BAG’RIKENG BO’LISH
Hozirgi globallashuv jarayonida diniy bag‘rikenglik, dinlararo totuvlik, o‘zaro hamkorlik masalasi rivojlangan va rivojlanib borayotgan mamlakatlarning tinchligi va taraqqiyoti uchun eng muhim tamoyillardan biri bo‘lib hizmat qiluvchidir. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qadim-qadimdan Yurtimizda turli madaniyat, til, urf-odatlar, o‘z turmush tarziga ega bo‘lgan turli dinlarga e'tiqod qiluvchi va bir-biriga o‘xshash bo‘lmagan turli xalqlar, millatlar yashab kelayotgan zamindir desam mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning bu xususida quyidagi so‘zlarini eslab o‘tish maqsadga muvofiq deb bilaman. Jumladan; “Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlar takomiliga ulkan hissa qo‘shgan. Turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag‘rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassam” – deb aytganlar.Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan fuqarolar qaysi dinga mansub bo‘lishidan qat'iy nazar birgalikda, tinch va osoyishta sharoitda, Yurtimiz ravnaqi uchun faoliyat yuritib, butun jahonga namuna bo‘layotganligi insonni zavqlantiradi. Alloh taolo buni bardavom qilsin. Respublikamizning bosh qomusida Yurtimizda yashayotgan barcha millat vakillari millati, tili, e'tiqodi, ijtimoiy xolatidan qat'iy nazar O‘zbekiston halqini tashkil qilishi va ularning huquq va manfaatlari, shuningdek e'tiqod erkinligi ta'minlanganligi qayd etilgan. Jumladan; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar” deb qayd qilingan. Bu xususida Yurtimizda vijdon erkinligiga doir qonun asoslari yanada takomillashtirilgan, bugungi kunda Vatanimizda turli din vakillarining hech qanday to‘siqlarsiz o‘z dinlariga e'tiqod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Yurtimizdagi diniybag‘rikenglik va millatlararo totuvlik tarixiy ildiz va mustahkam qonuniy asoslarga ega bo‘lib, dunyoviy davlat va dinlar orasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan. Buni jahon tan olmoqda va e'tirof etmoqda.
Istiqlol yillarida erishgan eng katta boyligimiz-xalqimizning tinch va osuda hayotidir. Jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik kabi oliyjanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga uyg‘un yashash tamoyili tobora mustahkamlanib borayotgani yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillari jahon hamjamiyati tomonidan keng e'tirof etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov Vatanimiz o‘z istiqlolini qo‘lga kiritgandan so‘ng oradan ko‘p o‘tmay aytgan so‘zlarini eslab o‘tish ayni muddaodir. Jumladan: “Bugun ana shu din orqali vujudimizga musaffolik, dilimizga, inshoolloh, poklik kirib kelmoqda. Axloq-odob, ma'rifat yana xonadonimiz fayziga, odamlar xislatiga aylanishida islomning o‘rni benihoya bo‘lmoqda” deb gapirib o‘tgan so‘zlari, diniybag‘rikenglikning dinlar tarixini o‘rganishda nechog‘lik muhim ekanligidan darak beradi.
Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek, teng huquqlilik hamda o‘zaro hamjihatlik sharoitida yashab, Vatanimizni yanada ravnaq toptirish yo‘lida mehnat qilib kelishmoqda. Ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ta'lim olishlari, qiziqish va layoqatlari bo‘yicha kasb-hunar egallashlari, madaniyatlari, an'ana hamda qadriyatlarini saqlash, rivojlantirishlari uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilgan. Bunday e'tibor natijasida ko‘p millatli xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosi qayta tiklandi, qadr topdi.
Insoniyat tarixida kishilar orasidagi teng huquqlikning buzilishiga, o‘zaro ziddiyatlarga, kuchli to‘qnashuvlarga va shunga oid insonni ranjitadigan holatlarga sabab bo‘lgan omillardan biri bir – bu turli din vakillarining boshqa dinga e'tiqod va amal qiluvchilarga diniy ayirmachilik asosida qarashi, o‘z diniga bo‘lgan tarafkashlik tuyg‘usi, mutaassibligi, o‘zga dindagi kishilarga boshqacha nazar bilan qarashoari oqibatida bugun dunyoda turli xil inson dilini xufton qiluvchi voqealar, hodisalar bo‘lmoqda. Aynan manashu hodisalar va razolatlarni oldini olish uchun ham diniybag‘rikenglik dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Bugungi kunimizda sodir bo‘layotgan turli tafovutlardan qat'iy nazar turli din vakillari, teng huquqli ekanlinlari shiori oldinga surilmoqda.
Insoniyat tarixiga nazar tashlasak, islom dini – birinchilardan bo‘lib turli dinlarga e'tiqod qiluvchilarni bir jamiyatda diniybag‘rikenglik, dinlararo o‘zaro hamkorlik tamoyillari asosida, tinch-totuv va emin-erkin, teng huquqli tarzda hayot kechirishlari mumkinligi g‘oyasini ilgari surdi va uni hayotga tadbiq etib, insonlarni unga targ‘ib etdi.
Muqaddas dinimizning mo‘tabar manbasi bo‘lgan Qur'oni Karimda barcha samoviy dinlar bir o‘zakdan ekani 15 asr oldin e'lon qilgan. Jumladan:
Ya'ni: “Sizlar uchun dindan Nuhga buyurgan narsani va Biz sizga (Muhammadga) vahiy qilgan narsani, (shuningdek) Biz Ibrohim, Muso va Isoga buyurgan narsani shariat qilib: “Dinni barpo qilingiz va unda tafriqaga tushmanglar!”, – dedik. Mazkur oyati karimaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Nuh, Ibrohim, Muso va Iso (a.s.)larga din yuborgani kabi Payg‘ambarlar sayyidi, ko‘zimizni nuri, qalbimizni sururi bo‘lgan zot Muhammad (s.a.v.)ga ham haq din yuborgan. Yuborgan barcha payg‘ambarlar Alloh taoloning elchilari, tanlab olgan bandalari ekanligiga ishora bo‘lmoqda. Mufassir olimlar Alloh taolo tomonidan yuborilgan payg‘ambarlarga bir xil farmon qilganligini aytib o‘tganlar. U farmon: “Dinni barpo qilinglar, unda tafriqaga tushmanglar”, -degan buyruqdan iborat bo‘lgan.
Mana shu ma'nodagi oyatlar dunyo dinlari tarixini mukamal o‘rganish, o‘zaro hamkorlik qilish, bag‘rikenglik tamoyillariga asoslanib faoliyat olib borishga zamin yaratdi. Musulmonlarda boshqa din vakillariga nisbatan toqatsizlik va g‘araz, adovat, nafrat emas, hurmat va bag‘rikenglik, o‘zaro hamkorlik, inoqlik va boshqa ezgu amallar qaror topdi.
Mantiqan olib qaraganda, turli din vakillarining bir jamiyat, bir hudud, bir muassasa, hatto bir oila a'zolari bo‘lib jamlanishlari tabiiy holdir. Agar ilohiy ko‘rsatmalarni inobatga olmasdan hamda dinning mohiyatini to‘g‘ri tushunmasdan bu borada turli tafriqachilikka yo‘l qo‘yilsa, jamiyat fuqarolari orasida, shuningdek, bir oilada yashayotgan qondosh-qarindoshlar o‘rtasida ham parokandalik yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |