MUSTAQILLIK DAVRI NASRI
1. “Sohibqiron o‘ylari”da arz va shikoyatlarni hukmdorga yetkazuvchi shaxs qanday ataladi? dodxoh
2. “Sohibqiron o‘ylari”da Sohibqiron Amir Temur kimning butun Rum boyliklarini jamuljam etganligini aytadi? Yildirim Boyazidning
3. “Davlat tuzgil, chunki davlat elni tutguvchi, qo‘riqchi, millatning soqchisi, tuproqning egasi ekanini unutmagil! Avomunnos el, miskin holidin hamisha xabar olg‘il, xalqning tomog‘ini to‘q tutg‘il!” Ushbu fikrlar kimga tegishli? Tarag‘ay Bahodir
4. “Sohibqiron o‘ylari”dan olingan quyidagi jumla kimning dilidan o‘tgan gaplar hisoblanadi? «Bu davlatda hozir yosh bolaning boshiga bir laganda o‘n tilla qo‘ysa, u Sultoniyadan Samar-qandgacha borsa, bir tilla kamaymaydur! Muhammad Churog‘aning
5. “Sohibqiron o‘ylari”da Amir Temur: “Ikki nabiram bor… Ikkisi ham to‘qqiz yoshda, tilla bolalar-da! Umidim katta... Ollohning o‘zi asrasun” - deya qaysi nabiralarini nazarda tutadi? Ulug‘bek Mirzo va Ibrohim Sulton
6. “Sohibqiron o‘ylari”da «Tangriga sanolarki, Sohibqiron hazratlarining o‘zlari hammamizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadurlar, bizlarga o‘xshagan o‘zi shunday so‘zga muhtojlar nasihatlariga aslo ehtiyojlari yo‘qdur», - deb kim aytadi? Turonlik ulamo
7. “Yozuvchini, garchi shaxsan tanilmasa ham, asarlarini o‘qib, qanday tabiatli shaxs ekanini g‘oyibona bilish, tasavvur qilish mumkin. Chunki u asarlarida, asosan, o‘z tabiatini, ruhini tasvirlaydi», deb juda o‘rinli fikrni yozgan ijodkor nomini ayting. Abdulla Qodiriy
8. “Sohibqiron o‘ylari”da qaysi o‘g‘lini gapirganda hamisha Amir Temurning ko‘ngli yashnab ketishi ta’kidlanadi? Muhammad Sulton
9. “Sohibqiron o‘ylari”da: “Mulk Ollohnikidur. Lekin uni boshqarish, obod etish biz bandalarga tobshurilg‘on…”, - deb kim aytadi? Amir Temur
10. “Sohibqiron o‘ylari”da qayer: “Islom dinining onasi: ilm-u fan u yerdan jahong‘a yoyilg‘on, mazhablar ham o‘shal yerda dong taratg‘on”, - deya tilga olinadi? Bag‘dod
11. “Sohibqiron o‘ylari”da Amir Temur kimga Barda’a, Armanzamin, Gurjistonni, Trabzonni topshirish niyatida ekanligini aytadi? Xalil Sultonga
12. “Sohibqiron o‘ylari”dan olingan quyidagi jumla kimning dilidagi gaplar hisoblanadi? “Olloh bergan umrni tug‘ilgan yurti Turon dovrug‘ini olamga yoyishga baxshida etdi. Dunyo bir uzuk esa, Samarqand – firdavsmonand dor us-saltanani uning yoqut ko‘ziga aylantirdi…” Muhammad Churog‘aning
13. “Sohibqiron o‘ylari”da kimning nazarida “Sohibqiron bir paytlardagi baland bo‘yli, chorpa-hil, oyoq-qo‘llari uzun pahlavon kelbat Temurbek emas, yillar zalvoridan yelkalari biroz chiqqan, sezilar-sezilmas cho‘kkan, ko‘pdan buyon saltanat yukini yelkasiga dadil ortmoqlagan kadxudo, mo‘ysafidlik shartlarini inkor etishga qodirman, Vaqtni yengib bo‘lmasa-da, uni ham tiz cho‘ktira olaman, deb urinayotgan Amir Temur” edi. Muhammad Churog‘a
14. “Sohibqiron o‘ylari” nomli parcha “Ulug’ saltanat” epopeyasining nechanchi kitobidan joy olgan? to‘rtinchi
15. “Sohibqiron o‘ylari”da keltirilgan “xoriqulod” so‘zining na’nosini ayting.
favqulodda, kutilmaganda
“Sohibqiron o‘ylari”da kimning “zayyiqi nafas va xunok marazi” (nafas qisishi, qon bosimining oshishi) bilan og‘rigani aytiladi? Rum qaysarining
Amir Temurning otasining ismi berilgan javobni belgilang. Tarag‘ay Bahodirning
Asarda Amir Temur necha yoshida ekanligini aytilgan? 68 yoshda
“Sohibqiron o‘ylari”dan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos maqolni qo‘ying. “Ha, borgan joylarida « … » maqolini taomilga kiritib keldilar. Bundoq jahon-girlikni hali olam ko‘rmagan. Safarda, janglarda aslo halovat yo‘q, hamisha jon-ruh azobda, ko‘ngillar iztirobda, askardan to podshogacha barchasida it yotish, mirza turish holati yuz beradi. Sohibqiron bu qiyinchiliklarga, mashaqqatlarga chidaydi, yo‘q, u ana shu mashaqqatlar uchungina tug‘ilganday…” Turon tursa, bo‘ron bo‘ladi!
“Sohibqiron o‘ylari”da quyidagi parchada ta’riflangan “arg‘umoq”ning nima deb atalishi ta’kidlanadi? “U birovni mindirish u yoqda tursin, yoniga ham yo‘latmaydi, har qanday saman horib-toladi, arg‘umoq esa ne-ne asrlar, yillar o‘tibdirki, charchash nimaligini bilmaydi, to‘xtamasdan yelgani yelgan…” “Vaqt”
“Sohibqiron o‘ylari”dan olingan quyidagi tasvir qaysi qahramon tilidan bayon qilinadi?
“... bir kunlik umri qoldimu yo‘qmi, uyog‘ini surishtirmay, ertangi kunga umid bog‘lab shijoat bilan nihol o‘tqazayotg‘on munkaygan cholga havasim keldi. Ha, mening xalqim shundoq, hech qachon uning qaddi bukilmaydur, ko‘ngli cho‘kmaydur! Turon elining dunyodan umidi bor, men ana shu elning o‘g‘limen!.. Dinor to‘la hamyonni unga shartta berib yubordim. U … kulib dedi: «Ekayotg‘on daraxtingiz mevasidan totish uchun besh-olti yil kerak, degan edilar. Mana, daraxtimni ekiboq, mevasini totib turibman, Xudoga shukr!..” Amir Temur
“Sohibqiron o‘ylari”dan olingan quyidagi voqea qaysi qahramon tilidan bayon qilinadi? “Misr qishlog‘i yonidagi Bog‘i Davlatobodg‘a borayotg‘ondim. Qishloqqa kirishda tomorqada ishtiyoq bilan egilib-bukilib daraxt o‘tqazayotg‘on, munkayib qolg‘on bir cholga ko‘zim tushdi. U sakson yoshlarda edi. «Bobo, – dedim salomdan keyin. – Yoshingiz bir joyga yetibdur. Xudo umr ato etsun. Ammo ekayotg‘on daraxtingiz mevasidan totib ko‘rish uchun besh-olti yil kerak bo‘ladi-ku…” Amir Temur
“Sohibqiron o‘ylari”da: “Ajdodlarimiz ulug‘larining parokanda yurtni ko‘rib, aytg‘on ushmundoq fig‘onli so‘zlarini hamisha yodingda tutg‘il”, - deya kim Amir Temurga quyidagi so‘zlarni aytib beradi? «Jabrdiyda turk bek bo‘ladurg‘on o‘g‘il bolasi bilan dushmanga qul bo‘ldi, suluv qiz bolasi bilan cho‘ri bo‘ldi... Davlatli xalq eding, davlating qani? Xoqonli xalq eding, xoqoning qani? Tepangda turk osmoni, pastda turk yeri bo‘lsa...» Amir Tarag‘ay
Do'stlaringiz bilan baham: |