6 sinf Adabiyot (2009-yil nashri)



Download 444,5 Kb.
bet30/42
Sana31.12.2021
Hajmi444,5 Kb.
#269766
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
Bog'liq
2 5204010236733557737

ABDURAUF FITRAT

1. Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat qachon tavallud topgan?



1886-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan

2. Dastlab eski maktabda, keyin Mirarab madrasasida, XX asr boshlarida Istanbulda tahsil olgan va u yerda ijod bilan jiddiy shug‘ullangan ijodkorning nomi qaysi qatorda berilgan? Abdurauf Fitrat

3. XX asr boshlarida Fitratning qaysi nasriy asarlari chop etilgan?

«Munozara», «Hind sayyohi bayonoti»

4. XX asr boshlarida Fitratning qaysi she’riy to‘plami chop etilgan? Sayha” (“Chorlov”)

5. 1917-yil aprelidan 1918-yil martigacha Samarqandda bosilgan “Hurriyat” gazetasiga muharrirlik qildi. 1918-yil Toshkentga keladi va asosan, adabiy, ilmiy-ma’rifiy ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladi. 1921-yil Buxoroga taklif etiladi. Shu davrda uning tashabbusi bilan 70 nafar turkistonlik iqtidorli yoshlar Germaniyaga o‘qishga yuboriladi. Ushbu ma’lumotlar qaysi adib haqida? Abdurauf Fitrat

6. 1937-yil asossiz ravishda “xalq dushmani” degan ayblov bilan qamoqqa olinib, 1938-yil 4-oktabrda Toshkent shahrining hozirgi Yunusobod tumani Bo‘zsuv qirg‘og‘ida otib tashlandi. Mustaqillik davrida … ning ijodi keng ommaga qayta yetkazildi. …ning hayoti va ijodi to‘g‘risida ayrim ilmiy risolalar yozildi. Nuqtalar o‘rniga zarur ismni ayting. Abdurauf Fitrat

7. “Abulfayzxon” dramasi qachon yozilgan? 1924-yilda

8. 1923–1924-yillarda Moskva va Leningradda yashadi, Sharq tillari institutida ishladi. Leningrad dorilfununining professori bo‘ldi. Ushbu ma’lumot qaysi shoir haqida?



Abdurauf Fitrat

9. Fitrat Sharq tillari institutida qaysi fanlardan dars bergan?



Turk, arab, fors tillari va adabiyotidan dars bergan

10. Fitrat maktab o‘quvchilari uchun qaysi nom ostida darslik yozgan? “Adabiyot qoidalari”

11. Abdurauf Fitratning 1923–1924-yillarda yozilgan asarlarini ayting.

«Abulfayzxon», «Bedil», «Qiyomat», «Shaytonning tangriga isyoni»

12. «Abulfayzxon» (Fitrat) fojiasida Hakimbiyning ukasi kim edi? Doniyolbiy

13. Fitrat tilshunos olim sifatida o‘zbek tilining qoidalari to‘g‘risida qaysi kitoblarini yozdi?

Sarf”, “Nahv”

14. Fitratning musiqashunoslik sohasiga doir asarlarini ayting.



1) «Shashmaqom»; 2) «O‘zbek klassik musiqasi ham uning tarixi»; 3) «Sharq musiqasi».

15. «Har o‘lkani urushib olmoq siyosat emas. Urush choralarning eng so‘nggisi. Bir o‘lkani olmoq uchun eng yaxshi chora – shul o‘lkaning o‘zida do‘stlar topmoq, shularni ishlatmakdir».

«Abulfayzxon» dramasidan olingan yuqoridagi fikrlar kimga tegishli? Nodirshohga

16. «Abdulfayzxon»da «... Otaliq eski bir qulingizdir. Kichkinagina bir erkalik qilg‘oni uchun uni o‘ldirmoq nechun bo‘lar ekan?» - deb Farhod otaliqning yonini olgan kim edi? Qozi Nizom



17. «Abulfayzxon» dramasida qaysi qahramon Abulfayzxon haqida: «U elga yomonlik qildi, yurtni taladi, hukumat ishlariga qaramadi. Kecha-kunduz chog‘ir ichib yotdi, Men uning shul ishlariga qarshi bo‘lib urishdim», - deydi? Ibrohimbiy

18. “Xoqonimizga ma’lumki, podshohlik qon bilan sug‘oriladigan bir og‘ochdir”.

Ushbu jumla “Abulfayzxon”da kim tomonidan aytilgan? Ulfat

19. “Abulfayzxon” dramasida “Yomonning bir qilig‘i ortiq” maqoli kim tomonidan aytiladi? Ulfat

20. “Abulfayzxon” dramasida ramziy Xayol obrazi kimning oldida paydo bo‘ladi? Rahimbiy

21. “Abulfayzxon” dramasida “qora yurakli boyqush” deb ta’riflangan obraz kim? Rahimbiy

22. “Abulfayzxon” dramasida Farhod otaliqning qonga belangan boshini xonga kim olib keladi?

