Yetti meni o‘lturgali oxir hijron
O‘lturgali, qo‘yma meni qutqar ey jon.
Oxir meni qutqar bu firoq asru yomon
Hijron ey jon asru yomon oh-u fig‘on. musoviyat tarafayn
49. Bobur ruboiyni yana qanday nomlar, bilan ham yuritilishini ta’kidlab o‘tgan?
dubaytiy, tarona
Alisher Navoiydan keyin g‘azal janrini ijtimoiy ohanglar bilan boyitgan adib kim? Bobur
Boburning «Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim...» g‘azalida qaysi obraz «dilafgor» - «dili xasta, dili vayron, dili haddan tashqari musibat chekkan» tarzida tasvirlanadi? Jon
52. Bobur qalamiga mansub «Xazon yaprog‘i yanglig‘» g‘azalining quyidagi baytida qo‘llanilgan «gul» va «sarv» obrazlariga izoh bering.
Sen, ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,
Ayoqingg‘a tushub, bargi xazondek muncha yolbordim.
Matla’da gul to‘g‘ridan to‘g‘ri yorning o‘zini ifodalagan bo‘lsa, ushbu baytda yorning yuziga tavsif tarzida keltirilgan; 2) Yor (gul) sarvga o‘xshatilib, bu yerda yorning tik va baland qomati e’tiborga olingan; 3) Odatda, mumtoz adabiyotimizda yorning yosh, tik va go‘zal qomati sarvga nisbat beriladi; 4) Mumtoz adabiyotimizdan farqli tarzda shoir sarvning «sarkash»ligiga, ya’ni uning itoatsizligi, o‘jarligiga urg‘u berib, bu obrazning mazmuniga yangilik kiritgan. 2, 3, 4
53.Boburning «Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim...» g‘azalida ko‘zning sifati «usruk» bo‘lib, uning ma’nosini toping. Mast
54.Tuyuq necha misradan tashkil topadi? to‘rt misradan
55. Quyidagi she’r haqidagi to‘g‘ri izohlarni toping.
Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,
Yuzung hur, soching anbar, so‘zung mul, menging mo‘lton.
Mo‘lton menging, so‘zing mul, anbar soching, yuzung hur,
Rayhon, xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.
She’rda birinchi misradagi so‘zlar oxirgi misrada o‘rinlarini deyarli to‘la tarzda almashtirgan holda takrorlangan; 2) She’rda faqat tishing dur va xating gul takrorlarini tashkil etuvchi so‘zlarning o‘rni almashmay qolgan, xolos; 3) She’rda ikkinchi misradagi so‘zlar uchinchi misrada o‘rinlarini deyarli to‘la tarzda almashtirgan holda takrorlangan; 4) She’rda Ogahiy mahorati yana bir bor o‘z tasdig‘ini topgan; 5) Ushbu she’r masnu’ she’rning go‘zal namunasi hisoblanadi. 1, 2, 3, 5
56. Quyidagi tuyuqda qo‘llanilgan tajnisli so‘zlarning ma’nolarini ketma- ketlikda ko‘rsating.
Qadimni firoq mehnati yo qildi.
Ko‘nglum g‘am-u anduh o‘tig‘a yoqildi.
Holimni sabog‘a aytib edim, ey gul,
Bilmon, senga sharh qilmadi yo qildi. 1) yo qildi - yoy, ya’ni kamonga o‘xshatib qo‘ydi; 2) yo qildi - yoki (sharh) qildi; 3) yoqildi - yondi, kuydi, o‘rtandi. 1, 3, 2
57. Tuyuqning shakliy ko‘rinishlari xilma-xil bo‘lib, Bobur tuyuqning necha turini misollar bilan ko‘rsatib bergan? yetti turini
58. Masnu’ yana qanday nomlar bilan ham yuritiladi?
murabba’ (to‘rtburchak), musoviyat tarafayn (ikki tomoni ham teng)
59.Bobur ruboiyning qaysi vaznda yozilishini aytib o'tadi? hazaj
60. «Masnu» - arabcha so‘z bo‘lib, qanday ma’noni anglatadi? san’atli, sersan’at
61. Bobur qalamiga mansub «Xazon yaprog‘i yanglig‘» g‘azalida umr nimaga o‘xshatiladi? bog‘ga
62. Ham gorizontal, ham vertikal tomondan o‘qish mumkin bo‘lgan she’r nima deb ataladi?
masnu’ she’r
63. Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanidan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos asar nomini qo‘ying.
«Kechlik oshni o‘tkazgach, Hasanali o‘z hujrasidan kiyinib chiqdi-da, Otabek yonig‘a kirdi. Otabek ... mutolaasi bilan mashg‘ul edi. Ba’zi bir ehtimollarga qarshi o‘zining niyatini bildirmay: Menda yumishingiz yo‘qmi, bek? - deb so‘radi Hasanali. - Hammomga bormoqchi edim… Otabek ko‘zini kitobdan uzmay javob berdi: «Yumishim yo‘q, boraveringiz».
«Boburnoma»
64. Boburning qaysi she’rida mumtoz adabiyotimizdagi oshiq uchun xos bo‘lgan kamtarlik va kamsuqumlik to‘laligicha namoyon bo‘lib, lirik qahramon o‘z ko‘ngil qo‘yganiga o‘zini nomunosib deb biladi? «Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim...» g‘azalida
65. Bobur qalamiga mansub quyidagi baytda ziddiyatni yuzaga keltirgan ifodalarni toping.
Ko‘pdin berikim, yor-u diyorim yo‘qdur,
Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo‘qdur. «ko‘pdin berikim», «bir lahza-yu bir nafas»
66. Quyidagi tuyuqda tajnisga olingan «chin» so‘zining ma’nolarini ketma-ketlikda joylashtiring.
Ulki har ko‘zi g‘izoli Chin durur,
Qoshida payvasta oning chin durur.
Chunki ul ko‘p yolg‘on aytti ul menga,
Gar desam yolg‘onchi oni, chin durur.
1) Chin (Xitoy) ohusi; 2) haqiqat, rost; 3) Chin (Xitoy) go‘zali; 4) qoshlarning o‘rtasida paydo bo‘ladigan tirish, burishiqlar, ajinlar. 1, 4, 2
67. Tuyuq janrining ruknlar tartibi qanday? foilotun-foilotun-foilun
68. Tuyuq janrining ruknlar taqte’si qanday? - V - - / - V - - / - V -
Do'stlaringiz bilan baham: |