ERKIN VOHIDOV
1. Erkin Vohidov haqidagi quyidagi fikrlar muallifi kim?
«Erkin Vohidov she’riyatida adabiy mavzular xazinasiga aniq zamon va makon kaliti orqali kirib boriladi. Xalqimiz keyingi davrlar mobaynida bosib o'tgan va o‘tayotgan goh mashaqqatli, goh armonli, goh tug'yonli, goh iftixorli yo'llarining manzara va ohanglari, sadolari Erkin Vohidov she’riyatida to'la mujassamdir». Abdulla Oripov, O‘zbekiston Qahramoni
«Ruhlar isyoni»da: «Ko‘kda ismat chirog'ini yoqqan», - deya kim ta’riflanadi? Indra
«Ruhlar isyoni» dostonidan olingan quyidagi parchada qo'llanilgan nuqtalar o'rniga kerakli ismni qo'ying.
Yetti asr avvalgidek
Bo'lsa edi zamonlar,
Balki, …
Bitar edi dostontar. Xusrav Dehlaviydek.
Erkin Vohidov haqida bildirilgan quyidagi fikrlar muallifi kim?
«Erkin Vohidov dilbar rubobiy taronalari, asr armoni, fig'oni darajasiga ko‘tarilgan dostonlari qatori g'oyat nozik lutf, beozor qochirimlar, ayni paytda istehzo, kinoya-kesatiqlar, o'tkir ijtimoiy pafos bilan yo'g'rilgan hajviyoti, benazir tabassumi bilan ham elimiz uchun ardoqlidir».
Umarali Normatov, adabiyotshunos
«Ruhlar isyoni» dostonining ikkinchi faslida g'alayon qayerda va qachon boshlanadi? Kalkuttada, 1926-yil
Erkin Vohidovning «Inson» she’ri qaysi misralar bilan boshlanadi?
Sobit-u sayyorada
Inson o'zing, inson o'zing.
«Ruhlar isyoni» dostonida quyidagi qaysi daryo nomlari keltirilgan? Ganga, Jamuna
«Ruhlar isyoni» dostonida Nazrul Islom voqeasidan necha yil o'tgach, bosqinchilarning Hindistondan ketganliklari yoziladi? qirq yil
«Ruhlar isyoni» dostonida keltirilishicha, «Veda» kimlarning muqaddas kitobi hisoblanadi? Hindlarning
Erkin Vohidovning qaysi asari quyidagi misralar bilan yakunlanadi?
Saqla, - deydi, - yurak qo'ring.
Dil otashing so'nmasin,
Umring ado bo'lmay turib
Cho'g'ing ado bo'lmasin. «Ruhlar isyoni»
«Ruhlar isyoni» dostonida qaysi daryoning «ko‘z yosh» bo'lib oqishi tasvirlanadi?
Ganganing
Erkin Vohidov haqida bildirilgan quyidagi fikrlar muallifi kim?
«Erkin Vohidov badiiy adabiyot daholari ruhini shod etgan, yangi o'zbek adabiyoti darg'alari duosini olgan, o'z xalqi qalbiga chuqur kirib borgan san’atkordir. Bunday shoir hech qachon zavol ko‘rmaydi». Abdug'afur Rasulov, adabiyotshunos
«Ruhlar isyoni» dostonining qaysi faslida erksevar shoirning va hind xalqining orzusi ro'yobga chiqqanligi tarannum qilinadi? So‘nggi faslida
Erkin Vohidovning qaysi she’ri bir xil misralar bilan boshlanib, ayni shu misralar bilan yakunlanadi? «Yaxshidur achchiq haqiqat»
«Ruhlar isyoni»da: «Koinotni barbod qilguchi», - deya kim ta’riflanadi? Shiva
Erkin Vohidovning «Ruhlar isyoni» dostonida kimlarning ziddiyati tasvirlangan? hindlar va musulmonlarning
«Ruhlar isyoni» dostonining qanday sarlavhali matnida shoir onasini g‘am-qayg‘uga qo'yganligidan iztirob chekadi? «Tutqunlikda»
«Ruhlar isyoni» dostonining uchinchi fasli qanday nomlangan? «Tutqunlikda»
«Ruhlar isyoni» dostonida Tokur (Thakur) kimni: «Ozodliging muborak!» - deya tabriklaydi? Nazrul Islomni
«Ruhlar isyoni» dostonida keltirilishicha, Nazrul Islom necha yil yashagan? 75 yil
«Ruhlar isyoni» dostonida qaysi daryoning qonga to'lib oqayotgani tasvirlanadi? Jamunaning
Erkin Vohidovning «Ruhlar isyoni» dostoni qachon yozilgan? 1978-1979-yillarda
Do'stlaringiz bilan baham: |