Ulfat

23. “Abulfayzxon” dramasida otaliq mansabiga nomzodlar va ularning qaysi qabiladan kelib chiqqanligi haqidagi to‘g‘ri javobni toping.

a) mang‘it; b) qalmoq; c) kenagas. 1) Hakimbiy; 2) Ibrohimbiy; 3) Jiyanqulibiy. 1-a, 2-c, 3-b

24. “Abulfayzxon” dramasida “Biz xon hazratlariga o‘zimizni qurbon qildik, emdi nomusimizni ham istamasunlar” – deb or-nomusini birinchi o‘ringa qo‘ygan qahramon kim? Farhod otaliq

25. “Abulfayzxon” dramasida ijodkor kimning tilidan asarda toj-u taxt bevafo va o‘tkinchi ekanligini aytadi? Ibrohimbiy

26. “Abulfayzxon” dramasi necha pardadan iborat? 5 parda

27. “Abulfayzxon” dramasida qalandar kiyimli tilchilar kimlar edi? Yo‘ldosh, Ergash

28. “Abulfayzxon”da 3- va 4-parda o‘rtasida voqealar necha yil o‘tgandagina sodir bo‘ladi? 1yil

29. “Abulfayzxon” dramasida xonning eng yaqin bo‘lgan qaysi odami Nodirshoh bilan do‘stlashadi? Hakimbiy

30. “Abulfayzxon” dramasida qaysi obraz timsolida xon bilan birlashmagan, o‘z yurtini dushmanga emin-erkin topshirgan bir kimsa namoyon bo‘ladi? Hakimbiy

31. Asarda “Davlatimizning buyuk teraklarini o‘z qo‘lingiz bilan yiqita berdingiz” deb xonning johilona siyosatini qoralagan qahramon kim? Rahimbiy

32. “Abulfayzxon” dramasi 3-parda qaysi voqea bilan boshlanadi?



Nodirshoh va Rizoqulixon suhbati

33. “Jiyanim Abulfayzxon bilan urishdim, chunki haqsizlik qilgan edi. Siz bu kun bundan ortiq haq-sizslik qila turibsiz. Ko‘zim bo‘lsa edi, ertadan boshlab siz bilan ham urushar edim” - deya o‘z noroziligini Rahimbiyga bildirgan shaxs kim edi? Ibrohimbiy

34. Asarda zamon ahvolidan oshkora norozi, yurt tinchligi uchun kuyingan kishilar qaysi obraz orqali tasvirlanadi? Ibrohimbiy

35. “Abulfayzxon” dramasida Kattaqo‘rg‘on fitnasiga kim boshchilik qiladi? Ibodullabek

36. “Tuhfayi xoniy” asarining muallifi kim? Mir Vafo
37. “Devona emas, to‘g‘riman, to‘g‘rilikning devonalikdan yomonroq natijalar berganini bilaman. Yana to‘g‘rilikdan ayrila olmayman, xoqonim”, - deb haqiqatni bayon qilgan qahramon kim? Ibrohimbiy

38. “Bebokcha” kuyi quyidagi qaysi g‘azallar matni asosida ijro etiladi?



1. Chashmi ohularmidir (Navoiy) 2. Nashud (Zebuniso)

39. “Abulfayzxon” dramasida “soyayi xudo” deb xonning oyoqlarini o‘pgan qahramon kim?



Qozi Nizom

40. Qaysi javobda “Abulfayzxon” dramasida Eronning qo‘shin boshliqlari nomi keltirilgan?



Husaynxon va Aliqulixon

41. “Abulfayzxon” dramasida Buxoroning katta mullasi deb kim ko‘rsatilgan? Oxund

42. “Abulfayzxon” dramasida kim “Insonni dunyoning uyalmoq bilmagan hayvonlaridir” deb aytadi? Abulfayzxon

43.Ibrohimbiy kim bilan birlashib, Abulfayzxonga qarshi kurashadi? Rajabxon

44. “Abulfayzxon” dramasida xonning xo‘jasaroyi (haram boshlig‘i) kim edi? Ulfat

45. Abulfayzxoning bosh kotibi kim edi? Mirzo Mahdi

46. “Abulfayzxon”da “Podshohi olam eson bo‘lsalar yana ot topiladi”, deb kim aytadi? Ulfat

47. “Abulfayzxon” dramasida qirq-ellik yoshlardagi Hakimbiyning ukasi kim? Doniyolbiy

48. Fitrat Samarqandda qaysi gazetaga muharrirlik qiladi? “Hurriyat”

49. Xayol obrazi Rahimbiyga qarab unga nima deb murojaat qiladi? Qora yurakli boyqush

50. Rahimbiy Eron sardorlariga qancha tanga berishini aytadi? 20 ming

51. “Abulfayzxon”da Tog‘ayqulbek qayerning begi edi? Mangit

52. “Siz Buxoroni idora qilarlik kuch ko‘rsata olmadingiz. Davlatimizning buyuk, buyuk teraklarini o‘z qo‘lingiz bilan yiqita berdingiz, butun ishni menga emas, bir ahmoq mug‘ambil bo‘lg‘an Ulfatg‘a topshirdingiz. Taxtdan tushkaningizning sababi shuldir. Nodirshohning esa bu ishdan xabari yo‘qdir. Nodirshoh sizni tushirgan emas”, deb Abulfayzxonga taxtdan tushirilishi sababini aytgan obraz kim edi? Rahimbiy

53. “Abulxayzxon”da “Ey qora kuch, qurib ketgur ... ! Hech gunohi bo‘lmag‘an bolalardan, tog‘ kabi yigitlardan, millionchalari sen uchun qurbon bo‘lub ketarlar. Insonlar tomonidan yaratilg‘an minglarcha tangrining eng buzuqboshi, eng shumi, eng qop-qora saodat – sensan. Ostingda qolg‘anlarni ezguchi bir falokat yuki bo‘lg‘aning kabi, ustingga chiqqanlarning borliqlarini yondirg‘uchi bir olov tepasidirsan” deyilganda nima nazarda tutilgan? Taxt

54. Abulfayzxonning qalmoqlardan bo‘lgan quli kim edi? Jiyanqulibiy

55. Kattaqo‘rg‘onda kim fitna ko‘taradi? Ibodullaxon



Download 444,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish