Izmirda
33. «Choliqushi» romanida Farida kimni: «Latta... tabiiy, odam soniga qo‘shib bo‘lmaydi», - deydi? Najmiyani
34. «Choliqushi» romanida buvisi o’lganda Farida necha yoshda edi? 9 yoshda
35. «Choliqushi»da Farida: «...sho‘xligimdan, sergapligimdan bezor bo‘lgan murabbiyalarim meni o‘rtoqlarimdan ayirib, sinf burchagidagi bir kishilik kichkina partaga o‘tqazib qo‘yishgan edi», - deya necha yoshlarini xotirlaydi? O‘n ikki
36. «Choliqushi» romanida Farida o‘zining ham boshqa qizlarga o‘xshagan qalb egasi ekanini anglatish uchun kimlar o‘rtasidagi uchrashuv sahnasiga o‘z laqabini qo‘yib gapirib beradi? Komron va Narimon
37. «Choliqushi» romanida hamma bolalar bilan bemalol janjal-g‘avg‘olar ko‘taradigan Farida qarindosh bolalar orasida faqat kimdangina tortinar, o‘shandangina hayiqar edi? Komrondan
38. «Choliqushi» romanida Faridalarning xizmat-korining ismi kim edi? Husayn
39. «Choliqushi» romanida Komron Faridaning kimi bo‘lar edi? Bo‘lasi
40. «Choliqushi» romanida Mujgon Faridadan necha yosh katta edi? Uch yosh
41. «Choliqushi» romanida kim Faridaga «bolalik sho‘xliklarini tashlamagan qizdan ko‘ra ko‘proq yetilgan qizga yoqadigan» narsalarni hadya qilardi? Komron
42. «Choliqushi»da: «Bulturgi sevgi savdosiga bu yil sayohat hikoyasi qo‘shilsa bormi, ajoyib dabdaba bo‘lar edi. Qani endi, men ham portfelimni qo‘limga olsam-u, romanlarda yozilgan amerikalik qizlar singari yakka o‘zim kemaga tushib jo‘nab qolsam», - deb kim aytadi? Farida
43. «Choliqushi» romanida Faridaning Taqirdog‘ida yashaydigan xolasining eri va qizining ismi kim edi? Azizbey, Mujgon
44. «Choliqushi» romanida Farida kimni: «... esi past dedim-a? Yo‘q, qizishganimdan aytdim... Yo‘qsa, u nima qilayotganini yaxshi biladigan sariq chayon», - deydi? Komronni
45. «Choliqushi» romanida Farida: «Bu yerda umrimning o‘n yilini qamoqda o‘tkazishim kerak», - deganda qayerni nazarda tutadi? So‘rlar (soeur) maktabini
46. «Choliqushi» romanida Farida: «...aftidan, tag‘in bir kasali ham bo‘lgan. Bechoraning er bilan bo‘lgan butun hayoti shu kasallikni yashirish bilan o‘tgan...» - deya kimni xotirlaydi?
Onasini
47. «Choliqushi» romanida Farida kimlar o‘rtasidagi munosabatlarni ulkan bir daraxt tepasida o‘tirib tomosha qiladi? Komron va Narimon
48. «Choliqushi» romanida Farida tilidan berilgan quyidagi parchada qaysi qahramon tasvirlangan? «...sochlari jingalak, sarg‘ish yuzi esa nozik, oppoq, yarqiroq. Shunchalar yarqiroqki, yuragim chopsa-yu, quloqlariga yopishib olib, yaqindan betlariga qarasam, xuddi oynadagi kabi o‘zimni ko‘rishimga ishonaman». Komron
49. «Choliqushi» romanida Farida qayerga yetib, dengizni ko‘rishlari bilanoq, onasi biroz jonlanganday bo‘lganini eslaydi? Bayrutga
50. «Choliqushi» romanida kim Istanbuldan Faridaga bitta rasmli yapon soyapari, shoyi ro‘molchalar, ipak paypoqlar, yuraksurat pardoz oynasi, chiroyli qo‘l sumkasi olib kelib bergan edi? Komron
51. «Choliqushi»da nuqtalar o‘rniga Faridaning «ochko‘zlikda ham tirishqoqligi qadar mashhur bo‘lgan» sinfdoshining ismini topib, qo‘ying.
«... qand-qurslarimni oppoq yirik tishlari orasida g‘ajirlatib yeydi-da, yashirishning epini qilolma-gach, hasad bilan: - Jigarso‘xtangki shunday ajoyib narsalar keltirgandan keyin, o‘zing ham rosa jigaridan uribsan-da», - deydi». Mari Pirlantajiyan
52. Quyidagi parcha «Choliqushi» romanida qaysi qahramon tilidan aytilgan?
«Buvimning o‘limi uni mushkul ahvolga solib qo‘ydi. Beva ofitser to‘qqiz yashar qizini yetaklab tog‘-u toshlar orasida sargardon bo‘lib yurolmas edi. Meni siqilib qoldi deb qo‘rqibmi, xolalarimga tashlab ketishga negadir ko‘ngli chopmadi. Nimani o‘ylagan bo‘lsa o‘ylagandir, har holda, bir kun meni yetaklab borib kemaga o‘tqazdi. Istanbulga o‘tdik». Farida
53. «Choliqushi» romanida Qyag‘itxona qayerning nomi?
Do'stlaringiz bilan baham: |