Kecha va kunduz romani Cho‘lpon ijodiy biografiyasida ham, o‘zbek romanchiligi tarixida ham alohida o‘rin tutadi



Download 9,16 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi9,16 Kb.
#77187
Bog'liq
hikoya
Husnixat sirtqi oraliq, falsafa.oraliq, falsafa.oraliq, falsafa.oraliq, falsafa.oraliq, falsafa.oraliq, Ишчи дастур, Ишчи дастур, ИМТ 50 Курашев Собир, ИМТ 50 Курашев Собир, arifmetik amallar, Vaziyatli masalalar, Vaziyatli masalalar, tup.kim.ifloslan.rek. 161- Davletov Farrux, UZASBO haqida nimalarni bilasiz

Kecha va kunduz» romani Cho‘lpon ijodiy biografiyasida ham, o‘zbek romanchiligi tarixida ham alohida o‘rin tutadi. Chunki bu asarda Cho‘lponning hayotda orttirgan bilim va tajribalari, she’riyat va dramaturgiya sohasida erishgan badiiy mahorati jamlandi. Shuning uchun romanni o‘qiganda uni shoirona ko‘ngil egasi yozgani, ko‘p o‘rinlarda yozuvchining lirik kayfiyati yaqqol sezilib turadi. Cho‘lpon XX asr boshlaridagi Turkiston ijtimoiy muhiti, xususan, chorizmning bosqinchilik siyosatining ichdan yemirilib borayotgani, mahalliy amaldorlarning razil qilmishlarini real aks ettiradi. Muallif millatparvar adib sifatida o‘zbek xalqining turmushida boshlangan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviyma’rifiy o‘zgarishlarni, yuragini o‘rtagan hayotiy muammolarni zo‘r mahorat bilan bayon etadi. Asar boshidagi oddiy bir oilaning ma’naviy muhit tasviri bora-bora romanning badiiy matni mohiyati-negizida o‘zlik va dunyoni anglash, ma’rifat va hurlik kabi millat taqdiriga bog‘liq haqiqatlar bilan uyg‘unlashib ketadi. Nasriy asarlarda ijodkorning tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga nisbatan nuqtayi nazari muhim sanaladi. Bu jihat muallifning bosh badiiy g‘oyasi uchun xizmat qiladigan obrazlar tizimida, yaqin tarixdagi ijtimoiy tuzumga tegishli masalalarning badiiy muhokama qilinishida ko‘rinadi. Shunga ko‘ra romanni to‘liq o‘qigan o‘quvchi e’tiborga molik bir qancha o‘ziga xos badiiy qahramonlarni juda yaxshi eslab qoladi. Ularning muomala-munosabatlari, oralaridagi ziddiyatlar, davr voqeligini baholashlari juda ishonarli badiiy talqin etiladi. Xususan, romandagi Akbarali mingboshining o‘z baloyi nafsiga o‘ralashib, aysh-u ishratga berilishi, Miryoqub epaqaning ijtimoiy-ma’naviy tarafdan dinamik o‘sa boshlash jarayoni ko‘rsatiladi. Oxir-oqibat beg‘ubor bir qiz Zebining ayanchli qismati kitobxon qalbini larzaga soladi. Tasvir endi o‘n besh yoshga qadam qo‘ygan yoshgina Zebining bahor fasliga mos ochila boshlagan ko‘ngil mayl-istaklariga borib taqaladi. Zebi barcha yoshlarga o‘xshab o‘ynab-kulishni, dala-qirlarga chiqishni – kengliklarni orzu qiladi. Eshigini taqillatib hovliga kirgan dugonasi Saltanatning ko‘ngli ham Zebining kayfiyatiga mos – bahor nafasiday pokiza, top-toza. Zebi dugonasining taklifidan juda mamnun. Yozuvchi shu mamnuniyatni: «Ko‘ngil, orzu, sevgi, sevinch... bular hammasi Saltiga tomon uchadi, unga tomon otiladi, uni o‘rab, uni aylantirib, uni quchadi!» deya shoirlanib yozadi. Ammo Zebining otasi Razzoq so‘fining tundligi, qovog‘idan qor yozib turishi romanning birinchi sahifalaridayoq o‘quvchi e’tiborini o‘ziga jalb etadi. Husnixat sirtqi oraliq
falsafa.oraliq
arifmetik amallar
tup.kim.ifloslan.rek. 161- Davletov Farrux
UZASBO haqida nimalarni bilasiz

Download 9,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
matematika fakulteti
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
pedagogika universiteti
haqida umumiy
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
koronavirus covid
coronavirus covid
qarshi emlanganlik
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
moliya instituti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
fanlar fakulteti
fanidan mustaqil
ishlab chiqarish
Toshkent axborot