BOBORAHIM MASHRAB
1. Mashrabning «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» g‘azalidagi qaysi obraz oshiq (solik) qalbida sodir bo‘layotgan ilohiy ma’rifat darajasining ortib borishi bilan aloqador? jonon
2. Mashrab qalamiga mansub quyidagi misralarga to‘g‘ri izoh bering.
Ko‘nglimni berdim bir bevafoga
Kuydi yuragim jabr-u jafoga.
Bayt aruz talablariga ham, barmoq talablariga ham to'la va mukammal javob bera oladi.
3. Mashrab necha tilda ijod qilgan? ikki tilda
4. Mashrab kimning qo‘lida din va falsafa tarixini, fors tilini o‘rganadi?
So‘fi Eshon mullo Bozor Oxund qo‘lida
5. «Otashnafas shoir» sifatida shuhrat qozongan Boborahim Mulla Vali o‘g‘li Mashrab qayerda, qanday oilada tug‘ilgan? Namanganda, bo‘zchi kosib oilasida
6. Mashrab ijodi haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlami toping.
1) Mashrab o‘zbek tasavvuf adabiyotini yangi bosqichga olib chiqdi; 2) Mashrabning asarlari tilining sodda va jonliligi, o‘zbekona so‘zlarning tabiiy va samimiy jarangi, xalqona ifodalarga, ayniqsa, maqol va iboralarga boyligi bilan ajralib turadi; 3) «Tariyqi ishq aro noyob» bo‘lgan Mashrab misralaridagi insoniy tuyg‘ular tasviri favqulodda ta’sirchanligi bilan ajralib turadi;
4) Mashrab she’rlarida ijtimoiy muammolar talqini va tanqidi ham katta o‘rin tutadi;
5) «Qoshi qarosini ko‘rung», «Jonim chiqdi», «Urayinmu boshima», «Hay-haylab o‘ttum» singari ajoyib topilmalar Mashrab she’riyatidagi shiradorlikni ta’minlaydi. 1, 2, 3, 5
7. Mashrabning qaysi baytlari hayotiy hikmatlar darajasiga yetgan?
1) «Umr emasdur - oshiqing bir lahza bo‘lsa yorsiz»;
2) «Hech ilme siynaga jo bo‘lmadi takrorsiz»;
3) «Qaroqchi qo‘rqitar har yerda topsa karvon yolg‘iz»;
4) «Ko‘nglimni berdim bir bevafoga». 1, 2, 3
8. Tasavvuf adabiyotida qaysi so‘zlar ko‘pincha ilohiy ma’rifatning oshiq qalbidagi jilolanishini anglatadi? yor, jonon so‘zlari
9. Mashrab she’riyatning mulamma, mustazod, muxammas, musaddas, musabba’ singari janrlarida ijod qilgan bo‘lsa-da, uning shuhratini, ayniqsa, qaysi janrdagi asarlari oshirgan?
g‘azal va murabba’lari
10. Mashrabning ijod namunalari qanday nomlar ostida xalq orasida qo‘lyozma va toshbosma shaklida tarqalgan qissalar orqali yetib kelgan? 1) «Devoni Mashrab»; 2) «Devonayi Mashrab»; 3) «Eshoni Mashrab; 4) «Hazrati Shoh Mashrab»; 5) «So‘fiy Mashrab». 1, 2, 3, 4
11.Mashrab qalamiga mansub quyidagi baytda qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos ismni qo‘ying
Hidoyat ko‘rguzung,..., pushtipanohimsiz,
Adashgan, yo‘lda qolganman, men g‘aribga roh, deb keldim. Ofoq Xojam
12. Quyidagi qaysi misrada Mashrab ma’naviy olamining o‘zak nuqtasi bo‘y ko‘rsatib turibdi deyish mumkin? «Bir xudodin o'zgasi barcha g'alatdur Mashrabo»
13. Mashrabning «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» g‘azalidagi qaysi baytda ilohiy ma’rifatga intilmasdan yashash umr mazmunini yo‘qqa chiqaradi, degan haqiqat mujassamlashgan?
Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!
Bo‘lmasa qoshimda jonon, bu jahonni na qilay?
14. Mashrabning otasi juda erta vafot etgach, onasi nima bilan shug‘ullanish orqali oila tebratadi? ip yigirish bilan
15. Mashrab she’rlarida qo‘llangan «lomakon» so‘zining ma’nosini toping. makonsiz
16. Mashrab 1665-yillardan so‘ng qancha muddat davomida qashqarlik pir huzurida muridlik maktabini o‘taydi? 7-8 yil davomida
17. Mashrabning onasining ismini toping. Bibi Salima
18. Mashrabning bir kanizakka ko‘ngil qo‘yishi uning qattiq jismoniy jazolanishi hamda qaysi ustozining dargohidan quvilishiga sabab bo‘ladi? Ofoq Xojaning
19. Mashrab asarlarining katta qismi qaysi san’atning yorqin namunalari hisoblanadi?
sahli mumtane
20. «Soldim tun-u kun nafs itim birla urushni,
Tanho qilichi birla urub hay- haylab o‘ttum» yoki «Ma’rifatni xonaqosina qadam kelturmisham» singari bayt va misralar muallifi kim? Mashrab
21. Tasavvuf adabiyotida solik kim? oshiq
22. Mashrab qaysi she’rida bir solik (yo‘lovchi) sifatida bu uzun yo‘lning asosiy bosqichlarini bosib o‘tgan solik tilidan «bodani ichgan solik Arsh kungarasining ustiga ham oyoq qo‘ya» olishini aytadi? «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!»
23. Mashrab qalamiga mansub «O‘rtar» g‘azalining yuqori darajadagi ohangdorlikka ega bo‘lgan matla’sini toping.
Agar oshiqlig‘im aytsam, kuyub jon-u jahon o‘rtar,
Bu ishq sirrin bayon qilsam, taqi ul xonumon o‘rtar.
24. Mashrab qalamiga mansub murabbani toping. «Bulbuldayinkim faryod etarman...»
Mashrab qalamiga mansub muxammasni toping.
«Na g‘urbatlarni chektim charxi bebunyod dastingdin...»
26. Mashrabning «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» g‘azalidan olingan quyidagi baytda nima nazarda tutilgan?
Urayinmu boshima sakkiz behisht-u do‘zaxin
Bo‘lmasa vasli menga, ikki jahonni na qilay? ko‘ngil ozodaligi
27. Mashrabning «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» g‘azalidan olingan quyidagi baytda qaysi obraz asosiy maqsad va mohiyatni anglatsa, qaysi obraz ikkinchi darajali narsalarni anglatadi?
Bir Xudodin o‘zgasi barcha g‘alatdur Mashrabo
Gul agar bo‘lsa qo‘lumda, ul tikanni na qilay?!
Gul asosiy maqsad va mohiyatni, tikan esa ikkinchi darajali narsalarni anglatadi.
28. Mashrabning qaysi she’rida ritorik savollardan unumli foydalanilgan?
«Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!»
29. Mashrab qalamiga mansub muxammasda qo‘llanilgan «charxi bebunyod» so‘zining ma’nosini toping. omonat dunyo
30. Mashrabning qaysi she’rida lirik qahramon Yaratganning o‘zidan boshqa hamma narsaning xato - g‘alat ekanini ta’kidlaydi? «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!»
31. Mashrabning «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» g‘azalidan olingan quyidagi baytda shoir do‘zax va jannatni boshimga uramanmi deganda nimani nazarda tutgan?
Urayinmu boshima sakkiz behisht-u do‘zaxin
Bo‘lmasa vasli menga, ikki jahonni na qilay? yor vasli - ilohiy tajallini ko‘rishni
Mashrab qalamiga mansub «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» g‘azalining birinchi baytida bir uyada birlashadigan so‘zlar miqdorining ko‘pligi qaysi she’riy san’atni yuzaga keltirgan? tanosub
Mashrabning «O‘rtar» g‘azalidan olingan quyidagi baytda qo‘llanilgan istiorani toping.
Kishiga ishq o‘tidin zarraye yetsa, bo‘lur giryon,
Bo‘lub besabr-u betoqat, yurak-bag‘ri chunon o‘rtar. «ishq o‘ti»
Mashrabning «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» g‘azalidan olingan quyidagi baytda keitirilgan «sirri nihon» nima?
Zarraye nuri quyoshdek bu jahon ichra tamom,
Oshkoro bo‘lmasa, sirri nihonni na qilay?!
Insonga ma’rifiy bilimlar tufayli anglanishi mumkin bo‘lgan haqiqatlar.
35. Tasavvuf adabiyotida nima ilohiy ishq yoki ilohiy ishq mujassamlashgan ko‘ngil ramzi hisoblanadi? may
36. Mashrabning «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» g‘azalidan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan tan va ruh so‘zlari qaysi san’atni yuzaga chiqaradi?
Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!
Bo‘lmasa qoshimda jonon, bu jahonni na qilay?! tazod
37. Mashrabning «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» g‘azalidan olingan quyidagi baytda qaysi tasvir vositalaridan foydalanilgan?
Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak?!
Ibrohimdin qolg‘on ul eski do‘konni na qilay?! tashbih, istiora, ramz
38. Bu Mashrab dardini, jonoki, hech kim boshig‘a solma, Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o‘rtar. Baytda ajratib ko‘rsatilgan so‘zning ma’nosi nima? Abadiy jannat
39. Mashrabning to‘liq ismi? Boborahim Valibobo o‘g‘li
40. Mashrab qachon tavallud topgan? 1640- yilda
41. Taxminan 1665- yillardan 7-8 yil davomida Mashrab kimning huzurida muridlik maktabini o‘taydi? Qashqarda, Hidoyatullo Ofoq Xoja huzurida
42. Mashrab o‘z asarlarini jamlab, devon tuzganmi? Tuzmagan, she’rlari tarqoq holda yetib kelgan
43. Mashrab she’riyatning qaysi janrlarida ijod qilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |