RASHOD NURI GUNTEKIN
«CHOLIQUSHI»
1. Rashod Nuri Guntekinning dastlabki romani qaysi? «Sirli qo‘l»
2. Rashod Nuri Guntekinning romanlarini ayting.
«Sirli qo‘l», «Tamg‘a», «Yashil tun», «Xazonrezgi»
3. Dunyo adabiyotida Rashod Nuri Guntekin qaysi romani orqali katta shuhrat qozondi?
«Choliqushi»
4. «Choliqushi» romani kim tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan? Mirzakalon Ismoiliy
Turkiyada Rashod Nuri Guntekinning (1958 -1961-yillar) necha jilddan iborat asarlari bosilgan? 24 jilddan
6. «Choliqushi» romanidan olingan quyidagi parcha qaysi qahramon tilidan aytilgan?
«Men baliqlar singari ko‘l ichida tug‘ilganga o‘xshayman. Onamni es-es bilaman... Otam, enagam, xizmatkorimiz ham esimda... Bir kuni meni ko‘chada quvgan qora laychani... Bir kun to‘la savatdan yashiriqcha uzum olayotganimda barmog‘imni chaqib olgan arini... Ko‘zim og‘riganda tomizilgan qizil dorini... Ha, shularga o‘xshash ko‘p narsalarni eslayman...» Farida
7. «Choliqushi» so‘zining ma’nosini ayting. Butazor qushi, chittak
8. «Choliqushi» romanida quyidagi gap qaysi obraz tomonidan aytilgan? «Sevgi degan narsaning roli odamni shu qadar yondirib titratsa, kim biladi, uning o‘zi qanday ekan?» Farida
9. «Choliqushi» romanida qaysi qahramon o‘z e’tirofiga ko‘ra: «Menga kelsak, men butunlay boshqacha qiz edim», - deya ta’riflanadi? Farida
10. «Choliqushi»da Farida kimni: «… mening tamom aksim. Men qanchalik sho‘x, qanchalik olov bo‘lsam, u shunchalik og‘ir, vazmin. Buning ustiga, sal zug‘mi ham bor. Xohlaganini qildiradigan bitta shuning o‘zi desam bo‘ladi», - deydi? Mujgonni
11. «Choliqushi»da Farida buvisining harbiy vazirlikka, saroy mulozimlarining oldiga borib, otasini qayerga qaytarishlarini har qancha iltimos qilsa ham, hech qanday naf bermaganligini aytadi? Istanbulga
12. «Choliqushi» romanida Farida kimni: «Chorbog‘imizda unga teng keladigan hech kim yo‘q edi», - deydi? Narimonni
13. «Choliqushi» romanidan olingan quyidagi parchada qaysi qahramon tasvirlangan?
«Yo‘lda ketayotganida kichkinagina ko‘lob suvni ko‘rib esankirab qoladigan, hatlashga qaror berishdan avval tuflilariga, suvga uch-to‘rt marta qarab oladigan, kursiga o‘tirish oldidan shimining tizzalarini barmoqlarining uchi bilan ushlab yuqori tortib qo‘yadigan nozik, nozanin...» Komron
14. «Choliqushi» romanida Farida kimni: «Hech jinim suymaydigan xotin. Ammo qutichalarni uzatayotganida bo‘yniga osilib betlarini o‘pishdan o‘zimni zo‘rg‘a ushlab qoldim», - deydi?
Matild opani
15. «Choliqushi» romanida Farida o‘zining Komronga munosabatlarini, barcha qilg‘iliklarini so‘zlab berganida, qaysi obraz Komronning ham unga befarq emasligini aytadi? Mujgon
16. «Choliqushi» romanidan olingan quyidagi parcha qaysi qahramonga tegishli?
«Hamma singari zinadan tushish mening odatim emas edi. Albatta, biror burchakka biqinib olib, sinfdoshlarimning tushishlarini poylar, keyin panjara yog‘ochiga otga minganday sakrab chiqib olib, o‘zimni pastga qo‘yib yuborardim. Yoki oyoqlarimni juftlashtirib zinalardan sakrardim».
Farida
17. «Choliqushi» romanida Komronning onasining ismi kim edi? Basima
18. «Choliqushi» romanida: «Sevgi bobida choliqushi chinakam gurd (osmaqovoq, suvqovoq, bolqovoq) deyishadi», - deb kim aytadi? Mishel
19. «Choliqushi» romanida Farida: «O‘ttizga yaqinlashib qolgan tul xotinning yigirma yoshlar-dagi yigitchaga tegish harakatiga tushishi - pastkashlikning borib turgani...» - deganda kimlarni nazarda tutadi? Narimon va Komronni
20. «Choliqushi» romanidan olingan quyidagi parchada qaysi qahramonning ta’rifi keltirilgan?
«O‘rtamizdagi sovuqlikning hali ham davom etganiga qaramay, tan berishim kerak: ... o‘lguday chiroyli edi. Menga yoqmaydigan bir narsasi bo‘lsa, u ham noz-u karashmalarga o‘chligi edi. Xotinlar ichida-ku o’zini uncha-muncha yaxshi tutardi-ya, lekin, mabodo oraga bitta-yarimta erkak aralashib qolguday bo‘lsami, ana unda yuzi o‘zgarar, ovozi, qahqahalari, qiliqlari butunlay boshqa tus olardi. Qisqasi, maktabimdagi yeng ichida ish ko‘radigan dugonalarimning yana ham savodi chiqqanrog‘i...» Narimonning
21. «Choliqushi»dan olingan quyidagi parchada qaysi qahramonning ta’rifi keltirilgan?
“Dunyoda o‘zlaridan boshqa hech kimni yoqtir-maydigan xolalarimdan tortib xizmatchi qizlarga qadar - hamma bu xotinga mahliyo bo‘lib qolgan edi». Narimonning
22. «Choliqushi» romanida buvisi o‘lganda Farida qaysi yaqin insonini Tripolidan Albaniyaga ishga o‘tkazishganini eslaydi? Otasini
23. «Choliqushi» romanida Farida otasini onasiga uylangan yili qayerga jo‘natishganini, bir yerda aqalli bir yil ham turmaganligini aytadi? Diyorbakirga
24. «Choliqushi» romanida «jigar hidi dimog‘iga urgan mushuk singari, yosh yigitning hidini bilib darrov dahlizga yugurib chiqqan» obraz qaysi? Mishel
25. «Choliqushi» romanida Farida tilidan berilgan quyidagi parchada qaysi qahramon tasvirlangan?«U Basima xolamning o‘g‘li... edi. Ammo uni bola deyish uncha to‘g‘ri kelmaydi. Avvalo, yoshi mendan ancha ortiq, qolaversa, juda odobli, vazmin. Bolalarga qo‘shilishni yoqtirmaydi. Qo‘llarini cho‘ntaklariga suqib olib, yo dengiz bo‘yida o’zi yolg‘iz aylanib yuradi, yo bolmasa daraxtlar soyasida kitob o‘qib o‘tiradi». Komron
26. «Choliqushi» romanida Faridaning fransuz tili o‘qituvchisi kim edi? Aleksi
27. «Choliqushi» romanida onasi o‘lganda Farida necha yoshda edi? 6 yoshda
28. «Choliqushi» romanining boshlanmasidan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga Faridaning necha yoshdaligini topib, qo‘ying. «To‘rtinchi sinfda edim. Yoshim ... larda bo‘lishi kerak. Fransuz tili muallimamiz Aleksi opa bir kuni bizga inshodan vazifa topshirdi. «Hayotdagi ilk xotiralaringizni yozishga harakat qiling. Ko‘raylik-chi, nimalarni eslar ekansizlar. Sizlar uchun bu ajoyib xayol mashqi bo‘ladi», - degan edi u». O‘n ikki
29. «Choliqushi» romanida Faridaning Oysha xolasining qizi kim edi? Mujgon
30. «Choliqushi» romanida Farida: «Qarindoshla-rimning bolalari ichida hammasidan ko‘proq o‘shani yaxshi ko‘raman», - deb kimni aytadi? Mujgonni
31. Quyidagi parcha «Choliqushi» romanida qaysi qahramon tilidan aytilgan?
«Onamni menga o‘xshatishadi. Onam otamga tushgan yili oldirgan bir rasmi bor, xuddi mening o‘zginam. Faqat bechora onam sog‘liq jihatidan menga hech o‘xshamas edi. Juda zaif ekan. Bitmas-tuganmas yo‘llarga beradigan sog‘ligi yo‘q ekan». Farida
«Choliqushi»da Narimon ikkinchi marotaba erga tekkandan so‘ng eri bilan qayerda turadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |