ANTON PAVLOVICH CHEXOV
«GAROV»
Chexov hayoti bilan bog‘liq noto‘g‘ri ma’lumotni toping.
1) Adib Sankt-Peterburg yaqinidagi qishloqlarda shifokor bo‘lib ishlaydi. 2) Adib kasalligi bois Yaltaga ko‘chib o‘tadi. 3) Adib shifokorlik kasbi va o‘tkir adabiy qalami bilan oddiy odamlarga quvonch ulashishga harakat qiladi. 4) Adib xalq hayotini zimdan teran o‘rganadi; odamlar orasida bo‘ladi, ularning dard-u holini tinglaydi.
2. Chexov Moskva universitetining qaysi fakultetini bitirgan? Tibbiyot fakultetini
3. Chexov ijodi bilan bog‘liq noto‘g‘ri ma’lumotni toping.
1) Adib ijodiy merosining katta qismini tashkil etgan o‘nlab romanlari dunyo adabiyoti xazina-sidan mustahkam o‘rin oldi. 2) Adib hikoyalarida kam so‘z bilan katta voqealarni tasvirlash san’atini namoyish qildi. 3) Adibning qissa va sayohatnomalari ham sevib o‘qiladi.
4) Adibning hikoyalari qisqaligi, real hayotiy voqealarga asoslangani, shuningdek, o‘ziga xos badiiy uslubi bilan ajralib turadi.
4. Quyidagi fikrlar Chexov qalamiga mansub qaysi hikoyaning mazmuniga mos keladi?
«Hayot hamma vaqt go‘zal, ayniqsa, saodatli va fayzli umr har qanday odamning orzusidir. Bunday hayot tarzi uchun faqat cheksiz boylikning o‘zigina yetarli emas. Bunday umr uchun dunyoning hamma turdagi kerakli-keraksiz minglab kitoblarini o‘qish ham kamlik qiladi. Muhimi - uqish». «Garov»
5. Chexovning pyesalarini ayting. «Chayka», «Vanya amaki», «Uch opa-singil», «Olchazor»
6. «Garov» hikoyasida qaysi obraz qamoqda o‘tirgan bandini qatl etishni niyat qiladi? Bankir
7. Chexovning qaysi hikoyasida hayotning mazmuni, yoshlik faslining qadri, mol-dunyoning nimaga zarurligiga urg‘u berilgan? «Garov»
8. «Garov» hikoyasida qaysi obraz «Har holda, yashamoq - o‘limdan afzalroq» degan fikrni isbotlash va garovga qo‘ygan pul uchun o‘zini hibsga mahkum etadi? Huquqshunos
9. «Garov» hikoyasida hikoya mazmuni va qahra-monlarning qilmishlariga sharqona odob-axloq mezonlari bilan qaralganda, qaysi tushuncha o‘rtaga qalqib chiqadi? Bir qarashda, mahbus o‘z-o‘zini tarbiyalagan, komillikka erishgan va ruhan tozalangan inson sifatida ko‘rinadi. Biroq inson zoti bu dunyoni deb u dunyoni esdan chiqarmasligi hamda u dunyoni deb bu dunyodan kechmasligi lozim. Ikki dunyo saodati
10. «Garov» hikoyasida o‘zini hibsga mahkum etgan shaxs qamoqqa kirganida necha yoshlarda edi? Yigirma besh yoshlarda
11. “Garov” hikoyasida bandiga nimalar mumkin edi?
1) musallas ichib, tamaki chekish; 2) xohlagancha kitob o‘qib, yozib-chizish; 3) cholg‘u chalib, xirgoyi qilish; 4) tashqi dunyo bilan devordan ataylab ochilgan chog‘roq deraza orqali, lom-mim demasdan aloqa o‘rnatish; 5) ehtiyojlarini bir enlik qog‘ozga yozib, talab qilish; 6) o‘ziga kerakli barcha kitoblar-u musiqa notalari, musallas-u tamaki, yemag-u ichmak va hokazolarni istagancha so‘rash.
12. Garov o‘ynashning o‘zi bema’nilik ekanligi haqidagi quyidagi mulohazalar «Garov» hikoyasida qaysi qahramon tilidan berilgan?
«G‘irt bema’nilik bu. Bu narsa kamina tomonidan badavlat kishining shunchaki to‘qlikka sho‘xligi bo‘lsa, huquqshunos tomonidan - pulga o‘chlik, boylikka hirs qo‘yish, tamom-vassalom...» Bankir
13. «Garov» hikoyasida tutqunlikning nechanchi yilida musiqa va qo‘shiq sadolari tinib, bandi «mukka tushib olib, nuqul mumtoz asarlar» mutolaa qila boshlaydi? 2- yilida
14. «Garov» hikoyasida to‘rt yil ichida tutqunning talabiga muvofiq necha jilddan iborat har xil kitoblar sotib olinadi? Olti yuz jilddan
15. «Garov»da bandi tutqunlikning nechanchi yilida Muqaddas Kitobni o‘qishga tushadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |