan? «Muloyim qo'llarda ivib, suvga aylangandan keyin go'zal ko'zlarning supasida yonboshlashni muncha yaxshi ko'rar ekan bu ko'kat! Erkaklarning gullik do‘ppisiga tegmay, yalang ayollar bilan, ularning sochlari, gajaklari va ro'mol popuklari bilan hazillashib o'ynagan salqin shabada... ko'klam nash’asi bilan sho'xlik qiladi». «Kecha va kunduz»
«Kecha va kunduz» romanidagi «epaqa» laqabli qahramonni ayting. Miryoqub
«Kecha va kunduz»da qaysi obraz «ajib va shirin xayollar» og'ushida «ko‘kdagi oyga qarab, yerdagi oyni» o'ylaydi? O'lmas
«Kecha va kunduz» romanidan olingan quyidagi parchada qaysi qahramon tasvirlangan? «Bu odam, jadidnamo bir hamshahrining deganidek, «ko‘rgazmaga qo'yilaturgan antiqa maxluqlardan edi». Razzoq so'fi
«Kecha va kunduz» romanidan olingan quyidagi parchada ta’riflangan «sayroq qushcha» kim? «Uning butun baxti Razzoq sofining johil vujudiga bog'li emasmi? O‘sha sovuq so'fi shu quvnoq jonni va sayroq qushchani istagan vaqtida baxtli yoki baxtsiz eta olmaydimi? ...Otasi to'g'risida o'ylagan vaqtida o'zini o'limga mahkum bir odam, otasini mahkumaning jallodi kabi ko'radi... va titraydi!» Zebinisa
«Kecha va kunduz» romanida qaysi obraz «indamas, damini ichiga solgan, ziqna odam» hisoblanadi? Razzoq so'fi
«Kecha va kunduz» romanida So'fining: «Nima bu qiyomat!» - degan gapi kimning taklifiga ko'ra Zebining qishloqqa mehmon bo'lib borish masalasini yana ham chigallashtiradi? Saltanatning
«Kecha va kunduz» romanining boslanmasida Zebilarning eshigini taqillatib hovliga kirgan qaysi dugonasining ko'ngli ham Zebining kayfiyatiga mos - bahor nafasiday pokiza edi?
Salti (Saltanat)ning
«Kecha va kunduz» romanida Zebi ko'ngil qo'ygan aravakash yigit kim edi? O'lmasxon
«Kecha va kunduz» romanidan olingan quyidagi parchada qaysi qahramon tasvirlangan? «Bu ona qizining saodatidan boshqa narsani bilmaydirgan onalardan edi. Dunyoda qanday yaxshilik va xayriyatlik bo'lsa, hammasini shu birgina qizi uchun istar va orzu qilardi. Qurvonbibi
«Kecha va kunduz» romanida shaharliklardan eng yaxshi raqsga tushgan qaysi mehmon birdaniga tutning tagiga borib qotib, u yerda ikki erkakning o'ziga qarab kulib turganini ko'rgach, «voy, o'la qolay!» deb, uyalib orqasiga qaytadi? Qumrixon
«Kecha va kunduz» romanida Enaxonning akasi kim edi? Xolmat
«Kecha va kunduz»dagi qaysi obraz «o‘zidan ulug‘ va kuchlilar gapirsa - «hovva-hovva», deb tasdiqlaydi; «o‘zidan past va kuchsizlar gapirsa - «yo‘q, yo‘q», degan ma'noda» inkor etib boshini chayqaydi? Razzoq so'fi
«Kecha va kunduz» romanidagi Zebining onasini ayting. Qurvonbibi
«Kecha va kunduz» romanida qaysi obraz «Qora sochim» kuyiga qo‘shiq aytadi? Zebi
«Kecha va kunduz» romanining boshlanmasidan olingan ushbu parchada tasvirlangan Zebining mamnuniyati kim uchun ekanligini ayting.
«Ko'ngil, orzu, sevgi, sevinch... bular hammasi... unga tomon uchadi, unga tomon otiladi, uni o'rab, uni aylantirib, uni quchadi!» Salti
«Kecha va kunduz» romanida Zebining otasini toping. Razzoq so'fi
«Kecha va kunduz» romanida Razzoq so'fi xotinini nima deb chaqirar edi? «Fitna»
Cho'lponning hikoyalari berilgan qatorni toping. «Qurboni jaholat», «Qor qo'ynida lola», «Novvoy qiz», «Oydin kechalarda»
«Kecha va kunduz» romanida qaysi obrazning o'z baloyi nafsiga o'ralashib, aysh-u ishratga berilishi tasvirlanadi? Akbarali mingboshining
«Kecha va kunduz»da adib qaysi obrazni ta’riflar ekan, «ovoz» so’zi yoniga bir nechta sifatlashlarni keltirish bilan cheklanib qolmasdan, uni «eng yorug' yulduz»ga qiyoslaydi? Zebini
«Kecha va kunduz» romanining birinchi qismi qachon alohida kitob shaklida bosilib chiqdi? 1936-yil
Cho'lpon nechanchi yillarda «Kecha va kunduz» romani ustida jiddiy ishlaydi? XX asrning 30-yillarida
Do'stlaringiz bilan baham: |